2. Quyidagi gaplarning qaysi birida bog`lama ishtirok etgan? A) Siz kelajagimiz yuldizisiz, Yoshlar!
B) Charosning maktabda tahsil olishi mumkinmi?
C) Anvar bugun tong sahardayoq maktabga otlandi.
D) Kiyimini yirtib olgach, oyisi urishishidan xavotir bo`ldi.
3. Quyidagi gaplardagi –dir qo`shimchasini tavsiflang. 1. Kimdir eshikni taqillatdi. 2. Kimdir u? 3. Urug`ingdir, aymog`ingdir, biror og`zi maymog`ingdir.4. Sen kuldir! A) 1-2-gapda gumon olmoshi; 3-gapda gumon yuklamasi; 4-gapda nisbat qo`shimchasi.
B) 1-gapda gumon olmoshi; 2-,4-gapda otlarning kesimga xoslovchi qo`shimchasi; 3-gapda gumon yuklamasi;
C) 1-gapda gumonyuklamasi; 2-gapda otlarning kesimga xoslovchi qo`shimchasi; 3-gapda gumon olmoshi; 4-gapda nisbat qo`shimchasi.
D) 1-gapda gumon olmoshi; 2-gapda otlarning kesimga xoslovchi qo`shimchasi; 3-gapda gumon yuklamasi; 4-gapda nisbat qo`shimchasi.
4. “Muqimiy bayozi” deb nomlangan to`plam qaysi adibimiz tamonidan tuzilgan? A) O.Yoqubov B) Oybek C) G`afur G`ulom D) A.Qahhor
5. Jo`nalish kelishigi yo`nalish ma’nosida qo`llanganda uning o`rniga almashtirilishi mumkin bo`lgan so`z qo`llangan gapni toping? A) Ark suv quygandek jimjit edi.
B) To’g’ri so’z o’z egasini najot sari yetaklaydi.
C) Jonuzoq shahardan qaytgach, yayrab dam olish uchun dala hovlisi tomon ketdi.
D) Shunday yashar — sokin, bezavol, Pastakkina tandiri bilan, Katta uyda kichkina bir chol, Kichkina bir kampiri bilan.
6. Gapda I shaxs birlikdagi kishilikolmoshi o‘rnida qo`llanuvchi so`zlar kelganda kesim nechanchi shaxslarda kelishi mumkin? A) har doim I shaxsda B) ba’zan III, ba’zan I shaxsda
C) kesim mazmunan I shaxsni bildirsa ham, lekin III shaxs shaklida bo‘ladi.
D) har doim III shaxsda
7. –da yordamchisi o`rniga qaysi yordamchi so`zni ham qo`llash mumkin? A) bilan B) va C) ham D) har