11. A.Qodiriyning “Uloqda” hikoyasida qanday g’oya ilgari sutilgan?
A) Orzuinga ishosang u amalga oshadi
B) Havfli o’yinlar fojia keltiradi
C) Quvonch va g’am birga yurishi
D) O’yinga berilmaslik
12. “Kechir, yurtim” she’rida lirik qahramon kimni yoki nimani o`ziga do`st ataydi?
A) yurtini B) Andre Timmermansni C) pistoletni D) she’rlarini
13. Quyidagi qaysi asarlarda do`stiga xiyonat qilish holatlari uchraydi?
A) “Qoplon”, “Ishonma” B) “Zarbulmasal”, “Kechir, yurtim”
C) “Mahbub ul-qulub”, “Muzqaymoq” D) “Hellados”, “Do`nan”
14.Yordamchi so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Avval, negaki, va B) so`ng, hamda, chunki
C) biroz, tomon, -yu D) –u, bo`ylab, keyin
15.Ko`makchilar qaysi so`z turkumini boshqa so`zlarga tobelantirib bog`laydi.
Ot B) ravish C) sifat D) fe’l
16.Juft so`zlarni bog`lashda qaysi yuklamalar ishtirok etishi mumkin?
A) –u, va B) –yu, -ku C) –u, -yu D) -ki, -chi
17.Harflar tovushlardan ko`p bo`lgan so`zni aniqlang.
A) Indinga B) so`nggi C) chorshanba D) diltortar
18.Lab tovushlari ishtirok etgan so`zlarni aniqlang.
A) sabo, ip, menmi, afsus B) tosh, alla, zavod,sen C) ko`r, savat, qozon D) kalla, yaramas, farog`at, poshna, vatan
19. Janni Rodarining “Qutbdagi gunafsha” ertagida gunafshani ko`rish uchun Sibirdan qaysi jonivor yetib keladi?
20. “Tanasidan qon oldigan bemor” iborasi kimga tegishli?
21. “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasida Shoikrom qulupnayga sut almashishini kimdan bilib oladi?
22. “Tanobchilar” satirik hikoyasida Sulton Ali Xo`ja xolasini kim deb tanishtiradi?
23. “Do`nan” hikoyasida ertalab oti uyda yo`qligini bilgan Baxshilla birinchi bo`lib kimni oldiga borib, oti haqida surishtiradi?
24. O‘z shogirdin o‘g‘il deya topar tasalli. Berilgan ushbu gapdagi nechta qo‘shimcha so‘z shakldoshiga ega?
Dostları ilə paylaş: |