19. “Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” ertagida kuchukchada kuchuklar shohining qiziga uylanish fikri nima bilan suhbatdan so`ng tug`iladi?
20. Qaltis paytda “It bor joyda xonadon, juda bo`lmasa, odam bo`ladi”, - deya xulosaga kelgan obraz kim?
21. “Bir koshona sirlari” asarining janri nima?
22. “Shum bola” qissasida Qoravoy do`sti Omon bilan tunda temiryo`l yoqalab birga qo`y haydab ketayotganda nimaning qadri g`oyat bilinadi?
23. “Do`nan” hikoyasida ertalab oti uyda yo`qligini bilgan Baxshilla birinchi bo`lib kimni oldiga borib, oti haqida surishtiradi?
24. O‘z shogirdin o‘g‘il deya topar tasalli.Berilgan ushbu gapdagi nechta qo‘shimcha so‘z shakldoshiga ega?
25. Nutqqa tayyor holda olib kirilishi bilan so`z birikmalaridan farqlanuvchi til birligi nima?
BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARINING 6-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST
II VARIANT
1. Tarkibida to`rtta yasama so`z qo`llangan gapni toping.
A) Ayol va ijod tushunchalari ayol va bahor kabi bir-biriga yaqin, uyg`un.
B) Hamdardlik – bir odamning qayg`u-hasratlariga achinib, o`zida ham qayg`u hosil qilishidir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi.
C) Haqiqat tikanli gulga o`xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
D) U, ohaktosh bilan tomatdan bo`shagan banka, keyin picha kirsovun bor, deb javob beradi.
2. Sonlar nimalarning miqdori va tartibini bildiradi.
A) narsa-predmet va son-sanoqning
B) harakat va holat, narsa va belgi-xususiyatlarning
C) belgi-xususiyat va rang-tusning
D) ish-harakat va son-sanoqning
3. Quyidagi qoidalarning qaysi biri to`g`ri?
A) mavhum otlar kuchaytirish ma’nosini berish uchun ko`plik shaklida bo`lishi talab etiladi.
B) zamon qo`shimchalari ham yetakchi, ham ko`makchi fe’lga qo`shiladi.
C) sarflattirmoq fe’lida bitta nisbat belgisi bor.
D) ma’lum bir geografik hududga atab qo`yilgan nomlar o`rin-joy otlari hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: |