Kreativlikni aniqlash va rivojlantirish



Yüklə 109,65 Kb.
səhifə6/9
tarix06.06.2023
ölçüsü109,65 Kb.
#126006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KREATIVLIKNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH


Ta’lim olish kengligi. Ta’lim olish kengligining bazasi sifatida madaniyat
hisoblanadi. Uni esa shaxs modellashtiradi. Bazali madaniyatni ta’lim olish
kengligining kreativlilikginig rivojlanish samaradorligi belgilaydi.
Ta’lim olish kengligida kreativlilikni rivojlantirishning asosiy pragmatik
tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi.
Kreativlikning shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlari bilan bog‘liq jixatlari tahlil
etilgan. Kreativlik mazmunining muammolarini yechib berishga qaratilgan
kontseptual’ psixosemiotik yo‘nalish ochib berilgan. Shaxsning krieativligini
psixolog olimlar o‘quvchilarning insho yozishlari jarayonida tahlil etishga harakat
qilishgan. Bunday qo‘yidagi ishlar amalga oshirilgan.
Psixologiya fanida kreativlik aktning tuzilishi ishlab chiqilgan va bunda
kreativlikni tashkil etuvchi elementlar: transtsendentsiya va signifikatsiya sifatida
tahlil etilgan.
Trans tushunchasi ikkita ma’noda qo‘llaniladi:
1). Tibbiy tushuncha yo‘li, ongning mavxumlanishi, ongsizlik, o‘zini yo‘qotish.
2). Oraliq. Biron bir predmet yoki hodisalarning oralig‘idagi bog‘lanish.
Shunday ekan, kreativlik akt qo‘yidagilar bilan tavsiflanishi belgilangan:
- erkinlik va cheklanganlikning protsessual’ ambivalentliligi;
- madaniy jihatdan cheksizlik va cheklanganlikning transtsendental’ligi;
- real’ ob’ektlilik;
- belgilar sistemasining kontinual’li ma’nosi va diskretivligi.
KRЕATIVLIK
1. Nutq ob’ektivliligi jarayonida sub’ektiv sistematizatsiyalanadi
2. Kreativlik badiiy va oddiy nutq bilan tavsiflanadi.
3. Monologik va yozma nutq muallifning sub’ektivliligini bildiradi, maktab
inshosi – psixodiagnostik tahlilning ob’ekti hisoblanadi. Uning yordamida shaxsning
shaxsiy sifatlarini aniqlash mumkin.
4. Nutqdagi kreativlik erkinlik asosida amalga oshirilib, uning erkinligi til va
nutq qonuniyatlariga amal qilgan bo‘lsa da cheksizdir
5. Matnni tuzishda ongli va ongsiz jarayonlar amalga oshiriladi; Ongli –
ya’ni bunda matnning semantik o‘ziga xosligi, ikkinchi holatda esa – sintaksislik
(shaklni).
6. Matnda shaxs bir butun holatda namoyon bo‘ladi; matnning barcha
elementlari va uning arxitektonikasi muallifning shaxsiy o‘ziga xosligida
reprezentatsiyalanadi .
7. Sistemani tashil etuvchi shaxsning sifatlari shaxsiy ma’noga ega bo‘ladi.
8. Kreativlik til vositasida shaxsiy ma’no va mazmunni amalga oshirishni ifoda
etish jarayonida ko‘rinadi
Yuqoridagi ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, kreativlik
tushunasiga nisbatan bir-biriga zid bo‘lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1.Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2.Kreativlik – bu insonning o‘ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni
bajarish usulidir.
3.Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.
4.Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfyotlardir.
5.Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
6.Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy
adaptatsiyalanishidir.
7.Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kategoriyadir.
Shu bilan bir qatorda psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini
o‘rganuvchi alohida yo‘nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga kelgan.
Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod
jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni o‘rganishdan iborat.
Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning
diqqat e’tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llailmayotgan
bo‘lsa ham bu tushunchani ma’lum darajada pedagogik iste’molga kiritishga doir
harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. Pedagogika oid manbalarda kreativlik ijod bilan
bog‘liq holda o‘rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida
fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog‘liq holda tahlil
etiladi. Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog
olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o‘zining ilmiy ishlarida
kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang‘ich ta’limda
innovatsiya», «Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli
o‘quv qo‘llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to‘xtab o‘tgan.



Yüklə 109,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin