MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR Elektron R radiusli orbita bo‘ylab yadro atrofida aylanmoqda. Yadro zaryadi Z . Elektronning tezligi va aylanish davri topilsin.
Vakuumda bir-biridan r=1sm masofada joylashgan va q1= q2= 1 Kl bo‘lgan nuqtaviy zaryadlarning o‘zarj ta’sir kuchi aniqlansin.
Massalari m1= m2=1 g bo‘lgan sharlarning o‘zaro bir-birini itarish kuchi bilan gravitatsion tortishuv kuchi bir-biriga teng bo‘lishi uchun sharlarga qanday zaryad berish kerak?
Ikkita bir xil kattalikdagi suv tomchilarining har biriga bittadan ortiqcha elektron joylashgan. Elektrostatik itarish kuchi gravitatsion kuchga teng bo‘lishi uchun tomchilarning radiusi r qancha bo‘lishi kerak?
Qo‘zg‘almay turgan natriy Na yadrosi α-zarracha bilan bombardimon qilishda o‘zaro itarish kuchi F=140 N ga teng bo‘lsa, α- zarrachasi natriy yadrosiga qanday r masofagacha yaqinlashisi mumkin?
Radiusi R=2 sm, zaryadining sirt zichligi bo‘lgan zaryadlangan sharni uning sirtidan r=2 sm masofada joylashtirilgan nuqtaviy zaryad (Q Kl) ga ta’sir etuvchi kuch topilsin.
O‘zaro tortishuv kuchi ta’sirida manfiy zaryadlangan kichik sharcha nuqtaviy musbat zaryad Kl atrofida tekis aylanmoqda. Manfiy zaryadlangan sharchaning aylanish radiusi r=1.5 sm, aylanish tezligi sm/s. Sharcha zaryadini uning massasiga nisbati aniqlansin.
Agar vodorod atomining diametri D=2∙10 sm deb olinsa, uning elektronini yadro qanday kuch bilan tortadi?
Ikkita protonni elektrostatik itarish kuchini gravitatsion tortishish kuchiga nisbati topilsin.Shunday hisoblarni ikkita elektron uchun ham bajaring.
Metall sharga Q=3.3∙10 Kl zaryad berilgan. Shunchalik zaryadga ega bo‘lishi uchun shardan qancha elektron olish kerak?
Bir elektron r=1 sm masofada turgan ikkinchi elektronga bera oladigan tezlanish a hisoblansin.
Vakuumda bir-biridan r=6 sm masofada va o‘zaro F=0.1 N kuch bilan ta’sir etayotgan nuqtaviy zaryadlarning zaryad miqdori topilsin.
Ikkita zaryad havoda r=5 sm masofada D=120 mkN kuch bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatad. Agar ularni suyuqlik ichida r =10 sm ga joylashtirilsa , ta’sir kuchi F=15 mkN bo‘ladi.Suyuqli dielektrik singdruvchangligi topilsin.
Dielektrik singdruvchangligi =3 ga teng bo‘lgan yog‘ ichida joylashtirilgan zaryadlar orasidagi masofa r topilsin, agarda vakuumda r =30 sm masofada joylashtirilgan zaryadlar orasidagi ta’sir kuchi yog‘ ichidagi bilan teng bo‘lsa.
Elektrondan tashkil topgan va umumiy massasi m=1 g ga teng bo‘lgan ikkita zaryad r=10 m masofada joylashgan.Ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi aniqlansin.
Ikkita nuqtaviy Q va Q zaryadlar r masofada joylashtirilgan.Agar ular orasidagi masofa =50 sm ga kamaytirilsa, ularning o‘zaro ta’sir kuchi 2 marta ortadi.r masofani aniqlansin.
Metall sharchaga N=5∙10 ta ortiqcha elektron berilgan. Bu sharchadan r=1 m masofada joylashtirilgan boshqa sharchada Q=13.2∙10 Kl zaryad bo‘lsa, ularning o‘zaro ta’sir kuchi qanday?Agar sharchalarni bir-biriga tekkizilsa, birinchi sharchada nechta ortiqcha elektron qoladi?
Vakuumda bir-biridan r=30 sm masofada jolashtirilgan zaryadlarni biri ikkinchisidan 3 marta ortiq bo‘lib, o‘zaro 30 N kuch bilan ta’sir etadi. Zaryadlar miqdori topilsin.
Ikkita nuqtaviy zaryadlarni zaryad miqdori 4 martaga va oraliq masofasi 2 martaga kamaytirilsa, ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi qanchaga o‘zgaradi? Zaryadlardan birining miqdori 4 marta ortirilsa-chi?
Zaryadlardan biri 4 marta ortsa, zaryadlarni o‘zaro ta’sir kuchi o‘zgarmas qolishi uchun ular orasidagi masofani necha marta oshirish kerak?
Ikkita manfiy Q Kl va Q Kl zaryadlarning orasidagi masofa r=3 sm. Ulardan ma`lum uzoqlikda Q zaryad joylashtirilsa, zaryadlar muvozanatlashadi. Uchinchi zaryad va uning joylashga masofasi aniqlansin.
Kvadratning uchlariga 4 ta Q=10 Kl zaryad joylashtirilgan. Zaryadlar tizimi muvozanatda saqlanishi uchun kvadratning markaziga qanday nuqtaviy zaryad joylashtirish kerak?
T omonlari d=10 sm bo‘lgan kvadratning uchlariga 4 ta absolyut qiymatlari bir xil bo‘lgan Q=4∙10 Kl zaryad joylashtirilgan bo‘lib, ularning ikkitasi musbat, ikkitasi esa manfiy, lekin bir jinsli zaryadlar yonma-yon joylashgan. Kvadratning markazida joylashgan nuqtaviy Q Kl musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch topilsin.
4 ta bir xil qiymatli Q=4 nKl zaryad,tomonlari d=10 sm bo‘lgan kvadratning uchlariga joylashtirilgan. Shu zaryadlarning biriga qolgan 3 ta zaryadlarni ta’sir etuvchi kuchi topilsin.
Massalari m1=m2=m3=5 g bo‘lgan shar bitta ilgakka uzunliklari l=1 m bo‘lgan iplar bilan osilgan. Hamma sharga bir xil miqdorda Q zaryad berilgan, iplar orasidagi burchaklar =400 bo‘ldi. Sharlarga berilgan zaryad miqdori Q topilsin.
Kvadrat markazida Q=250 nKl zaryad joylashtirilgan. Kvadratning uchlariga qo`yilgan qanday bir xil zaryadlar tizimi muvozanatda bo‘la oladi?
Ikkita zaryadlangan bir xil kattalikdagi metall sharlar bir-biridan r=60 sm masofada turibdi. Ular orasidagi itarishish kuchi F=70 mkN. Sharlarni bir biriga tegizib, qaytadan o‘z o‘rniga qo‘yilganda ular orasidagi itarishish kuchi F=160 mkN ga yetgan. Sharlarning diametri D ular orasidagi masofa r dan juda kichik deb hisoblanib, sharlarni to‘qnashgunga qadar bo`lgan zaryadi q1va q2 lar topilsin.
Massalari m1= m2= 0.1 g bo‘lgan ikkita shar uzunligi =0.2 m iplar bilan bitta nuqtaga osilgan. Sharlardan birini chetga tortib, unga zaryad berildi. Sharlar to‘qnashgandan so‘ng ular bir-biridan qochib, iplar orasida burchak hosil bo‘lgan. Sharga berilgan Q zaryad topilsin.
Massasi 4 g va zaryadi Q1=278 nKl bo‘lgan shar havoda ipak ipga osilgan. Agar ga teskari ishorali Q2 zaryadini yaqinlashtirsak, ip vertikal holatdan burchakka og‘adi va Q1, Q2 lar orasidagi masofa R=6 sm ga teng bo‘ladi. Q2-zaryadi topilsin.
Ikkita bir xil shar bir xil uzunlikdagi iplarga osilgan. Ularga zaryad berilsa iplar orasidagi burchak bo‘lgan. Lekin biroz vaqtdan so‘ng iplar orasidagi burchak ga teng bolib qolgan. Sharlarga berilgan boshlang‘ich zaryad miqdorini qanday qismi sharda qolgan?
Berilgan zaryadlar q1=q va q2= -2q bir-biridan masofada joylashgan. masofani teng o‘rtasida q3=3q zaryad joylashtirilgan. Agar q=2∙10-8 Kl , =20 sm bo‘lsa, q1 va q2 zaryadlarning q3 zaryadga teng ta’sir etuvchi kuchi aniqlansin.
Ikkita bir xil uzunlikdagi iplarga osilgan va zaryadlari teng sharchalar zichligi =800 kg/m3 bo‘lgan suyuq dielektrikka tushirilgan. Sharchalar osilgan iplarning bir-biridan og‘ish burchaklari havoda va suyuqlikda teng bo‘lishi uchun sharchalarning zichliklari qanday bo‘lishi kerak? Muhitning dielektrik singdiruvchangligi =2.2 .
Radiuslari r1=r2va massalari m1=m2 bo‘lgan sharchalar shunday osib qo‘yilganki, ularning sirtlari bir-biriga tegib turibdi. Iplarning taranglik kuchlarini 0.098 N ga teng qilish uchun sharlarga qanday zaryad berish kerak? Ip osilgan nuqtadan sharchaning markazigacha bo‘lgan masofa =10 sm, sharcha massasi m=5∙10-3 kg.
O‘tkazgichdan yasalgan ikkita sharchalarning zaryadlari Q1=2∙10-9 va Q2= Kl. Ular tortishish tufayli bir-birlari bilan to‘qnashib, yana bir-biridan r=4 sm masofaga uzoqlashgan. Sharchalarda qolgan zaryad miqdori va ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi aniqlansin.
Massalari va o‘lchamlari bir xil bo‘lgan ikkita shar shunday osilganki, ularning sirtlari tegib turibdi. Ularga Q=5∙10-8 Kl zaryad berilgandan so‘ng, ular bir-biridan qochib, iplar orasidagi burchak 2 =600 ga teng bo‘ldi. Iplar osilgan nuqtadan sharlarning markazigacha bo‘lgan masofa =20 sm bo‘lsa, sharlarning massalari topilsin. Sharlarning diametri (D<< ) iplarning uzunligiga nisbatan juda kichik.
Ikkita musbat zaryad q va 4q bir-biridan r=60 sm masofada joylashgan. Ular orasidagi to‘g‘ri chiziqning qaysi nuqtasiga ishorasi va miqdori qanday bo‘lgan uchinchi zaryad joylashtirilganda zaryadlar orasidsagi muvozanat saqlanadi.
Zaryadlari Q1=1 mkKl va Q2=2 mkKl bo‘lgan zaryadlar orasidagi masofa r=10 sm. Birinchi zaryaddan r1=6 sm, ikkinchi zaryaddan r2=8sm masofadajoylashtirilgan Q3=0.1 mkKl zaryadga Q1 va Q2 lar qanday kuch bilan ta’sir etadilar?
Zaryadlari Q1=Q2 bo‘lgan sharlar uzunligi =l0 sm iplar bilan bir nuqtada osilganda, iplar bir-biridan burchakka og‘gan. Sharlar zichligi =800 kg/m3 bo‘lgan suyuqlikka tushirilganda burchak o‘zgarmagan. Sharlar yasalgan moddaning zichligi =1600 kg/m3. suyuqlikning dielektrik singdiruvchngligi topilsin.
Zaryadlari Q1=Q2=Q3=2 nKl ga teng nuqtaviy zaryadlar tomonlari =10 sm bo‘lgan teng tomonli uchburchakning uchlariga joylashtirilgan. Shu zaryadlardan biriga qolgan ikkita zaryqadlar ta’sir etuvchi kuchining kattaligi va yo‘nalishi topilsin.
Teng tomonli uchburchakning uchlariga uchta nuqtaviy zaryadlar Q1=Q2=Q3=1 nKl joylashtirilgan. Zaryadlar tizimini muvozanatda saqlash uchun uchburchakning markaziga qanday Q4 zaryad joylashtirish kerak?
Ingichka ipak ip T=9.8∙10-3 N taranglik kuchiga chidaydi. Unga osilgan massasi m=0.6 g sharcha Q1=1 nKl zaryadga ega. Uning tagidan osilish chizig‘i yo‘nalishi bo‘yicha zaryad miqdori Q2= -1.3 nKl bo‘lgan sharchani birinchi sharchaga qanday r masofaga yaqinlashtirsak ip uziladi?
Miqdorlari teng Q1=Q2=Q3=7 nKl zaryadlar teng tomonli uchburchakning uchlariga joylashtirilgan. Har bir zaryadga ta’sir etuvchi kuch F=0.01 N bo‘lsa uchburchakning tomonlari aniqlansin.
Absolyut qiymati Q=7 nKl nuqtaviy zaryad tomonlari a=20 sm bo‘lgan kvadratni uchlariga joylashtilgan. Ulardan ikkitasi musbat, ikkitasi manfiy ishorali. Kvadratning markaziga joylashtirilgan Q=7 nKl zaryadga ta’sir etuvchi kuch topilsin.
Ikkita kichik sharchalar musbat zaryadlangan. Zaryadlarning umumiy miqdori Q=5∙10-5 Kl. Ular orasidagi masofa r= 2 m bo‘lganda ularning o‘zaro ta’sir kuchi F=1 N ga teng bo‘lsa, zaryadlar sharchalarda qanday taqsimlanadi?
Massasi m=9.8 g bo‘lgan sharchaga Q=1mkKl zaryad berildi. Shu sharchaning tagiga xuddi shunday massa va zaryadga ega bo`lgan ikkinchi sharcha yaqinlashtirilganda, ipga ta’sir etuvchi taranglik kuchi T to‘rt marta kamaygan. Sharchalar bir-biriga qanchalik r masofaga yaqinlashtirilgan?
Massasi m va zaryadi Q bo‘lgan sharcha uzunligi ipga osilgan. U xuddi shunday boshqa qo‘zg‘almas sharcha atrofida aylanma harakat qilsa, aylanayotgan sharchaning ipi vertikaldan -burchakka og`gan. Sharchaning burchakli tezligi va ipning taranglik kuchi topilsin.
M assasi m=150 mg bo‘lgan sharcha dielektrikdan yasalgan ipga osilgan va Q= -10-2 Kl zaryadga ega. Uning tagidan r=32 sm masofaga yaqinlashtirilgan sharchani zaryad miqdori va ishorasi qanday bo‘lganda, ipning taranglik kuchi ikki marta ortadi.
Massasi m=588 mg bo‘lgan zaryadlangan sharcha ipak iplarga osilgan (4-rasm), iplar sharcha osilgan nuqtada hosil qilayotgan burchak ga teng. Shu sharchadan vertikal yo‘nalish bo‘yicha pastdan r=4.2 sm masofagacha massasi va zaryadi birinchi sharchanikidek bo‘lgan ikkinchi sharchani yaqinlashtirsak iplarning taranglik kuchlari ikki marta ortgan, sharchalarning o‘zaro ta’sir Kulon kuchini, zaryad miqdorini va ipning taranglik kuchini toping.
Ipga osilgan va Q1=7 nKl zaryadga ega bo‘lgan sharcha tagiga hajmi V=9 mm3 , zichligi =7.8∙103 kg/m3 va zaryadi Q2= -2.1 nKl ga teng bo‘lgan po‘lat zarrachani qanchalik masofada joylashtirsak, ular orasida muvozanat saqlanadi?
r=2.4 sm masofada joylashgan va zaryadlari Q1=25 nKl va Q2= -25 nKl bo‘lgan zaryadlar ularning har biridan r=15 sm masofada joylashgan Q3=2 nKl zaryadga qanday kuch bilan ta’sir etadilar?
Cheksiz yupqa devorli silindrda zaryad sirt zichligi =10-4 Kl/m2 bilan tekis taqsimlangan, silindrni diametri d=10 sm. Silindr sirtidan 5 sm masofada joylashgan nuqtada elektr maydon kuchlanganligi E aniqlansin.
Sirt zichligi =10-6 Kl/m2 zaryad bilan tekis zaryadlangan va radiusi R=1 sm bo‘lgan sferadan r=9 sm masofada joylashgan nuqtada maydon kuchlanganligi E va potensiali topilsin.
Zaryadlangan juda uzun sim o‘zidan r=5 sm masofada yaratgan maydon kuchlanganligi E=1.2 V/sm ga teng. Simning chiziqli zaryad zichligi topilsin.
Ikkita cheksiz o‘lchamga ega bo‘lgan va zaryadlarning sirt zichligi =2 mkKl/m2 bo‘lgan plastinkalarning bir-birini yuza birligiga to‘g‘ri keladigan itarish kuchi topilsin.
Bir xil ishorali zaryad bilan zaryadlangan va bir-biriga perpendikulyar ravishda joylashgan chegaralanmagan tekisliklarni elektr maydoni kuchlanganligi qanday bo‘ladi? Tekisliklar zaryadining sirt zichligi - va -2 .
Zaryadlarning chiziqli zichliklari 1=0.1 mkKl/m va 2=0.2 mkKl/m ga teng bo‘lib, o‘zaro har bir metrga mos kelgan F=3.6 mN kuch bilan ta’sirlashib turgan cheksiz uzun iplarning oraliq masofasi r qanchaga teng?
Har biri yuza birligiga mos keluvchi F=2 mkN kuch bilan o‘zaro ta’sirlashib turgan va tekis zaryadlangan cheksiz katta, o‘zaro parallel tekisliklarning zaryadlarini sirt zichligi topilsin.
Tekis zaryadlangan cheksiz katta tekislik zaryadining sirt zichligi =9 mkKl/m2 tekislik tepasida zaryadi Q=3.68 ∙ 10-7 Kl ga teng bo‘lgan alyumin sharcha joylashgan. Sharcha tekislikka tushib ketmasligi uchun uning radiusi r qanday bo‘lisi kerak? Alyuminning zichligi =2.7∙103 kg/m3.
Zaryadning sirt zichligi =4 mkKl/m2 bo‘lgan tekislikka parallel ravishda, zaryadning chiziqli =100 nKl/m bo‘lgan cheksiz uzun ip joylashgan. Tekislik tomonidan ipning uzunlik birligiga ta’sir etivchi kuch topilsin.
Zaryadlari =90 nKl va oralig‘i (yelkasi) =1sm bo‘lgan dipol kerosin ichida joylashgan. Dipol o‘qining o‘rtasida elektr maydon kuchlanganligi topilsin.
Uzunligi =150 sm va Q1=2∙10-7 Kl zaryad miqdori tekis taqsimlangan to‘g‘ri simdan r=4 mm masofada zaryadi Q2=-2∙10-16 Kl bo‘lgan zarracha joylashgan. Shu zarrachaga ta’sir etuvchi kuch F topilsin.
Radiusi r=10-3 mm bo‘lgan zaryadlangan yog‘ tomchisi maydon kuchlanganligi E=7.85 kV/m ga teng bo‘lgan elektr maydonida muvozanatda turibdi. Yog‘ning zichligi =900 kg/m3. Yog‘ tomchisi zaryadi topilsin.
Bir-biridan r=20 mm masofada turgan va zaryadlarning zichligi =3∙10-5 Kl/m bo‘lgan cheksiz uzun parallel iplarning har bir uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zaro ta’siri topilsin.
Zaryadlari miqdori Q1=8 nKl va Q2=-5.3 nKl bo‘lgan ikkita zaryadlar bir-biridan r=40 sm masofada joylashgan. Zaryadlar orasidagi masofani teng o‘rtasida elektr maydon kuchlanganligi E1 topilsin. Agar ikkinchi zaryad Q2 ning ishorasi musbat bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi E2 topilsin.
Bir xil ishorali zaryad bilan zaryadlangan va yuza bo‘ylab zaryad tekis taqsimlangan ikkita cheksiz parallel plastinkalarning sirt zaryad zichligi 1 nKl/m2 ga teng. Elektr maydon kuchlanganligi topilsin: 1) plstinkalar orasida; 2) plastinkalar tashqarisida.
Ikkita doira shaklida va yuzasi S=100 sm2 bo‘lgan plastinkalar bir-biriga parallel joylashgan. Plastinkalar birini zaryadi Q1=100 nKl, ikkinchisiniki Q2=-100 nKl. Ular orasidagi masofa r=2 sm. Plastinkalarning o‘zaro tortishuv kuchi topilsin.
Nuqtaviy Q=1 mkKl zaryad cheksiz katta (zaryadi tekis taqsimlangan) plastinkaning markazidan ma’lum masofada joylashgan. Plastinka nuqtaviy zaryadga F=60 mN kuch bilan ta’sir etadi. Plastinkaning sirt zaryad zichligi topilsin.
Sirti tekis zaryadlangan metall plastinka zaryadining sirt zichligi =10 nKl/m2 . Plastinkaning unga yaqin joylashgan va zaryadi Q=100 nKl ga teng bo‘lgan nuqtaviy zaryadga tasir etuvchi kuchi topilsin.
Yassi kondensatorning plastinkalari orasida nuqtaviy Q=30 nKl zaryad joylashgan. Unga kondensatorning elektr maydoni F=10 mN kuch bilan ta’sir etadi. Kondensator plastoinkalarining o‘zaro tortishuv kuchi F2 topilsin. Plastinka yuzasi S=100 sm2.
Berilgan to‘rtburchakning tomonlari r=6 sm va a=8 sm. a tomoni uchlariga Q1=3 nKl va Q2=-3 nKl zaryadlar joylashgan. Q=1 nKl zaryadni A nuqtadan B nuqtaga ko‘chirishda bajarilgan ish topilsin.
R adiusi r=2 sm va zaryadi Q=18 nKl bo‘lgan sharcha havoda turibdi. Potensiallari bir-biridan =15 V ga farq qiluvchi ekvipotensial sirtlarining radiuslari topilsin.