16. Sifatning hid bildiruvchi ma`no turi qaysi gapda qo`llangan?
A) Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar.
B) Mamat olachipor, yashil, tepalikdan pastlikka tomon yayov kelmoqda.
C) Yo`llarimda zangori ko`llar, oyna kabi tiniq va bejon.
D) Ko`z tashlab ko`rilsa, ko`m-ko`k suv ko`k charxiga o`xshaydi. Suvning etagi ko`k bilan birlashib ketgan.
17. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’lak va gaplarni bog’lash bilan birga, ular o’rtasidagi …
A) mazmuniy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.
B) grammatik munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.
C) tasdiq munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.
D) shakliy munosabatni ham ro’yobga chiqaradi.
18. Ozaytirma daraja sifati qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Bizning Shaxlo o`zi kichkina bo`lsa ham ancha ziyrak qiz.
B) Xira yorug` ichkariga to`kiladi, gugurtcho`p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko`zlarini bir zum yoritib, asta-asta pasayib o`chadi.
C) Tilimiz dag`alroq, lekin juda boy, rangli ohori to`kilmagan ertak, doston va qo`shiq ko`p.
D) Baxtiyorning shalpangquloq, jajji kuchukchasi bor edi.
19. Janni Rodarining “Qutbdagi gunafsha” ertagida gunafshani ko`rish uchun Sibirdan qaysi jonivor yetib keladi?
20. bilan ko`makchi-bog`lovchisi uyushiq gaplar orasida kelganda qanday mazmun kasb etadi?
21. –gina qo`shimchasi egalik qo`shimchalaridan oldin kelsa, … qo`shimchasi deb yuritiladi?
22. Takror holda qo`llanuvchi biriktiruv bog`lovchisi ishtirokida gap tuzing.
23. Odil Yoqubovning quyidagi qaysi asari Yozuvchilar uyushmasini boshqarib yurgan yillarida yozilgan va nashr etilgan?
24. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida so`ziga erk bergan odamni nima deb ataydi?
25. “Tanobchilar” satirik hikoyasida Sulton Ali Xo`ja xolasini kim deb tanishtiradi?
BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARINING 8-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN
TEST
Dostları ilə paylaş: |