9.4 - rasm. Musbat nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari
Manfiy zaryad uchun esa, kuch chiziqlari yo‘nalishi zaryadga yo‘nalgan bo‘ladi (9.5- rasm). Kuch chiziqlari bir zaryaddan chiqib ikkinchi zaryadda tugaydi.
9.5 - rasm. Manfiy nuqtaviy zaryad elektr maydon kuch chiziqlari
Elektr induksiya vektori kuch chiziqlari va oqimi
Elektr maydon kuchlanganligi va kuch chiziqlari to‘g‘risida so‘z yuritgan edik: musbat nuqtaviy zaryadning kuch chiziqlari zaryad markazidan tashqariga yo‘nalgan radial chiziqlardan iborat edi; manfiy nuqtaviy zaryad kuch chiziqlari markazga yo‘nalgan radial chiziqlardan iboratdir. Ammo bu kuch chiziqlari qayergacha davom etadi?
Vakuumda kuch chiziqlari uzluksizdir. Dielektriklarda bo‘linish chegarasigacha davom etadi, ya’ni cheklangan bo‘ladi.
Shunday qilib, bir jinsli bo‘lgan dielektriklarda kuch chiziqlarining uzluksizlik sharti bajarilmaydi. Shuning uchun ham ixtiyoriy ko‘rinishdagi dielektriklar ichidagi maydonni tavsiflash uchun uning bo‘linish chegarasidan uzluksiz o‘tadigan yangi vektor kattalik kiritiladi.
Bu vektor kattalik elektr induksiya vektori deb ataladi.
Elektr induksiya vektori chiziqlari ixtiyoriy muhitda uzluksiz bo‘lishi uchun, kuchlanganlik vektori bilan quyidagi munosabatda bog‘langan bo‘lishi shart:
, (9.10)
ya’ni
, (9.11)
bu yerda – vakuum bilan dielektrikning elektr singdiruvchanliklaridan qutulganimiz uchun, elektr induksiya vektori ning uzluksizligi ta’minlanadi. Shu sababli, elektr kuch chiziqlari bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tishda uzluksizligi ta’minlanganligi uchun (9.10) ifodani ko‘pinchalik elektr ko‘chishi deb ataladi.
Skalyar ko‘rinishda ga (9.12)
ega bo‘lamiz. Shunday qilib, ixtiyoriy muhitda nuqtaviy zaryad hosil qilgan maydonning biror nuqtasidagi induksiya shu zaryadga to‘g‘ri proporsional, masofa kvadratiga teskari proporsionaldir.
Elektr induksiya vektori miqdor jihatdan bir birlik yuzadan tik ravishda o‘tayotgan induksiya chiziqlarini, ya’ni uning sirt zichligini ifodalaydi (9.6 - rasm).
Dostları ilə paylaş: |