1. Tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib



Yüklə 136,8 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.05.2023
ölçüsü136,8 Kb.
#107970
Test 30 talik(1)(1)



1. Tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib 
yangi ma’noli so‘z hosil qilish mumkin bo‘lgan so‘zlar qatorini 
aniqlang. 
A) tarz, tovon, ganch B) tom, solih, qarz
C) tog‘, sog‘, xiyla D) don, o‘z, dil 
2. Qaysi gapda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilmagan? 
A) Yurtimizda yildan-yilga iste’dodli yoshlar safi kengayib 
bormoqda. 
B) Ma’suliyatli topshiriq ko‘pincha shu bo‘linmaga topshirilar 
edi. 
C) Vatan ravnaqi yo‘lida g‘ayrat bilan mehnat qilayotgan 
yurtdoshlarimizni olqishlaylik. 
D) O‘zbekiston Respublikasida 9-may xotira va qadrlash kuni 
deb e’lon qilingan. 
3. So‘z imlosida sodir bo‘ladigan fonetik o‘zgarishlar to‘g‘ri 
izohlangan javobni aniqlang. 
A) “k” va “q” undoshi bilan tugagan barcha so‘zlarga egalik 
shakllari qo‘shilganda tovush almashishi kuzatiladi. 
B) Kelishik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida so‘z asosida 
tovush almashishi bilan bog‘liq fonetik o‘zgarish kuzatilishi 
mumkin. 
C) Ayrim fe’llarga nisbat qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida 
tovush tushishi bilan bog‘liq fonetik o‘zgarish kuzatilishi 
mumkin. 
D) Ayrim fe’llarga o‘tgan zamon sifatdosh shakli qo‘shilganda 
fe’l asosida fonetik o‘zgarish kuzatiladi.
4. Qaysi javobda berilgan gaplar juftligida o‘zaro ma’nodosh 
so‘zlar qatnashgan? 
A) Kechqurunlari shahar yana ham chiroyli bo‘lib ketarkan. 
Kamtarinlik ham inson husnini yana-da oshirar ekan. 
B) Oh, go‘zal Farg‘onaning husni bugun qandoq emish. . . 
Favvoralar shahrimiz ko‘rkini ko‘z-ko‘z qilib turibdi. 
C) Bu yigit juda tanti ekan. Qo‘shnimiz erka o‘g‘lini yer-u 
ko‘kka ishonmaydi. 
D) Xonaga bir norg‘ul yigit kirib keldi. Salimjon bolaligida juda 
nimjon edi. 
5. Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un
Chiqarma behuda sado hamda un
Ko‘r, quyosh tig‘ida va tegirmonda 
Ezilib so‘ng aziz bo‘ldi bug‘doy – un
Ushbu parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar haqida berilgan qaysi 
fikr to‘g‘ri? 
A) 1- va 2-misradagi so‘zlar bir xil turkumga mansub so‘zlar 
sifatida o‘zaro omonim sanaladi. 


B) 2- va 4-misradagi so‘zlar har xil turkumga mansub so‘zlar 
sifatida o‘zaro omonim sanaladi. 
C) Ular bir xil va har xil turkumga mansub so‘zlar sifatida o‘zaro 
omonim sanaladi. 
D) Ular bir so‘zning turli ma’nolarini ifodalovchi so‘zlar 
sanaladi. 
6. Qaysi javobda barcha sodda yasama so‘zlarning yasalish asosi 
bir xil so‘z turkumiga mansub? 
A) Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida, odamlar 
bilan xayrlashishida aks etadi. 
B) Bilimdon, madaniyatli odam bilan johil, savodsiz o‘rtasida yer 
bilan osmoncha farq bor. 
C) Iste’dodli, bilimdon, yangilikka intiluvchan yoshlar o‘qish 
uchun chet ellarga yuborilmoqda. 
D) Aqlliga aytdim, angladi – bildi, aqlsizga aytdim, shaqillab 
kuldi. 
7. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi morfemalar 
qatnashgan? 
A) Yuz tilim bo‘ldi dilim bir bevafoning dastidan. 
B) Ko‘rik-tanlovda biz g‘olib bo‘ldik. 
C) Bu qaro ko‘zlar neni ko‘zlar? 
D) Yaxshilikka yaxshilik qaytarish lozimligini esingdan 
chiqarma. 
8. Qaysi gapdagi sifatlarning barchasi ma’nosiga ko‘ra bir 
guruhga mansubdir? 
A) Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi 
keng, iyagi kalta, tabiatan kamgap odam. 
B) Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta 
bardoshini, sadoqatini aks ettirib turardi. C) Hovlilardan 
ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq 
havoda suzadi. 
D) Yalqov kishi – qo‘rqoq va g‘ayratsiz bo‘ladi; g‘ayratsiz, 
qo‘rqoq kishi – maqtanchoq bo‘ladi. 
9. Ravishlarning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni 
toping. 
A) Munisa kamtarona tabassum bilan sekin qarab qo‘ydi. 
B) Bugungi kelishuv haqida bafurja gaplashib oldik. 
C)Allamahalgacha 
farg‘onalik 
chorvadorlar 
o‘tovida 
chaqchaqlashib o‘tirdik. 
D) Kechqurun salqin bo‘ldi, ertalab biroz shudring tushdi. 
10. Tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan yasama fe’l 
ishtirok etgan gapni aniqlang. 


A) Boshida tashvishi bo‘lishiga qaramay, bolani erkalashga, 
tarbiyalashga vaqt topdi. 
B) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo‘shilib turmasa, 
uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. 
C) Shunisi borki, yarador oyog‘i ko‘proq lat yegan bo‘lsa kerak, 
u qop ko‘targanda qiynalib yurdi. 
D) Uning xayollarini to‘lin oy tog‘ daralariga olib ketardi. 
11. Tumanimizda yangi inshoot barpo qildi. Ushbu gapning 
kesimi majhul nisbatdagi fe’lga 
aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarish to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 
A) Fe’lda ifodalangan mayl ma’nosi o‘zgaradi. 
B) O‘timli fe’lning o‘timsiz fe’lga aylanishi kuzatiladi. 
C) Ushbu gap shaxsi noma’lum gapga aylanadi. 
D) Fe’lda ifodalangan zamon ma’nosida o‘zgarish kuzatiladi. 
12. Qimmat ham o‘sha sehrgar kampirning uyiga kelib qolibdi, 
ammo u kampirga hatto bir og‘iz ham 
shirin so‘z aytmabdi, dangasaligi va qo‘polligi tufayli 
kampirning marhamatiga sazovor bo‘la olmabdi. Ushbu gapdagi 
yordamchi so‘zlarga mansub birliklar haqida berilgan to‘g‘ri 
fikrni toping. 
A) Gapda yuklamalar bir xil gap bo‘laklariga qo‘shimcha ma’no 
yuklashga xizmat qilgan. 
B) Yordamchi so‘zlarning har bir turkumiga oid birliklar ishtirok 
etgan. 
C) Sof va vazifadosh ko‘makchi qatnashgan. 
D) Bog‘lovchining vazifasiga ko‘ra ikki turi qatnashgan. 
13. Qaysi gapda hokim qismi sifat bilan ifodalangan boshqaruv 
munosabatli so‘z birikmasi qatnashgan? 
A) Dunyoda onadan mehribonroq inson bo‘lmasa kerak. 
B) Agar birorta kichikroq baliq suv yuziga suzib chiqsa, mushuk 
bir hamla bilan ushlab olarkan. 
C) Shunda pastakkina bir uydan dahshatli faryod eshitildi. 
D) Bu ish juda nozik, nihoyatda muhim edi. 
14. Qaysi gapda qaralmish egaga tobelanib kelgan? 
A) O‘sha tunning dahshatini eslash unga qattiq azob berar edi. 
B) Azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad 
uzunday edi. 
C) Sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga 
cho‘mganday so‘limlik kasb etgan edi. 
D) Bu so‘limlik ham uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas 
edi. 
15. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar, Yomon so‘zga pashsha 


kuchi fil bo‘lar. 
Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? 
A) Egalar tub so‘zlar bilan ifodalangan. 
B) Ega vazifasini bajargan qaralmish qatnashgan. 
C) Ega vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan. 
D) Egalar turli so‘z turkumiga oid so‘zlar bilan ifodalangan. 
16. Tog‘ay Murod qaysi asari uchun Qodiriy nomidagi Davlat 
mukofoti bilan taqdirlangan? 
A) "Qo‘shiq" 
B) "Oydinda yurgan odamlar" 
C) "Otamdan qolgan dalalar" 
D) "Yulduzlar mangu yonadi" 
17. Qaysi javobda aralash murakkab qo‘shma gap berilgan? 
A) Kishilarning huquqiy ongi yuksalsa, har kim o‘z haq-huquqini 
bilsa, jamiyatda demokratiya rivojlanadi. B) Sabr boshimizga 
kelgan balo va qazolarga chidamli bo‘lishimizni talab etadi, 
shuning uchun ham, avvalo, har bir ishda sabr bilan harakat qilish 
lozim. 
C) Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, 
sening ziyoratingga keldim, sultonim. 
D) Bilingki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib 
turgan suratga o‘xshaydi. 
18. Bosh gap qismida uyushgan bo‘laklar ishtirok etgan ergash 
gapli qo‘shma gapni toping. 
A)Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash’a va safo tuygan bu 
aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini 
ko‘raman. 
B) Bahor kelsa, boshlanar bog‘da bulbul xonishi, Sa’va, qumri 
nag‘masi, suralay tovlanishi. 
C) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. 
D) Quyosh bosh ko‘tarib chiqadi-yu, uxlab yotgan dov-daraxtlar, 
giyohlar borliqni uyg‘otib yuboradi. 
19. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq 
uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan? 
A) O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u 
shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayratda 
qoldirish niyatida safarga otlandim. 
B) Hukmdor dehqonni vaqtning qanchalar qadrlashini ko‘rib afv 
qildi va unga tasannolar aytdi. 
C) Xulqini tarbiya qilgan qizning odobi oltinga qimmatli, injudan 
qadrli bir boylikdirki, bu kabi 
qizlarni barcha orzu qiladi. 
D) Yosh avlod tarbiyasi faqat ota-ona, mahalla-ko‘ynigina emas, 
balki butun jamiyatning e’tiborida 


bo‘lishi kerak. 
20. Qaysi qo‘shma gap qismlari orasida // belgisi o‘rnida tire 
qo‘yilishi lozim? 
A) Oltmishga kirib bildim // umrim bekorga o‘tmabdi. 
B) Terakzorlar xushbichim // bog‘larda hamma yoq jim. 
C) Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo‘yab ko‘rdi // yulduzlar 
o‘z rangida xira miltillab turaverdi. 
D) Kurashda bir tabiat qonuni bor // davrada mag‘lub bo‘lgan 
polvon taqdirga tan berib ketmaydi. 
21. O‘ziga bino qo‘ygan, qahri qattiq, ammo ko‘ngilchanligi 
tufayli asarning bosh qahramonlarini o‘limga mahkum etsa-da, 
ularning xiyonat tufayli mashaqqatlarga duch kelganini eshitib 
afv etgan podsho obrazi qaysi xalq dostonida uchraydi? 
A) “Ravshan” B) “Kuntug‘mish” 
C) “Rustamxon” D) “Alpomish” 
22. Nodar Dumbadzening dastlabki yirik asarlarini toping. 
A) "Qishloq bolalari", "Abadiyat qonuni" 
B) "Men buvim, Iliko va Illarion", "Quyosh kechasi" 
C) "Kukaracha", "Qishloq bolalari" 
D) "Men, buvim, Iliko va Illarion", "Quyoshni ko‘ryapman" 
23. “Esingizdami, oyi, ukamga alla aytardingiz. Men allaning 
ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. o‘sha beshikda men ham 
yotganman. Allangizdan men ham orom olganman”. Ushbu 
parcha O‘tkir 
Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan 
olingan? 
A) “Gilam paypoq” B) “Qarz” 
C) “Iltijo” D) “Haqqush” 
24. Zahiriddin Muhammad Boburning aruz vazni haqida yozgan 
risolasi nomi keltirilgan javobni belgilang. 
A) “Mezon ul-avzon” B) “Muxtasar” 
C) “Aruz haqida” D) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni” 
25. Daryoda shamol tufayli kemasi xalokatga uchragan 
xaloyiqdan qutulib qolgan va podshoh bo`lib taxtga o`tirgan 
obraz qaysi asarda uchraydi? 
A) “Miftoh ul-adl” (Xoja) 
B) “Hayrat ul-abror” (Navoiy) 
C) “Zarbulmasal” (Gulxaniy) 
D) “Boburnoma” (Bobur) 
26. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asarini o‘qib, 
“sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi”gan asar yozgani 


bilan tabriklagan edi? 
A) “Cho‘l havosi” 
B) “Dunyoning ishlari” 
C) “Urushning so‘nggi qurboni” 
D) “Ikki eshik orasi” 
27. "Rustamxon" dostonidan olingan quyidagi parcha kimning 
tilidan aytilgan? 
Maydon bo‘lsa bedov otlar topilar, 
Chopib kelsa banot jullar yopilar, 
Men ham bildim, yo‘qchi bo‘lib kelibsan, 
G‘am yema begijon, yo‘g‘ing topilar. 
A) qalandarlar B) Rustamxon 
C) Huroyim D) Oftoboy 
28. Qaysi javobda Vatanimiz tarixidagi buyuk allomalar: Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino, Ulug‘beklar hayoti, ulug‘vor ishlari haqida romanlar 
yozgan adib nomi berilgan? 
A) Pirimqul Qodirov B) Shuhrat 
C) Odil Yoqubov D) Asqad Muxtor 
29. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida Qalandar 
Qarnoqiy “u qari tulki bu sir-asrorlarni hazratga yetkazganlar” 
deganda xazina haqida sirlarni oshkora qilgan qaysi qahramon 
haqida so‘zlagan? A) Ibrohim Po‘lat B) Xoja Salohiddin 
zargar 
C) Sulton Jondor D) Temur Samarqandiy 
30. Chu sabrim tirnog‘ida har kuni yuz ko‘hi g‘am qozdim, Meni 
oldimdadur Farhod – ojiz, Ko‘hkan nozuk. Ushbu baytda 
qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. 
A) mubolag‘a, talmeh B) talmeh, tarse’ 
C) tarse’, tajnis D) tardi aks, mubolag‘a 

Yüklə 136,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin