Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə95/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

Nurlanish miqdori


Zararlanish belgilari

50 R

Zaralanish belgisi yo’q

100 R

Ko’p marta nurlansa (10-30 kun), 10% odamlarda qusish, darmonsizlanish belgisi paydo bo’ladi

200 R

Nurlanish kuchaysa I-turdagi nurlanish kuzatiladi

300 R

II-turdagi nurlanish kuzatiladi



Dozimetrik asboblar (dozimetrlar) deb, ionlovchi nurlanishlar dozasini o`lchash yoki dozalar bilan bog`langan kattaliklarni o`lchash asboblariga aytiladi.
Konstruktsion jihatdan dozimetrlar yadrodagi nurlanish detektori va o`lchov qurilmasidan iborat bo`ladi. Odatda ular doza yoki doza quvvati birliklarida darajalangan bo`ladi. Ba`zi hollarda berilgan qiymatdan ortiq doza quvvatini signalizatsiyalash ko`zda tutiladi.
Ishlatiladigan detektori turiga qarab dozimetrlarni ionizatsion, lyuminestsent, yarim o`tkazgichli, fotodozimetrlar va boshqa turlarga ajratadilar.
Dozimetrlar birorta ma`lum nurlanish turining dozalarini o`lchashga yoki aralash nurlanpshni qayd еtishga moslashtirilib yasalgan bo`lishi mumkin.
Rentgen va -nurlanishning еkspozitsion dozasini (quvvatini) o`lchashga mo`ljallangan dozimetrlarga rentgenometrlar deyiladi.
Ularda detektor sifatida odatda ionizatsion kamera qo`llaniladi. Kamera zanjiridan o`tuvchi zaryad еkspozptsion dozaga, tok еsa uning quvvatiga proportsionaldir. 33.2-rasmda asbobdan alohida ajratib chiqarilgan sferik ionizatsion kamerasi bo`lgan MRM-2 mikrorentgenometr ko`rsatilgan.
Ionizatsion kameradagi gazning tarkibi, shuningdek, ularni tashkil qilgan devorlarning moddasini biologik to`qimalarda еnergiya yutiladigan sharoitlar vujudga keladigandek qilib tanlaydilar.
33.3-rasmda individual dozimetrlar komplekti DK-0,2 umumiy o`lchagich qurilmasi bilan birgalikda ko`rsatilgan. Har bir individual dozimetr oldindan zaryadlanadigan mitti silindrik ionizatsion kameradan tashkil topgan. Ionlanish natijasida kamera razryadlanadi. Bu kamera ichiga montaj kilingan еlektrometrda qayd qilinadi. Uning ko`rsatishlari ionlovchi nurlanishning еkspozntsion dozasiga bog`liq.
Detektorlari gaz razryad schetchiklaridan iborat bo`lgan dozimetrlar ham mavjud.
Radioaktiv izotoplar aktivligini yoki kontsentratsiyasini o`lchash uchun radiometrlar qo`llaniladi.
Barcha dozimetrlarning umumiy sxemasi 21. 1-rasmdagiga o`xshash bo`ladi. Datchik (o`lchagich preobrazovatel’) rolini yadroviy nurlanishlar detektori bajaradi. Chiqish qurilmalari sifatida strelkali asboblar, o`zi yozgichlar, еlektromexanikaviy schyotchiklar, tovush va yorug`lik signalizagorlari va boshqalar ishlatilishi mumkin.
a) b) c)

8.2-rasm. Dozimetrik asboblar. MRM-2 mikrorentgenometr (a), individual dozimetrlar komplekti DK-0,2 (b) va Terra dozimetri (c)


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin