―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJ xo‘jalik yurituvchi subektda mahsulotni sotish subekt faoliyatining asosiy salmoqli ko‘rsatkichi hisoblanadi. Sotish jarayoni mahsulot (ish, xizmat)larni junatish va sotishga doir xo‘jalik muomalalarining yaxlitligi bilan bog‘liqdir.
Amaldgi qoidaga binoan 1- yanvar 1998 yilda qabul qilingan hisoblash usuliga muvofiq mahsulotlar (ish, xizmatlar) junatilgan sana yoki bankka to‘lov- hisoblashish hujjatlarini taqdim etgan kun sotuv amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. Lekin xalqaro standart bo‘yicha kassa usuli, yani sotilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haridorlardan mablag‘larning kelib tushishi sanasi ham tavsiya qilinadi.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun dastlab 11-jurnal orderda yil boshidan beri junatilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi muomalasi uning taqdim etilgan to‘lovnomalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar) bo‘yicha qiymatiga foiz nisbati belgilanadi. Olingan foiz bilan oy yakuni holatiga ko‘ra hali to‘lanmagan, lekin junatilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Buning uchun oy yakuni holatiga ko‘ra hali to‘lanmagan barcha to‘lovnomalarning sotuv qiymati ushbu foiz nisbatiga ko‘paytiriladi. Sotilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va haridorlarga junatish xarajatlarining haqiqiy tannarxiga ularni hisobot oyida junatish qiymati (qaytarilgan mahsulot so‘mmasi bunga kirmaydi) qo‘shiladi va undan oy oxiridagi qoldig‘i ayirib tashlanadi.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda mahsulot va tovarlarni sotish, ishlar bajarish , xizmatlar ko‘rsatishga doir axborotlarni umumlashtirish, shuningdek sotuv natijalarini aniqlash uchun schyotlar rejasida 9910- ―Yakuniy moliyaviy natijalar jamlama schyotida ko‘zda tutiladi.