Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə72/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

7.8-rasm. Linzada bosh va qo’shimcha optik o’qlardan o’tuvchi nurlarning yo’li
Linzalar ikkita fokusga еga bo`lib, bir jinsli muhitda bu fokuslar linzaning ikki tomonida, uning markazidan bir xil masofada yotadi.
Optik markazidan fokusigacha bo`lgan masofa F linzaning fokus masofasi deyiladi. Ana shu fokus orqali optik o`qqa perpendikulyar o`tgan tekislik linzaning fokal tekisligi deyiladi. Fokus masofaga teskari kattalik Dlinzaning optik kuchi deyiladi.

. (7.9)
Optik kuchining SI sistemasidagi birligi dioptriya deyilib, u fokus masofasi 1 m bo`lgan linzaning optik kuchidir.

Yig`uvchi linzalarda optik kuchi musbat, sochuvchi linzalarda еsa manfiy bo`ladi.
Linza formulasi 3ta kattalik – buyumdan linzagacha bulgan d masofa, linzadan tasvirgacha bulgan f masofa linzaning bosh fokus F masofasi urtasidagi boglanishni ifodalaydi.

(7.10)
Yoki

(7.11)
(7.10) yoki (7.11) formula yupqa linza formulasi deb atash qabul qilingan.
Linzada buyumning tasvirini yasashda buyumning bir nechta nuqtalarining tasvirini topish va so`ngra ulardan buyumning tasviri hosil qilish kerak. Nuqtaning tasvirini yasashda quyidagi nurlardan ixtiyoriy ikkitasini tanlash va ularning linzadan sinib o`tgandan so`ng kesishish nuqtasini topish kerak.
1. Optik o`qqa parallel nur, u linzadan singandan keyin fokusdan o`tadi.
2. Linzaning optik markazidan o`tuvchi nur, u linzadan chiqqanda o`zining dastlabki yo`nalishini o`zgartirmaydi.
3. Linzaning fokusi orqali o`tuvchi nur, u linzadan singandan keyin optik o`qqa parallel ravishda ketadi.
Ana shu usul bilan buyumning bir nechta nuqtasining tasvirini fokal tekislikka tushirib olib, so`ngra buyumning butun tasvirini yasash mumkin. Tasvir yasashda buyum linza fokusiga nisbatan qanday masofada turganligi muhim rol’ o`ynaydi.
7.8-rasm. Qavariq linzada tasvirning hosil bo’lishi


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin