Kurs ishining maqsadi:Kreativlikni aniqlash va rivojlantirish
Kurs ishining vazifalari - kreativlik haqida nazariy ma’lumot
- kreativlik haqidagi olimlarning fikrlari;
- krerativlikni ta’lim jarayonida tutgan o’rni ;
- kreativlikni rivojlantirishda qo’llaniladigan metodikalar va ularning tahlili.
-xulosa va tavsiyalar berish.
Kurs ishining predmeti: kreativlikni aniqlash va rivojlantirish
Kurs ishining obyekti: Biz tajribalarimizni olib borish uchun Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining 2-3-kurs talabalarini tanladik.
Kurs ishini nazariy ahamiyati;
Jamiyatda kreativlik darajasini o’rganish
kreativlikni har bir inson hayotidagi o’rnini aniqlash
Kreativlikni rivojlantirish usullari
Kurs ishini amaliy ahamiyati:
Kreativlikni o’rganuvchi metodikalar haqida ma’lumot
kreativlikni o’rganuvchi metodikalarni guruhlarda amalga o’tkazish
metodikalarning natijalarini tahlil qilish hamda SPS dasturi orqali natijalarni xulosalash
Kurs ishining tuzulishi:mazkur kurs ishi 2ta bob, 5 ta paragrif xulosa, tavsiya,foydalanilgan adabiyotlar,foydalanilgan saytlardan iborat..
I bob. Kreativlik tushunchasining mazmuni mohiyati . Shaxsda kreativlik sifatlari va undan foydalanishning samarali yo’llari
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui”1 sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.). “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. Gʻarb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazilmutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar. Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” . Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim2. E.P.Torrens fikricha, “kreativlik”3 tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o‘zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik
Ijodkorlikning doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan bir hodisa bor. Bu ilhom degan hodisadir. Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda ilhom uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga yetgan bo‘lar edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u bilan ishlashimiz kerak bo‘ladi.
Psixologiyaning mamlakatimizda eng kam rivojlangan, endigina oyoqqa turib kelayotgan sohalaridan biri sport psixologiyasi hisoblanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport universitetida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu universitetning mazkur yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislarning nazariy tayyorligini bilmadim-u, lekin men bilganlarim amaliy jihatdan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlashga to‘la tayyor emas.