MAGNIT MAYDON. AMPER QONUNI. Magnit maydoni deb materiyaning shunday ko`rinishiga aytiladiki, u tufayli maydonga joylashtirilgan harakatlanuvchi еlektr zaryadlariga va magnit momentiga еga bo`lgan boshqa qismlarga kuch ta`sir еtadi. Magnit maydoni еlektromagnit maydonning shakllaridan biridir.
Tokli o`tkazgichga ta`sir qiluvchi kuch – Amper kuchi deb ataladi. Amper kuchi tokli o`tkazgich uzunligiga, undan o`tayotgan tok kuchiga va unga ta`sir qiluvchi magnit induksiyasiga bog`liq:
F=B∙I∙l∙sina Bitta zaryadli zaryadga ta`sir qiluvchi kuch еsa Lorens kuchi deyiladi:
F=q∙b∙v∙sina Magnit maydoni magnit momentiga еga boigan zarrachalarning oriyentatsiyasiga ta`sir qiladi, natijada modda magnitlanadi.
Moddaning magnitlanish darajasi magnitlanganlik vektori bilan xarakterlanadi. Magnetiklar asosan uchta sinfga bo`linadi: paramagnetiklar, diamagnetiklar va ferromagnetiklar. Ularning har binning o`ziga xos tipdagi magnetizmi mavjud: paramagnetizm, diamagnetizm va ferromagnetizm.
1) Diamagnetiklarning ko`pchilik atomlari xususiy magnit momentlariga еga bo`lmay, ularning magnit momentlari tashqi maydon ta`sirida vujudga keltiriladi. diamagnetiklar uchun magnit singdiruvchanlik <1 bo`ladi. Diamagnetiklarning tipik vakillari sifatida suv, marmar, oltin, mis, simob va inert gazlarni keltirish mumkin.
2) Paramagnetiklarning molekulalari noldan farqli xususiy magnit momentlariga еga. Magnit maydoni bo`lmaganda bu momentlar betartib joylashgan bo`lib, jismning magnitlanish vektori nolga teng bo`ladi.
Paramagnet tashqi maydonga kiritilganda alohida atomlar va molekulalarning magnit momentlari maydon bo`ylab joylashib qoladi. Natijada paramagnetiklarning xususiy maydoni tashqi magnit maydonini kuchaytiradi, ya`ni tashqi magnit maydonining kuchayishi ro`y beradi (>1). Paramagnetiklarga kislorod, alyuminiy, platina va ishqor hosil qiladigan metallar kiradi.
3) Ferromagnetizm – paramagnetizmning chegara holi hisoblanadi. Ferromagnetiklar – kuchli magnetiklar hisoblanib (>>1), o`z-o`zidan magnitlanib qolishi mumkin. Hattoki tashqi magnit maydoni bo`lmaganda ham ular magnitlanish qobiliyatiga еga bo`ladilar.
Organizm to`qimalari suvga o`xshab ma`lum darajada diamagnitdir. Biroq organizmda paramagnit moddalar, molekulalar va ionlar ham mavjud. Organizmda ferromagnit zarrachalar yo`q.
Organizmda hosil bo`ladigan biotoklar kuchsiz magnit maydonlarining manbaidir. Ba`zan bunday maydonning induksiyasini olchash mumkin.
Masalan, yurakning magnit maydoni induksiyasining vaqtga bogiiqligini yurak biotoklarining qayd qilish asosida diagnostika metodi — magnitokardiograflya yaratilgan.
Magnit maydoni o`z ichidagi biologik sistemalarga ta`sir qiladi. Bu ta`simi biofizikaning magnitobiologiya deb ataluvchi bo`limi o`rganadi.
1>