Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi va potensiali



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/8
tarix30.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#105143
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi va po

9.2 - rasm. Elektr maydoniga kiritilgan sinovchi zaryadga ta’sir etuvchi kuch

Agar q zaryad maydoni atrofidagi fazoga , har xil sinovchi zaryadlar kiritsak, ta’sir etuvchi kuchlar F1, F2 bo‘ladi va nisbat doimo o‘zgarmas qiymatga teng bo‘ladi, ya’ni q zaryadning hosil qilgan maydonining xususiyatini belgilaydi. Bu nisbat hosil bo‘lgan elektr maydonining kuchlanganligi deb ataladi:




, (9.7)

Bu maydon kuchlanganligi asosan, – kuch va sinovchi zaryad turgan masofa bilan belgilanadi:


. (9.8)

Elektr maydon kuchlanganligi birligi quyidagiga teng: SGSE zaryad birligi tizimida, 1 SGSE zaryadga 1sm masofada ta’sir qiladigan 1 dina kuchga teng bo‘ladi.
XB tizimida 1 K zaryadga 1 m masofada 1 N kuch ta’sir etishini bildiradi va V/m bilan o‘lchanadi:


.

Agar bo‘lsa, musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishi vektor bilan mos tushadi, manfiy zaryadga ta’sir etuvchi kuch esa, maydon yo‘nalishiga teskari bo‘ladi.
Agar qaralayotgan nuqta, sirt yoki hajmda N ta zaryadlar to‘plami bo‘lsa, ular hosil qilgan maydon kuchlanganligi alohida zaryadlar elektr maydon kuchlanganligining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi:
(9.9)

Ana shu ifoda elektr maydonlarining superpozitsiya prinsipi yoki qo‘shilish prinsipi deb ataladi.

Zaryadning fazodagi elektr maydonini ko‘rinishini tasvirlash uchun elektr maydon kuchlanganligi chiziqlaridan foydalanamiz (9.3-rasm).





9.3 - rasm. Elektr maydon kuchlanganligi chiziqlari

Agar elektr maydon kuch chiziqlari egri chiziqdan iborat bo‘lsa, kuchlanganlik chiziqlari har bir nuqtaga o‘tkazilgan urinmadan iborat bo‘ladi. Chiziqlar zichligi elektr maydon kuchlanganligining shu nuqtadagi kattaligini bildiradi.


Nuqtaviy zaryad maydon kuchlanganligi chiziqlari radial chiziqlardan iboratdir. Musbat zaryad uchun kuch chiziqlari yo‘nalishi zaryaddan chiqqan bo‘ladi (9.4 - rasm).


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin