Bu qonunlarni o'rganishda yorug'lik nuri tushunchasidan foydalaniladi. Yorug‘lik nuri deb, yorug‘lik energiyasining tarqalish yo'nalishini ko'rsatuvchi to'g'ri chiziqqa aytiladi.
Bir jinsli muhitda yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi. Bu xulosa shaffofmas jismlar kichik o'lchamli manbalar bilan yoritilganda hosil bo'ladigan soyalarning chegaralari keskin bo'lishidan kelib chiqadi. Lekin yorug'lik o'lchami juda kichik bo'lgan teshiklardan o'tganda (ya'ni d) yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni o'z kuchini yo'qotadi.
Yorug'lik nurlarining mustaqilligi ular o'zaro kesishganda bir-biriga hech qanday ta'sir qilmasligidan iboratdir. Nurlarning kesishishi har bir nurning mustaqil ravishda tarqalishiga xalaqit bermaydi.
Yorug'lik ikki shaffof muhit orasidagi chegarani kesib o'tganda tushuvchi nur ikkita nurga qaytgan va singan nurlarga ajraladi. Bu nurlarning yo'nalishi yorug'likning qaytish va sinish qonunlaridan aniqlanadi.
Tajriba va nazariyaning ko`rsatishicha, yorug`lik nuri shaffof muhitlarda yorug`likning tezligidan kichik bo`lgan tezliklar bilan tarqalar еkan. Turli shaffof muxitlarda yorug`likning tarqalish tezligi turlicha bo`ladi. Barcha nuqtalarda yorug`likning tarqalish tezligi bir xil bo`lgan muhit bir jinsli muhit deb ataladi. Yorug`lik bir jinsli muhitda to`g`ri chiziqli tarqaladi. Ikki xil muhit chegarasida nur o`zining yo`nalishini o`zgartirib bir qismi birinchi muhitga qaytadi. Bu hodisa yorug`likning qaytishi deb ataladi. Yorug`likning qolgan qismi еsa ikkinchi muhitga o`tib, uning ichida tarqalishini davom еttiradi.
Ikki muhit orasidagi chegaraning xossalari qanday bo`lishiga qarab, qaytishning xarakteri turlicha bo`lishi mumkin. Agar chegara notekisliklarining o`lchami yorug`lik to`lqinining uzunligidan kichik bo`lsa, bunday sirt ko`zgusimon sirt deb ataladi. Ana shunday sirt (masalan, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan metall sirti, simob tomchisining sirti va boshqalar)ga ingichka parallel yorug`lik dastasi tushsa, yorug`lik nurlari sirtdan qaytgandan keyin ham parallel nurlar dastasi ko`rinishida qoladi. Yorug`likning bunday qaytishi tekis qaytish deyiladi (7.1-rasm).