Bilim sohasi


-§. ELEKTROLITLARNING ELEKTR OTKAZUVCHANLIGI



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə62/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

6.3-§. ELEKTROLITLARNING ELEKTR OTKAZUVCHANLIGI
Biologik suyuqliklar elektr o‘tkazuvchanligi metallarning elektr o‘tkazuvchanligiga o‘xshash bo'lgan elektrolitlardir: ikkala muhitda ham gazlardan farqli o’laroq tok tashuvchilar elektr maydoniga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘ladi. Shuning uchun (6.1) ifoda elektrolitlar uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi, lekin metallardan farq qilish uchun uni musbat va manfiy ionlar uchun alohida- alohida yozish mumkin:


j+= qn+v+ va y'_ = qn_v_ . (6.6)
6.2- rasm.

Tokning umumiy zichligini:



j = J+ + J- = q(n+v+ + n_v_)(6.7)
Agar har bir molekula ikkita ionga dissotsilanadi deb faraz qilinsa, u holda musbat -va manfiy ionlar konsentratsiyasi bir xil bo‘ladi:

n+=n_=αn(6.8)


bu yerda αdissotsilanish koeffitsiyenti, n — elektrolit molekulalarining konsentratsiyasi.
Ionlarning elektr maydonidagi yo‘nalgan harakatini taqriban tekis harakat deb hisoblash mumkin, u holda elektr maydonitomonidan ionga ta’sir qiluvchi kuch qE{ tezlikka proporsional hisoblanuvchi ishqalanish kuchi rv ga teng.

qE= rv
bundan q/ r = b bilan almashtirib,


v = bE(6.9)
ni olamiz. Proporsionallik koeffitsiyenti b ga ionlar harakatchanligi deyiladi. U son jihatdan elektr maydoni vujudga keltirgan ionning yo‘nalgan harakati tezligining shu maydon kuchlanganligi nisbatiga teng1.
Turli ishorali ionlar uchun (6.9)dan tegishli

v+ = b+E va v_ = b_E(6.10)
ga ega bo‘lamiz. (6.8) va (6.10)ni (6.7)ga qo‘yib:


j = nqα(b+ + b_)E(6.11)
ni topamiz.
Elektrolitni to‘g‘ri burchakli parallelopiped shaklida tasavvur qilaylik, uning Syuzali yoqlari — elektrodlari bir-birida lmasofada bo‘lsin (6.2- rasm), (6.1 l)ni o'zgartirib yozamiz:

jS = nqα(b+ + b_)(U/ l)S(6.12)

I=jS bo'lgani uchun (6.12) tok manbaiga ega bo‘lmagan zanjir qismi uchun Om qonuni I=U/Rga teng, bu yerda

R = (l/ S)[nqα(b+ +b_)]-1(6.13)
- elektrolit qarshiligi. (6.13)ni R = ρl/ S ifoda bilan solishtirib.
γ= 1 / ρ = nqα(b+ + b_) (6.14)
ga ega bo‘lamiz. Bundan ionlarning konsentratsiyasi, zaryadi harakatchanligi qancha katta bo‘Isa, elektrolitning elektr o'tkazuvchanligi Y ham shuncha katta bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi. Temperatura ko‘tarilishi bilan ionlarning harakatchanligi ortadi va elektr o‘tkazuvchanlik oshadi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin