Iqtisodiyotni moderinzatsiya qilish va devirsifikatsiyalash sharoyitida har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘ oldiga o‘z maqsadlaridan biri sifatida ishlab chiqarish tijorat faoliyatidan ko‘proq foyda olishni ko‘zlaydi. Har qanday iqtisodiyot rivojlanishi uchun daromad muhim o‘rin egallaydi. Daromad ishlab chiqarishga nisbatan hosila bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish darajasini aks ettirib boradi. Xo‘jalik yurituvchi subektlarida daromadlarining analetik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo‘yicha olib boriladi. Operatsion faoliyatdan olingan daromad tadbirkorlik subektining odatdagi faoliyati doirasida sodir bo‘ladi va turlicha nomlanadi, shu jumladansotishdan tushum, yig‘imlar, foizlar, dividentlar va royaltelardir. Daromadlar resurslarni naqadar samarali ishlatish darajasiga bog‘liq bo‘lsada daromadning o‘zi mazmunan iqtisodiy manfaatni bildiradi. Har bir tushunchaning nazariy asoslanishiga katta etibor qaratadigan g‘arb hisobida_daromadning mohiyatida uchta kontsepsiya yotadi: mahsulot kontsepsiysi, hisobdan chiqarish kontsepsiyasi,o‘sish kontsepsiyasi.14 Mahsulot kontsepsiyasi daromadni xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining natijasi sifatida qaraydi, boshqacha aytganda daromad –ma‘lum vaqt oralig‘ida mahsulot, tovar va xizmatlarni yaratilgan jarayondir, lekin bunday tarif daromadni tan olish vaqtini ham, uning miqdorini ham aniqlab bermaydi. Biroq, bu kontsepsiyadan muhim bir jihat kelib chiqadi, daromad ishlab topilmagunga qadar tan olinmaydi. Shunday qilib, ushbu kontsepsiya daromadlar tarkibida olingan
bunaklar (avanslar), qo‘shishni man etadi.
Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi ishlab chiqarilgan Tovar yoki xizmatlarga berilishiga asoslanadi. Daromadlarni tan olishni tadqiq qilishda, ya‘ni realizatsiya qilish vaqti deb, qachon yangi qiymat (tushum) tannarxni o‘zgartirsa, quydagi uchta variant kelib chiqadi:
-yoki pul mablag‘larining olinishi, yani oldindan to‘lash;
-yoki mahsulotlarni ortib junatilishi;
-yoki mahsulotlarni omborga topshirilishi.
Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi mahsulot va xizmatlarga egalik qilish huquqi xaridorga o‘tmas ekan – daromad tan olmaslikni tamnlaydi. Biroq, bu kontsepsiyaning kamchiligi maxsulot yoki xizmatlarni yitkazib bergunga qadar tan olinish man qilinadi.
O‘sish kontsepsiyasi mahsulot yoki xizmatlarni yitkazib berish natijasida aktivlarning oqimi yoki majburiyatlarning kamayishi (yoki ularning kambinatsiyasi)ni daromad deb tan oladi. Bu kontsepsiyaning kamchiligi mavjud, bunda daromadni baholash va vaqt bilan bog‘liqligi aralashib ketadi. Italiyalik buxgalter Djino Dzappa (1879-1960) ―… korxona daromadlari ayon xarajatlar esa shubhali deb etirof etgan. Firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog‘liq deb hisoblagan. Xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy manfaati daromadda mujassamlanadi. V.M. Raimova va I.A. Fedatova ushbu tushunchani quydagicha tahlil etadilar:-― Korxonadadaromadlarning xarajatlardan barqaror ustunligining o‘ziga xos ko‘zgusi moliyaviy barqarorlikdir. U moliyaviy resurslarning shunday holatini aks ettiradiki, bunda korxona pul mablag‘larinibemalol va oqilona ishlatib, ulardan samarali foydalansh yo‘li bilan ishlab chiqarish va maxsulotni sotish uzluksizligini taminlay oladi. Korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligi esa pul mablag‘larining shunday harakatiki, u birinchi galda daromadlarning kelib tushishi ularni sarflashdan doimo ustun bo‘lishini taminlashi lozim. Shuningdek, uni kengaytirish va yangilash xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor, mahsulot (ish, xizmatlar)ni sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, xo‘jalik mexanizimini va faoliyatning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish mexanizimini
takomillashtirish uchun kundalik ichki xo‘jalik nazoratini hamda alohida jarayonlarning ekspertezasini olib boorish talab etiladi.
Daromad tushunchasi haqida respublikamizning bir qator professor olimlari o‘z fikir va muloxazalarini etirof etgan masalan:
A.A. KArimov ―Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarni qatnashchlarning kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir- deb ta‘rif berib o‘tgan.
A.K. Ibragimov era daromadlar mazmunini quydagicha izohlagan: ―daromad korxona aktivlaridan foydalanish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga vkorxonaga kelib tushgan tushumdir. Daromadlar korxonada ushbu jarayonlar bilan bog‘liq malum turdagi xarajatlarni vujudga keltiradi18 diya takidlab o‘tganlar.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari hisobini yuritishda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi BHMS №2-sonli ―asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar bilan tartibga solinadi. Milliy standartga asosan : asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyati daromadi vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi.
Demak asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir.
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan uning schyotiga kelib tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib olinadigan, xo‘jalik yurituvchi subektga kelib tushadigan va xususiy kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar so‘mmasi asosiy xo‘jalik
faoliyati daromadiga kiritilmaydi.
Tovarlarni realizatsiya qilishdan va xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromad subektlar o‘rtasida shartnomada ko‘zda tutilgan sotish narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib chiqadigan daromad so‘mmasi olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari so‘mmasidan subektga o‘tib beriladigan savdo chegirmalari so‘mmasi yoki narxlarni tushirish xajmini hisobga olgan holda qiymat bo‘yicha o‘lchanadi. Biroq agar pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlarining tushumi kechiktiriladigan bo‘lsa, bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf qiymati olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan qiymat pul mablag‘larining nominal miqdoridan kam bo‘lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘da to‘langan mablag‘ning joriy narxdagi qiymati muqobillashgan foiz stavkasini qo‘llagan holda hisoblagan kelgusidagi barcha tushumlarni diskontlash yo‘li bilan aniqlanadi. Sotish qiymati va olinadigan qoplama (kompensatsiya)ning nominal qiymati o‘rtasidagi farq so‘mmasi №2 BHMSning 20 va 21 – bandlariga muvofiq foiz ko‘rinishidagi daromad sifatida tan olinadi.
Tayyor mahsulotlar, olingan daromadlar, shuningdek, sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlar 9000 ―asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.19 9010, 9020, va 9030- schyotlar transit schyotlar hisoblanadi, ko‘payishi kridetida, kamayishi debitida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030 – schyotlar so‘mmasini korrekterovka qilib turadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladilar (9010, 9020, 9030, 9040, 9050) schyotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulot (Tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgqan daromadni hisobga olishda daromadni tan olish vaqtini aniqlash asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan daromad xo‘jalik subektiga kelgusida iqtisodiy manfaat kelish imkoniyati mavjud vaqtda aks etadi, shu bilan birga ushbu
manfaat ishonchli va aniq o‘lchanadigan bo‘lishi lozim.
Operatsion faoliyatdan olingan daromatlarni 3 ta tarmoqqa bo‘lish mumkin ularning har birini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bor ular quydagilar:
Tovarlar sotish tarmog‘i;
Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) trmog‘i;
Boshqa daromadlar tarmog‘i.
Tovarlarni sotish tarmog‘ida 2-son BHMSga muvofiq quydagi shartlarni bajargan holda tovarlarni sotshdan olingan daromad sifatida tan olinadi: