Nazorat uchun savollar. Kulon qonuni qanday zaryadlarning o‘zaro ta’sirini tushuntiradi?
Elektrostatik maydonni tavsiflovchi kuchlanganlik va potensialni ta’riflab bering. Maydon kuchlanganligi va potensialni o‘zaro bog‘lanishini tushuntiring. Nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydon kuchlanganligi va potensiali qanday aniqlanadi?
Elektr maydon superpozitsiya prinsipining mohiyati nimadan iborat?
Elektr maydon kuchlanganligi vektori oqimi uchun Ostrogradskiy-Gauss teoremasini ta’riflang.Cheksiz uzun o‘tkazgichda, tekis plastinkada, ikki tekis parallel plastinkada, sfera sirti bo‘ylab zaryad tekis taqsimlanganda ularning elektr maydon kuchlanganligi va potensiali shu teorema yordamida qanday aniqlanadi?
Ekvipotensial sirtlar deb nimaga aytiladi? Kuch chiziqlari ekvipotensial sirtga nisbatan qanday yo‘nalgan?
Bir jinsli elektr maydoni deb nimaga aytiladi? Bir jinsli maydonning manbai nima bo‘lishi mumkin?
Potensial gradiyenti nimani ko‘rsatadi? Agar potensial koordinata funksiyasi shaklida berilgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi qanday aniqlanadi?
Elektr maydonida zaryadni siljitishda bajarilgan ish qanday aniqlanadi? Bajarilgan ish elektr maydon kuchlanganligi orqali qanday ifodalanadi? Potensiallar farqi orqalichi? Bajarilgan ishning miqdori nimaga bog‘liq?
Nima uchun elektrostatik maydon potensial maydon bo‘ladi? Elektrostatik maydonning potensiallik xossasi qanday tushuntiriladi? 11. Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyatsiyasi qanday ifodalanadi va nimaga teng?
ADABIYOTLAR Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi. T.2. 1978
Detlaf A.A.,Yavorskiy B.M.,Milkovskiy L.B. Fizika kursi.T.2. 1977.
Sivuxin D.B. Umumiy fizika kursi.T.3. 1989.
A.G.Chertov, A.A.Vorobyov. Fizikadan masalalar to`plami. 1988.