Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti 1- bosqich 103- guruh talabasi Yusupova Noilaning kimyoviy hisoblash fanidan tayyorlagan slaydi



Yüklə 114,6 Kb.
səhifə1/3
tarix13.04.2023
ölçüsü114,6 Kb.
#97519
  1   2   3
yadro reaksiyalari Noila


Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
1- bosqich 103- guruh talabasi Yusupova Noilaning
kimyoviy hisoblash fanidan tayyorlagan slaydi

Mavzu Yadro reaksiyalari.
Yarim yemirilish
davri
Reja 1.Yadro reaksiyalari 2.Yarim yemirilish
davri
Hozirgi vaqtda atom yadrosida ko‘p sonli elementar zarrachalar kashf qilingan. Ulardan eng muhimlari protonlar bilan neytronlardir. Bu ikkala zarracha nuklon deyiladigan yadro zarrachasining ikki turli xil holati sifatida qaraladi. Elementar zarrachalarning muayyan massasi va zaryadi boladi. Protonning massasi 1,0073 m. a. b. ga va zaryadi + 1 ga teng. Neytronning massasi 1,0087 m. a. b. ga, zaryadi esa nolga teng (zarracha elektr neytraldir). Proton bilan neytronning massasini deyarli bir xil deyish mumkin.
Neytron kashf etilgandan keyin tez orada rus olimlari D.D.Ivanenko bilan Y.N.Gapon yadro tuzilishining proton—neytron nazariyasini yaratdilar (1932). Bu nazariyaga muvofiq vodorod atomining yadrosidan boshqa barcha atomlarning yadrolari Z protonlar bilan (A—Z) neytronlardan tarkib topgan, bunda Z — elementning tartib raqami, A — massa soni.
Massa soni A atom yadrosidagi protonlar Z bilan neytronlarning N umumiy sonini ko‘rsatadi, ya’ni
A=Z+N
Proton bilan neytronlarni yadroda tutib turuvchi kuchlar yadro kuchlari deyiladi. Bular juda qisqa masofalarda (10-15 m atrofida) ta'sir etuvchi nihoyatda katta kuchlar bo‘lib, itarilish kuchlaridan katta bo‘ladi. Bu kuchlarning tabiatini-yadro fizikasi o'rganadi.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, tabiatda bitta elementning massasi turlicha bolgan atomlari mavjud bolishi mumkin ekan. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bolgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida protonlar soni bir xil, lekin neytronlarning soni turlicha boladi.

Yüklə 114,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin