6.3-§. BIOLOGIK TO‘QIMALAR VA SUYUQLIKLARNING O’ZGARMASTOKDA ELEKTR OTKAZUVCHANLIGI
Biologik to'qimalar va organlar har xil elektr qarshiliklaridan iborat bo‘lib, turli tuzilishga ega. Ulaming qarshiliklari elektr toki ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Bu hol tirik biologik sistemalar qarshiliklarini o‘lchash ishini qiyinlashtiradi.
Bevosita tana ustiga qo‘yilgan elektrodlar orasida turgan organizmning ayrim uchastkalarining elektr o'tkazuvchanligi teri va teri osti qatlamlarining qarshiligiga bog‘liq. Organizm ichida tok asosan qon va limfatik tomirlar, muskullar, nerv ustunlarining qobiqlari bo‘yicha tarqaladi, terming qarshiligi o‘z navbatida, uning holati, qalinligi, yoshi, namligi va hokazoga ko‘ra aniqlanadi.
To‘qima va organlarning elektr o‘tkazuvchanligi ularning funksional holatiga bog‘liq, demak, undan diagnostik ko‘rsatkich sifatida foydalanish mumkin. Masalan, yallig‘lanish vaqtida hujayralar shishganda, hujayralararo birlashmalarning kesimlari kamayadi va elektr qarshiligi kattalashadi. Ko‘p terlashga sabab bo'ladigan fiziologik hodisalar teri elektr o‘tkazuvchanligining ortishi bilan birga kuzatiladi va h.k.
Organizmdagi turli to`qimalar va suyuqliklarning solishtirma qarshiliklari jadvalda keltirilgan.
Orqa miya suyuqligi
|
0, 55
|
YOg` to`qimasi
|
33, 3
|
Qon
|
1, 66
|
Quruq teri
|
105
|
Muskullar
|
2
|
Suyak-pardasiz suyak
|
107
|
Miya va nerv to`qimasi
|
14, 3
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |