Bilim sohasi


PЕT ni quyidagi hollarda qo`llash mumkin



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə98/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

PЕT ni quyidagi hollarda qo`llash mumkin:
  • Ko`krak qafasi


  • Jigar

  • O`pka

  • Qalqonsimon bez


  • Bosh miya


  • To`g`ri ichak


  • Yurak



Angiografiya–qon tomirlarini kontrastrentgenologik tekshiruv usulidir. Rentgenografiyada, rentgenoskopiyada, kompyuter tomografiada va gibrid operatsiyalarda qo`llaniladi. Angiografiya tomirlarni funktsional holatlarini, qon oqishini va patalogik holatlarni o`rganadi.

8.5-rasm. Zamonaviy angiograf va unda olingan bosh miya qon tomirini ko’rinishi

8.9-§. RENTGEN NURLARI



Rentgen nurlarining qattiq jismlardan, masalan, odam muskullaridan ham o’ta olishi, ularning tibboyotdagi benazir dastyorga aylanishlariga sababchi bo’ldi. Rentgen nurlari shifokorlarga bemor organizmida nimalar sodir bo’layotganligini aniqlashga yordam beradi.
Rentgen nurlari 1895 yilda olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan kashf etilgan edi. Bu nurlar ham, ko’zga ko’rinadigannurlar, gamma-nurlanishlari, radioto’lqinlar, mikroto’lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar singari, elektromagnit spektrining bir turi hisoblanadi. Rentgen nurining kashf etilishiga tasodif sababchi bo’lgan.
K onrad Rentgen katod nurlari taratuvchi elektron-nur trubkasi bilan tajribalar olib borar edi. Bir safar, trubka zich va qop-qora qalin qog’ozli g’ilof bilan berkitilgan holatda tasodifan elektrni ulab yubordi va yaqin orada joylashgan platinosianistik bariyning kristallari yashil rangda rovlana boshlaganini payqab qoldi. Rentgen trubkani o’chirishi bilanoq, tovlanish to’xtadi. Qaytadan yoqsa, kristallar yana yorishib, tovlana boshladi. Tekshirishlarni davom ettrib, Rentgen avvalari ma’lum bo’lmagan nurlanish turi bilan to’qnash kelganini fahmladi. U katod nurlari, elektron-nur trubkaning ichida qandaydir to’siqqa duch kelayotgan bo’lsa kerak deb o’yladi.
Qayd etilgan yangicha turdagi nurlanishning intensiv oqimini olish uchun Rentgen, katod nurlanishlari elektron nur trubkasining konstruktsiyasiga o’zgartirishlar kiritdi. Shu tufayli, bunday yangicha trubka Rentgen trubkasi deb nomlanish oldi. Yangi nurlarning g’aroyib xususiyatlari ko’zga tashlanar edi: ular shaffof bo’lmagan to’siqlar (masalan o’sha qalin qora qog’ozli g’ilofdan) erkinlik bilan o’tib keta olardi, biroq qo’rg’oshinplastinkalardan o’ta olamsdi.
Tajribalarning birida Rentgen hayratlanarli natijani qayd etdi. U odatiy yorug’lik nurlari yordamida olinadigan fotokadrning yangi nurlar bilan ham olish imkoniyati mavjudmi yo’qmi, tekshirib ko’rmoqchi bo’ldi va fotoplastinka ustiga turmush o’rtog’ining qo’lini qo’yib ko’rishini iltomos qildi. Rentgenlar oilasining jiddiy hayratiga sabab bo’lib, fotoplastinkada kaft va barmoqlarning emas, balki kaft va barmoq suyaklarining tasviri paydo bo’ldi. Barmoqlarning biridagi nikoh uzugi ham shundoqqina ko’zga tashlanib turardi.
Rentgenning o’zi bu nurlarni X-nurlar deb atadi. Keyinroq ularni Rentgen nurlari deb atay boshlashdi. 1898 yilda rentgen nurlarini birinchi marotaba tibbiy maqsadlarda foydalanishga kirishildi. Harakatdagi Britaniya armiyasi uchun maxsus Rentgen trubkasi bilan jihozlangan tashxis apparati loyihalandi va jarohatlangan askarlarni tekshirish uchun harbiy poligonlarda keng qo’llanila boshlandi.
1901 yilda Vilgelm Konrad Rentgen o’z kashfiyoti uchun Fizika sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu fizika sohasi uchun ta’sis etilgan birinchi Nobel mukofoti edi.
Lekin, rengen nurlaridan foydalanishning salbiy taraflari ham mavjud: Ular odam organizmiga tushgach, to’qimalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va saraton kasalliklarini kelib chiqishiga sababchi bo’lishi xavfi mavjud. Shu sababli, organizmning rentgen tekshiruvlari oraliq masofasini saqlash shifokorlarlar tomonidan doimiy va jiddiy nazorat qilinadi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin