8. Quyidagilarning qaysi biri to`g`ri?
A) –dir yuklamasi urg`u olmaydi. B) –dir III shaxs qo`shimchasi urg`u olmaydi.
C) –dir kishilik olmoshiga qo`shilganda kesim inkor ma’nosini beradi.
D) –dir yuklamasi qo`llangan gap kesimi inkor shaklda bo`ladi?
9. Tarixiy shaxs nomlari bilan atalgan trilogiyaning nomi berilgan javobni toping?
A) “Abay” B) “Ufq” C) “Ulug` saltanat” D) “Mironshoh”
10. Shaxs va sonda o`zgarish qiladigan qo`shimchalar ismlarga qo`shilganda qanday hodisa yuz beradi?
A) tuslanish yuz beradi. B) otlashish hodisasi yo`qoladi.
C) turlanish yuz beradi. D) hech qanday hodisa yuz bermaydi.
11. Qanday qonuniyatga amal qilsa ko’makchi ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil qiladi?
A) ko`makchi bilan birga kelgan mustaqil so`zning oxirgi bo`g`iniga urg`u tushsa.
B) ko`makchi bilan birga kelgan mustaqil so`zning birinchi bo`g`iniga urg`u tushsa.
C) ko`makchi bilan birga kelgan yordamchi so`zning oxirgi bo`g`iniga urg`u tushsa.
D) bilan, uchun ko`makchilari –la, -chun tarzida qo`llansa.
12. Yuklamaning qaysi ma’no turlari ham so`z, ham qo`shimcha holida uchraydi?
1. So`roq-taajjub 2. Kuchaytiruv-ta’kid 3. Ayiruv-chegaralov
4. O`xshatish-qiyoslash 5. Gumon 6. Inkor
A) 1,2,3,4,5,6 B) faqat 2 C) 3,4,6 D) 2,3
13. Takror qo`llaniladigan yuklama turi bormi? Bor bo`lsa qaysi yuklamalar?
A) bor, ular: -gina, -kina, -qina. B) bor, inkor yuklamasi.
C) bor, ular: -a, -ya, -u, -yu D) bor, na…na bog`lovchisi
14. Quyida berilgan qaysi yuklamalar uchta mustaqil so`z turkumi doirasida shakldoshlik hosil qiladi? 1. –a. 2. –gina. 3. –ku 4. -dir. 5. –oq. 6. –chi. 7. –da.
A) 1,2,4 B) 3,4,7 C) 5,6 D) 1,7
15. Qaysi gapda otlashgan sifat qo`llangan?
A) Har qalay o`zi tug`ilib o`sgan qishloq. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko`chalar, suvga cho`milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho`qqilar, yam-yashil o`tloqlar ko`ngilga taskin berar-ku!
B) Aqlli odam doim imkon izlaydi, Nodon esa doim bahona keltiradi.
C) Endi senlar o`qib, oq-qora narsalarni taninglar, - deydi Xolyor amaki. – Hozir dunyo ilmli odamlarniki.
D) U o`z qalbida kechayotgan tuyg`ularning nomini bilmas, shu daqiqadagi holatni o`rtoqlariga ham izohlab berolmas edi.
Dostları ilə paylaş: |