KREATIVLIKNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………………..3 I bob KREATIVLIK TUSHUNCHASINING MAZMUN MOHIYATI…………………………………7 1.1.SHAXSDA KREATIVLIK SIFATLARI VA UNDAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO’LLARI ………………………………………………7
1.2.KREATIVLIKNING INSON HAYOTIGA BO’LGAN TA’SIRI VA SAMARASI………………………………..12
II. bob. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN METODIKALAR VA RIVOJLANTIRISH USULLARI ……………………………………………21 2.1. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA O’Z HISSASINI QO’SHGAN OLIMLAR VA ULARNING AMALGA OSHIRGAN ISHLARI……………………………21
2.2. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI METODIKALAR VA ULAR HAQIDA MA’LUMOT……………24
2.3. KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI METODIKALAR TAHLILI…………………………………. 36
Xulosa……………………………………………………………………………38 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………40 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Globallashuv sharoitida mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishni ifodalovchi ijtimoiy-pedagogik talab yangi
tamoyillar bilan boyitilgan holda takomillashuvga erishib bormoqda. Agarda mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish talabi pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyoti tarixining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy subyektning estetik hissiyotlarga boy bo‘lishiga erishish negizida qondirilgan. Kishilik munosabatlari tarixining keyingi davrlarida shaxs faoliyatining o‘ziga xos orginal, juz’iy g‘oyalarga ega bo‘lishiga erishish bilan tavsiflangan. Innovatsion ta’lim muhitining shakllanishi esa shaxs intellektini rivojlantirish inson kapitalidan samarali foydalanishning asosi ekanligini tasdiqlamoqda. Zero, inson kapitalidan samarali foydalanish jamiyat rivojiini ta’minlaydi. Shu sababli jahon miqyosida shaxs intellektini rivojlantirish, unda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirish ehtiyoji tobora dolzarblashmoqda.
Jahon ta’limi tajribasi zamonaviy jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotgan STEAM fanlari – aniq fanlar (science), texnologiya (technology), injiniring (engineering), dizayn (art), matematika (mathematicsning imkoniyatlariga tayangan holda kreativ shaxsni tarbiyalash, malakali mutaxassislarni tayyorlash jamiyatni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan jadal rivojlantirish istibolini kafolatlashini tasdiqladi. “STEM – forward” (“STEM – kelajakda”; Quddus, 2014 yil) nomli konferensiyada o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasi muloqot, kooperativ (o‘zaro hamkorlik), tanqidiy tafakkur, kreativlik mezonlarini bilan baholash maqsadga muvofiqligi e’tirof etib o‘tilgan. Qolaversa, 2021 yildan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘qish, matematiq tabiiy-ilmiy va kompyuter savodxonligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholash imkonini beradigan PISA (Programme for International Student Assessment; O‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur)ning kreativlik mezoni bilan boyitilayotganligi dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini ko‘rsatadi.
Hozir ta’lim tizimimizda o‘quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini rivojlantirishga alohida talablar qo‘yilmoqda. Mamlakatimizda ijod maktablari, prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlanayotgan asosiy maqsadlardan biri ham ijodkorlikni rivojlantirishdir. Shu talab va maqsadga mos ravishda psixologiya va pedagogika fanlarimizda ijodkorlikni rivojlantirish uslubiyati, texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi kerak edi. Lekin hozircha psixolog va pedagoglarimizning faoliyatlarida bu masalani tezroq va atroflicha tadqiq etishga intilish sezilmayapti. Ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha jahon psixologiya fanida mavjud xulosalarga ko‘z yugurtirsak, avvalo, ijodkorlik yana o‘sha ongostida shakllanishi va rivojlanishi ma’lum bo‘ladi. Ijod maktablarimizda ishlayotgan o‘qituvchi va murabbiylarda esa ongostining tuzilmasi va xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor berilmayapti. Bizning fikrimizcha, bunday holat bu vazifani bajara oladigan psixologlarning kamligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.