12. “Kechir, yurtim” she’rida lirik qahramon kimni yoki nimani o`ziga do`st ataydi?
A) yurtini B) Andre Timmermansni C) pistoletni D) she’rlarini
13. Quyidagi qaysi asarlarda do`stiga xiyonat qilish holatlari uchraydi?
A) “Qoplon”, “Ishonma” B) “Zarbulmasal”, “Kechir, yurtim”
C) “Mahbub ul-qulub”, “Muzqaymoq” D) “Hellados”, “Do`nan”
14.Yordamchi so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Avval, negaki, va B) so`ng, hamda, chunki
C) biroz, tomon, -yu D) –u, bo`ylab, keyin
15.Ko`makchilar qaysi so`z turkumini boshqa so`zlarga tobelantirib bog`laydi.
Ot B) ravish C) sifat D) fe’l
16.Juft so`zlarni bog`lashda qaysi yuklamalar ishtirok etishi mumkin?
A) –u, va B) –yu, -ku C) –u, -yu D) -ki, -chi
17.Harflar tovushlardan ko`p bo`lgan so`zni aniqlang.
A) Indinga B) so`nggi C) chorshanba D) diltortar
18.Lab tovushlari ishtirok etgan so`zlarni aniqlang.
A) sabo, ip, menmi, afsus B) tosh, alla, zavod,sen C) ko`r, savat, qozon D) kalla, yaramas, farog`at, poshna, vatan
19. “Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” ertagida kuchukchada kuchuklar shohining qiziga uylanish fikri nima bilan suhbatdan so`ng tug`iladi?
20. Qaltis paytda “It bor joyda xonadon, juda bo`lmasa, odam bo`ladi”, - deya xulosaga kelgan obraz kim?
21. “Bir koshona sirlari” asarining janri nima?
22. “Shum bola” qissasida Qoravoy do`sti Omon bilan tunda temiryo`l yoqalab birga qo`y haydab ketayotganda nimaning qadri g`oyat bilinadi?
23. kelarkan so`zida –kan qanday qo`shimcha?
24. Gapir so`zidagi qo`shimcha vazifasiga ko`ra qo`shimchalarning qaysi turiga mansub va bu qo`shimcha qaysi nisbat qo`shimchasi bilan shakldoshlik hosil qiladi?
25. Ko`makchi fe`lli so`z shaklida nisbat shakllari qay tarzda qo`shiladi?
BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARINING 6-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST
Dostları ilə paylaş: |