Ijtimoiy va individual ong o‘rtasidagi o‘xshashlik;
bir tomondan, har ikkalasining ham ijtimoiy voqyelikni aks ettirishida ko‘rinadi.
ikkinchi tomondan, ijtimoiy ong voqyelikni individ ongi orqali aks ettiradi.
Chunki, ijtimoiy voqyelikda yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo, alohida kishilar ongida o‘z aksini topadi va undan so‘nggina ijtimoiy ongda gavdalanadi.
Ijtimoiy ong strukturasi -Voqyelikni aks ettirish darajasiga ko‘ra ijtimoiy ong:
Odatiy va
Nazariy ongga bo‘linadi.
Odatiy ong - xayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo‘lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqyealarni aks ettiradi.
Nazariy ong - deganda ilmiy nazariyotchilar, olimlar tomonidan ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ongdan farqli o‘laroq nazariy ong o‘zgaruvchan xarakterga ega. Odatiy ongda - voqyealarning tashqi tomonini ifodalansa, nazariy ong - voqyealarning mohiyatni, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham nazariy ong odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida hosil qilingan bilimlarni saralashga yordam beradi.