Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi va potensiali



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/8
tarix30.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#105143
  1   2   3   4   5   6   7   8
Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi va po


ELEKTR ZARYADI




  • Elektr zaryadi.

  • Kulon qonuni.

  • Elektr maydoni.

  • Elektr maydon kuchlanganligi va potensiali.

  • Superpozitsiya prinsipi.

  • Elektr induktsiya vektori va uning kuch chiziqlari.

  • Elektr induktsiya oqimi.

  • Ostrogradskiy –Gauss teoremasi.

Tajribalar ko‘rsatishicha, zaryadlangan va magnitlangan jismlar, shuningdek, elektr toki oqayotgan jismlar orasida elektromagnit kuchlar deb ataluvchi o‘zaro ta’sir kuchlari mavjuddir. Jismlar orasidagi bu o‘zaro ta’sir elektromagnit maydon deb ataluvchi o‘ziga xos vositachi materiya orqali uzatiladi.


Elektromagnit maydon nazariyasining asoschisi Faradey bir jismning boshqasiga ta’siri ularni bir-biriga tekkazish orqali yoki elektromagnit maydon deb ataluvchi, oraliq muhit orqali uzatilishi mumkin, deb hisobladi.
Maksvell esa, Faradeyning asosiy g‘oyalarini matematik shaklda ifodalab, elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini ko‘rsatib berdi va ularning tarqalish tezligi yorug‘likning vakuumdagi tezligiga mos ekanligini isbotladi.
Atom – molekulyar nazariyaga asosan, o‘zaro ta’sir kuchlari jismni tashkil etuvchi zaryadli zarrachalar orasidagi elektr o‘zaro ta’sir natijasidir. Bundan, elektromagnit maydon haqiqatan ham mavjudligi va u materiyaning bir ko‘rinishi ekanligi kelib chiqadi.
Elektromagnit maydon energiya, impuls va boshqa fizikaviy xususiyatlarga egadir.
Zaryadlangan A jism atrofidagi fazoda elektr maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon unga kiritilgan boshqa biror bir zaryadlangan B jismga ko‘rsatayotgan ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, A jismning zaryadlari hosil qilgan maydon boshqa zaryadlangan jism joylashtirilmaganda ham fazoning har bir nuqtasida mavjuddir. Elektromagnit maydon mavjud bo‘lgan fazo – efir yoki vakuum deb ataladi.
Elektron nazariyaning asosiy g‘oyasini zamonaviy fizika tilida quyidagicha ifodalash mumkin: har qanday modda musbat zaryadli atom yadrosidan va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan. Elektr zaryadi ayrim elementar zarrachalarning muhim xususiyati hisoblanib, bu zarrachalarning zaryadi e – elementar zaryadga teng.
Har qanday q zaryad bir qancha elementar zaryadlardan tashkil topganligi tufayli, u doimo e – ga karrali bo‘ladi.


(9.1)
(9.1) ifodadan, zaryad diskret qiymatlarni qabul qilgani uchun u kvantlangan hisoblanadi.
Har xil inersial sanoq tizimlarda o‘lchanadigan zaryad miqdori bir xil bo‘lgani uchun u relyativistik invariantdir. Boshqacha qilib aytganda, zaryad miqdori zaryad harakatda bo‘lsa ham, tinch holatda bo‘lsa ham bir xildir.
Elektr zaryadlari paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkin, ammo bu holda albatta, har xil ishorali ikkita zaryad bo‘lishi shart.
Shunday qilib, elektrdan ajratilgan tizimlarda zaryadlar yig‘indisi o‘zgarmas bo‘ladi va bu zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi.

Kulon qonuni



Nuqtaviy zaryad deb, shunday zaryadlangan jismga aytiladiki, uning o‘lchamlari boshqa zaryadlangan jismlargacha bo‘lgan masofaga nisbatan sezilarli darajada kichik bo‘lishi kerak.
Kulon burama tarozi orqali nuqtaviy zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchini, ularning zaryadlari miqdori va oralaridagi masofaga bog‘liqligini o‘rgandi va quyidagi xulosaga keldi: ikkita qo‘zg‘almas nuqtaviy zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi zaryadlarning har birining miqdorlari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir.
Kuchning yo‘nalishi zaryadlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgandir (9.1- rasm):
, (9.2)

bu yerda kproporsionallik koeffitsiyenti, q1 va q2 ta’sir qiluvchi zaryadlar miqdori; r – zaryadlar orasidagi masofa; – q1 zaryaddan q2 zaryadga yo‘nalgan birlik vektor; – q1 zaryadga ta’sir etuvchi kuchdir.






Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin