1. Fanning mohiyati. Fan



Yüklə 96,88 Kb.
səhifə1/6
tarix17.02.2020
ölçüsü96,88 Kb.
#30467
  1   2   3   4   5   6
ilmiy tadqiqot metodologiyasi

1.Fanning mohiyati.

Fan – murakkab tarkibga ega ijtimoiy hodisa Fanning ijtimoiy-madaniy xodisa ekanligi uning jamiyat xayoti va tarakkiyoti talablari bilan boglikligida namoyon buladi. Dastlabki bilimlar kadimgi Shark mamlakatlari Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda shakllangan. XVI-XVII asrlarda ijtimoiy xayotdagi jiddiy uzgarishlar - sanoat, ishlab chitsarishining yuzaga kelishi, xususan, xarbiy, tog, kurilish sanoati, xalkaro savdoning rivoji fanning shakllanishi va tarakkiyoti uchun turtki buldi, zotan sanoatlashgan jamiyatda ishlab chikarishni rivojlantirish uchun tabiatni, undagi narsapar, predmetlar, jarayonlar moxiyatini anglash, ularni urganish zarur edi.

Fan–ijtimoiy ongning maxsus shakli. Fan olamni aks ettirishning eng umumiy shakli, unda olam, uning barcha ko’rinishlarining mohiyati, xossa – xususiyatlari, qonuniyatlari aks etadi. Fanda olam (tabiat, jamiyat, inson, uning moddiy va ruhiy olami haqidagi bilim) ilmiy tushuncha (terminlar), ilmiy taxmin, qonun, nazariya, ta’limot, bashorat kabi shakllarda ifodalanadi. Fan murakkab tarkibin tuzilishga ega ijtimoiy - madaniy xodisa. Fan olamni o’zlashtirishning eng murakkab shakli xisoblanadi. Fan deganda insonning olam, shu jumladan, uning uzi tugrisidagi ilmiy bilimlarni ishlab chikishga yunaltirilgan, yuksak darajada tashkil etilgan faoliyati; uning natijalari bulmish — ilmiy bilimlar tizimi xamda ijtimoiy institut nazarda tutiladi.

Fan – ilmiy bilimlar tizimi. Fan dunyo, shu jumladan odamning o’zi to’g’risidagi ob’yektiv bilimlar tizimi va u fan sohalarida o’z ifodasini topadi. Fan olamni tasvirlaydi, tushuntiradi, bashorat qiladi. Inson olamni ikki xil yo’l bilan uzlashtiradi moddiy xamda ma’naviy. Inson uz extiyojlari va manfaatlaridan kelib chikkan xolda olam, undagi narsa, xodisa. jarayonlarning moxiyatini, konuniyatlarini anglashga intiladi. Bu bilishda uz ifodasii topadi. Bilish — insonning olamga faol munosabati, ijtimoiy — tarixiy amaliyot bilan boshlanadigan yangi bilimlarni xosil kilish, mukammallashtirish jarayoni. Bilish ikki kurinishda - kundalik va ilmiy bilishda namoyon buladi. Ilmiy bilish - olamni chukur, atroflicha bilish, uning konuniyatlarini anglash jarayoni. Ilmiy bilish a) inson va insoniyat tomonidan kulga kiritilgan ilmiy bilimlarni uzlashtirish; b) ilmiy bilimlarni xosil kilish. Bu – ilmiy izlanish (tadkikot) ishlarini olib borish asosida yangi bilimlarni yaratishjarayoni xisoblanadi. Bilim - bilish jarayonining natijasi, inson tafakkurida aks etgan vokelik, kishilarning olam xakidagi ma’lumotlari. Fan dunyo, undagi narsa va xoddisalar xakidagi ob’ektiv ilmiy bilimlar tizimi xisoblanadi. Ilmiy bilimlarni tadkik etuvchi maxsus soxa –epistemiologiya.Ilmiy bilish (tadkikot, izlanish) natijasi — ilmiy bilim. Ilmiybilimlar fan mazmunida uz ifodasini topadi. Fanning boshka ijtimoiy ong shakllaridan asosiy farki – undagiilmiylik mezoni. Fan olamdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv qonunlarini ochishni uz oldiga maksad kilib kuyadi. Ilmiy bilimlar tizimlilik xususiyatiga ega. Fan asoslangan, yaxlitlikni tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimi. Ilmiy bilimlarni xosil kilish murakkab jarayon bulib, uning moxiyatiilmiy bilimlar dinamikasi (rivoji)dao’z ifodasini topadi. Ilmiy bilim - bilmaslikdan bilishga, nomukammal bilimlardan mukammallik sariborishdan iborat uzliksiz tarzda jarayon xisoblanadi. Fan tarakkiyoti avvalgi ilmiy bilimlar asosida yangidan-yangi ilmiybilimlarni kulga kiritishda namoyon buladi.

Fan – faoliyat. Fan ilmiy bilimlarni hosil qilishga qaratilgan, yuksak darajada tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan faoliyat. Fan –inson ma’naviy faoliyatining oliy shakli. Bu olimlar faoliyatida o’z ifodasini topadi va ilmiy tadqiqot, deb yuritiladi.

2.Fan taraqqiyoti tarixining asosiy bosqichlari.

Fanning shakllanishi masalasiga uzok davom etgan tarixiyjarayon sifatida yondashish o’rinli.



1. Fan shakllanguniga kadar bulganfan oldi davri: e.a. birinchi

mingyilliklardan XVII asrgacha

2. Klassik fan: XVII-XIX asrlar

3. Noklassik fan: XIX asrning II yarmi — XX asr.

4. Hozirgi zamon fani Postnoklassik fan: XX asrning ikkinchi yarmi va xozirgi davr.

I. Fan oldi davr. Bu davr eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklardan milodiy XVII asrga kadar bulgan davrni uz ichiga olgan va fanningshakllanguniga kadar bulgan davr yoki fan oldi davri deb britiladi. Bu davrdadastlab olam xakidagi sodda, amaliy xarakterdagi bilimlar shakllangan vaularda amaliy xayot tajribasi uz ifodasini topgan. Keyinchalik olam xakidagidastlabki falsafiy bilimlar paydo buldi. Aksari xollarda ular tabiatxodisalari xakidagi bilimlardan tashkil toptan va eng kadimiy falsafa —naturfalsafada uz ifodasini topgan edi. Eramizdan avvalgi VII-V asrlardakadimiy Yunonistonda falsafa fani shakllandi. U Yevropada klassik fanningshakllanishiga turtki buldi.

II davr. Klassik fanning shakllanishi: XVII-XIX asrlar. Bu davrdaGarbiy Yevropada ilmiy inkilob yuz berdi, xozirgi zamon tabiatshunoslikfaniga asos solindi. Ingliz olimi Isaak Nyuton (1643-1727 yillar) “Naturalfalsafaning matematik asoslari” asarida olimlar Galileo Galiley, ReneDekart, Ioann Kepler va boshkalar xamda uning uzi kulga kiritgan ilmiybilimlarni umumlashtirdi va klassik fizikaga asos soldi.XVII asrda birinchi fan akademiyalari tashkil topdi. 1662 yilda Londonkirollik akademiyasi; 1666 yilda Parij fanlar akademiyasi, keyinchalikBerlin (1700 yil) Sankt Peterburg (1724yil), Stokgolm fanlar

akademiyalariga asos solindi. Klasssik fanning shakllanishida Nikolay Kopernikning “Osmonsferalari xarakati” asarida asoslangan olamning tuzilishi tugrisidagi geliotsentrik nazariya aloxida axamiyat kasb etdi. Nikolay kotornik yer - koinot markazi emas, u Venera, Merkuriy, Mars vaboshka planetalar bilan birga Kuyosh atrofida xarakatlanadi; Yer Kuyoshsistemasiga kiruvchi planetapardan biri, degan xulosaga keldi. Uningkarashlarini keyinchalik italyan olimi Jornado Bruno (1548-1660)rivojlantirdi. Klassik fan asosan tabiat xodisaparini tajriba yordamida urganishgaasoslangan edi. Klassik fanning shakllanishida Nyuton kashf kilgan butunolam tortilish konuni aloxida urin tutadi. Bu davrda matematika, fizika, biologiya fanlari rivojlandi,mexanika konunlari kashf kilindi.



Klassik fan olamdagi narsa va xodisalarni, tabiatni insondantashkarida, unga boglik bulmagan xolda mavjud reallik sifatida urganishgaasoslangan edi. Klassik fan, tajriba asosiga kurilgani bilan xarakterli. Butabiatshunoslik fanlari (fizika, biologiya va x.k.)ning jadal rivojida uzifodasini topdi.Nemis olimlari Shvann va Shleyden tomonidan kulga kiritilganorganizmlarning xujayraviy tuzilishi; Charlz Darvinning evolyusion nazariyasi (1859 yil) usimliklar va xayvonot dunyosiorganik olamning tabiiy tarakkiyoti maxsuli ekanligini, ularning uznavbatida noorganik olam tarakkiyotidan kelib chikkanligi, tabiatdagievolyusion jarayonlar tabiiy tanlanish tufayli yuz berishini isbotlab berdi.Klassik faya xam tabiiy, xam ijtimoiy-gumanitar fanlar tarakkiyotiniboshlab berdi.

III davr - noklassik fanning shakllanishi: XIX asr oxiri va XX asr boshlari.Olimlar Per Kyuri (1859-1906 yillar) va Mariya Skladovskaya Kyuri(1867-1934 yillar) kashf etgan radioaktivlik, ingliz olim i Tompson kashfetgan elektron; Rezerford tomonidan asoslab berilgan kvant nazariyasi, NilsBor va Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasi tabiat xodisalarigayangicha yondashuvning shakllanishiga turtki buldi. Agar klassik fan doirasidafazo va vakt uzgarmas, deb talkin etilgan bulsa, noklassik fan davrida fazo vavaktning materiya bilan boglikpigi asoslandi va bu nisbiylik nazariyasida uzifodasini topdi.XIX asming oxiri XX asming boshlarida fanlar taraqqiyoti yangi -noklassik fan bosqichida o‘z ifodasini topdi. Bu bosqich A.Eynshteynningnisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi bilan bevosita bogiiq edi.XX asr oitalaridan boshlangan ilmiy-texnik fan taraqqiyotini yangibosqichiga kotardi.Bu davr fanning tamomila yangi sohalari (kvant fizikasi, kibemetika,informatika, molekulyar genetika, gen injeneriyasi, biotexnologiya vah.k.)ning paydo boiganligi, fanning jamiyat hayotining barchasohalari dagi rolining beqiyos ortib borayotganidan dalolat beradi.

IV davr: postnoklassik fan. XX asrning 70- yillaridan fantarakkiyotida yangi davr boshlandi. Fanda narsa va xodisalar, jarayonlargayangicha tizimli yondoshuvning shakllanishi. Fanlararo alokalarning kuchayishibilimlar sintezi postnoklassik fanning uziga xos xususiyatlari xisoblanadi.Bu davrda fan jadal tarakkiyeta boshladi, unda kupdan - kup yangi soxalar shakplandi.Mikrobiolgiyada klonlashtirish yunalishi paydo buldi; evolyusionximiya yuzaga keldi. Xisoblash texnikasi, boshkarishning avtomatik tizimlari (ASU), yangi ilmiy soxalar - mikroelektronika, nanotexnologiya shakllandi.Olamdagi narsa va xodisalardagi uzgarishlarning ikki xil tarzda kechishi,birinchidan, narsa va xodisaparning yangi muxitga moslashishi; ikkinchidantizimdagi avval an i klan magan keskin uzgarish xolatlari aniklandi. Bu narsava xodisalarga yangi yondashuv metodi- sinergetikaning shakllanishida namoyonbuldi.Agar klassik va noklassik fanning urganish ob’ekti olamning muayyanbir kismi (fragmenta) bulgan va shu asosda xususiy fan (masalan, fizika,biologiya, geografiya .)lar shakllangan va rivojlaigan bulsa, postnoklassikfan olamga, undagi narsa va xodisalarga tizimli yondoshuvga asoslanadi.Postnoklassik fanning uziga xos jixatlari:

- Xozirgi zamon fani olamga, uni urganishga yangicha munosabatniig

shakllanishi;

- Ilmiy bilimlarning ijtimoiy xayotning barcha soxalariga jadalsur’atlar bilan tatbik etilishi;

- Ilmiy tadkikot faoliyati xarakteridagi tub sifat uzgarishlar:

- Ilmiy bilimlarni xosil kilish, sakdash, kayta ishlashning yangi usul vavosita (kompter texnolognyasi, internet tizim)larining yuzaga kelishi.



3.Fan va amaliyot. Fanning jamiyatdagi o`rni

Fan va amaliyot. Olamni, undagi narsa va hodisalarni chuqur o`rganish, ilmiy bilimlarni qo`lga kiritish imkonini beradi. Bu bilimlar fanda aks etadi.

Amaliyot – insonning borliqni, tabiat va jamiyatni hamda uning o`zini o`zgartirishga qaratilgan hatti – harakatlar, faoliyatlari majmui.

Amaliyotning asosiy shakllari:

1. Amaliyot – insonning moddiy ishlab chiqarish faoliyati;

2. Amaliyot – insonning jamiyatni o`zgartirishga qaratilgan faoliyati;

3. Amaliyot – insonning maorif, madaniyat, tibbiyot, maishiy sohalardagi faoliyati

Amaliyot (praktika) – bilishning asosiy mezoni.Inson bilimlarining chinligi amaliyotda sinaladi.

4.O’rta asrlar Markaziy Osiyo buyuk allomalarining jahon fani taraqqiyotidagi o’rni va roli.

Буюкалломалар Мусоал - Хоразмий, Ахмад Фаргоний, АбуНасрФоробий, Абу Райхон Беруний, Абу Али ибн Сино асарларида илмий билиш муаммолари ишлаб чикилган.

Мухаммад ибн Мусо Хоразмий (783-850) математик, файласуф, астроном, буюк комусий олим. Хоразмий махсус фалсафий асар ёзмаган булса-да, унинг математика, геометрия, география, астрономия, тарих оид барча асарларида чукур илм, уни хосил килиш йуллари хакида маънога эга, исботланган фалсафий фикр, гоя ва таълимотлар баён этилган.Олим фикрича, Аллох томонидан яратилган дунеда уз холатинн доимий равищца узгартирмайдиган хеч кандай нарса, ходиса йук ва булиши хам мумкин эмас. Ноорганик дунёдан - органик дунё, хиссиз, туйгусиз, фикрсиз дунёдан фикрлаш имконияти пайдо булган. Моддий дунё абадий, нихоятда мураккаб, Олам - инсон сезгиси, билимининг манба, ундаги нарса ва ходисалар мохиятини билиш мураккаб, зиддиятли жараён. Инсон уз мехнати, амалий фаолияти хамда Аллох ато этган акл-идроки билан дунёни аста-секин билиб боради.

Хоразмий узининг билиш назариясида моддий олам инсон, унинг сезгиси, акд-идрокидан олдин пайдо булган, инсон ва унинг акли моддий олам ривожининг махсулидир, деган хулосага келади. У инсонни билиш субъекти. моддий олам (табиат, жамият) эса унинг объекти, деб билади.Хоразмийга катта шухрат келтирган асарлардан бири “Х,исоб - ал -хинд”(Хинд хисоби). Олим бу асарида “0” ракамини ва шу асосда чексиз микдорларни ифодалай оладиган билан унлик санок тизимни кашф этди, хамда олти математик амал кушиш. айириш, купайтириш, булиш, даражага кутариш ва квадрат илдиз чикариш амалларини таърифлаб, амалиётга татбик этди. Бу математика, астрономия фанлари ривожида кескин бурилиш я сади. Аллома алгебра фанига асос солди, илмий маълумот ва гояларни баён этишнинг алгоритми, аник коидаларини ишлаб чикди. Унинг номи ва асарлари “алгоритм” ва “алгебра” каби замонавий атамаларда абадийлаштирилди.

Машхур олим Ал-Фаргоний узининг «Мадхал-ун-нужум» асарида астрономия фанининг асосларини, дунёнинг тузилиш моделини, самовий жисмларнинг харакат назариясини ишлаб чикди, астрономик асбоб-астролябия, унинг тузилиши ва фойдаланиш коидалари тугрисида рисола ёзди. Ал- Фаргоний илм-фан тарихида биринчи булиб олам сфералари радиусини аниклаб берди.

X асрнинг буюк алломаси Абу Наср Форобий (873-950) илм-фаннинг турли сохаларига тааллукли куплаб илмий асарлар муаллифи. “Фозил одамлар шахри”, “Акд хакида рисола”, “Давлат тугрисида рисола”, “Бахт-саодатга эришиш хакида” каби асарлар шулар жумласидандир. Буюк мутафаккир “фанни билиш воситаси”, деб эътироф килган. Унинг фикрича, фанлар орасида мантик биринчи уринда туради, мантик- акл идрок негизи ва мезонидир. Инсон узининг барча билимларини ташки оламдан олади. У вокеликни сезги, хотира, тасаввур, мантикий тафаккур, акл, нутк воситалари оркали узлаштиради, айнан ана шу воситаларга таянган холда илм-фанни яратади. Олим илмий тадкикотда кузатув, бахс-мунозара, билиш методларининг Урни масаласига эътибор каратган. Форобий узининг “Бахт - саодатга эришув хакида” асарида инсон камолоти учун илмларнинг урнига алохида ахамият берган.

Абу Райхон Беруний (973-1048) - буюк комусий олим ва буюк мутафаккир. У илм-фаннинг куп сохалари билан шугулланган, у 162 китоб ва рисолалар ёзиб колдирган. Шулардан 28таси бизгача етиб келган. Булар: “Кадимги халклардан колган ёдгорликлар”, “Хиндистон”, “Геодезия” ва хоказо. Олимнинг фикрича, фаннинг асосий вазифаси - хакикатнинг тантанасига хизмат килиш, хаки кий билимларни ёлгон-яшиклардан мухофаза килиш. Беруний дунё илм-фани тарихида биринчилардан булиб денгизлар назарияси ва Ернинг шарсимон глобусини яратиш гояларини илгари сурди, Ер радиусини хисоблаб чивди; вакуум (бушлик) холатини изохлаб бфди, Колумб саёхатидан 500 йил олдин Тинч ва Атлантика океанлари ортида китъа мавжудлиги хакидаги карашни баён этди. Беруний илм, хакикатнинг энг ишончли мезони- кузатув, синов-тажриба, деган хулосага келди. Олимнинг “Синовдан бошка устувор дастур, тажрибада текширишдан узга муваффакиятга элтадиган дастуруламал йук, тажрибага таянмок керак деган сузлари аслида унинг узи куллаган воситалар самарасига ишончнинг ифодаси эди.

Абу Али ибн Сино (980-1037) урта аср Марказий Осиёнинг энг машхур файласуфи, комусий алломаси. У умри давомида 450 дан ортик асар яратди. Улар фаннинг турли сохалари — тиббиёт ва фалсафа, мантик, кимё, физика, астрономия, математика, мусикашунослик, адабиёт ва тилшунослик сохапарига багишланган. Унинг “Тиб конунлари” китоби фундаментал асар хисобланади, унда тиббиёт фанлари тараккиётининг кейинги юз йиллар учун асосий йуналишлари олдиндан белгилаб берилган ва бу асар хозирда хам уз ахамияти ва долзарблигини йукотмаган: унда амалий тиббиёт ва фармокология сохаларининг энг мухим усулларига асос солинган. Бу китоб Европада XV асрда чоп этилган дастлабки китоблардан булиб, карийб 500 йил давомида тиббиёт илми шу асар асосида укитиб келинган. Олимнинг асарлари орасида “Тиб конуни”, “Шифо китоби”, “Инсоф китоби”, “Нажот китоби”,

“Донишнома” алохнаа эътиборган лойик.

Ибн Синонинг фикрича, Аллох инсонга шундай куч-кувват ато этганки, шу туфайли у эзгулик (“хайр”)ни ёмонликдан интеллектуал камолотни адашиш (гумрохлик)дан фарклайди. Инсон акллли мавжудот эканлиги сабабли табиат

(олам) мухим урин тутади ва бошка мавжудодлардан ажралиб туради. Аклли булгани боис узининг фаолиятини акл мезони (донишманлик тарозуси)га мослаштиради. Аллома билиш таълимотида кузатув ва тажрибага алохида эътибор каратади ва улар оркали жисм ва моддаларнинг солиштирма огирлиги, одамларнинг хасталиклари каби мухим муаммоларни хал этиш мумкин, деб хисоблайди. Мирзо Улугбек (1394-1449) машхур узбек астрономи ва математиги, буюк давлат арбоби. Астрономия сохасидаги илмий мероси унинг буюк аллома эканлигидан далолат беради. Олимнинг XV асрда тузган астрономик жадвали XVI аср давомида яратилган биринчи, каталог эди. У узининг жадвагтларида таквим (календар)га алохида эътибор каратган; унинг жадвалида хафта, ой ва йилларнинг бошланиши, утган ва келгуси вактнинг санасини аниклаш йуллари курсатилган. У Куёш, Ой ва бошка сайёраларнинг Ерда содир буладиган ходисаларга якиндан таъсир этишини аниклаган. Улугбек илмга катта бахо берган. Унинг фикрича, илм кишиларни кибру-хаводан, мутаассибликдан, нафс кулига айланишдан саклайди, дилларни ёритади, калбларни турли иллатлардан поклайди, ёмонликни жиловлайди, эзгуликка даъват килади.
5.Fanlar klassifikatsiyasi.

Fanlar klassifikatsiyasi

O’rganish ob’yektiga ko’ra fanlar uch turga bo’linadi:

1.Tabiat haqidagi fanlar;

2. Jamiyat haqidagi fanlar;

3. Tafakkur haqidagi fanlar.

Ilmiy bilimlar bilan amaliyot orasidagi aloqadorlikka ko’ra fanlarni ikki guruhga ajratish mumkin.

1.Fundamental fanlar (falsafa, nazariy fizika, astronomiya…);

2.Amaliy fanlar (mexanika, elektrodinamika, biotexnologiya…).

   Hozirgi zamon fanlari:



- ijtimoiy – gumanitar ifanlar;

- tabiatshunoslik fanlari;

- texnika fanlari nazarda tutiladi;

Eslatma:Matematika fani alohida turkum hisoblanadi.

6.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi – fanining predmeti, vazifalari.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi- ilmiy bilimlarning shakllanishi, taraqqiyoti qonunlari, ilmiy bilimlarni hosil qilish yo`llari, ussullari to`g`risidagi fan.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi XVIII-XIX-asrlardan boshlab alohida fan sifatida shakllandi.



Ilmiy tadqiqot metodologiyasi deganda:

  1. xususiy fanlar metodologiyasi,

  2. umumfalsafiy metodologiya nazarda tutiladi.

Bunda “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani” nazarda tutiladi.

Mazkur «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» magistrlik kursining o’ziga xos xususiyati bo’lib unda iqtisodiy fanlarning metodologik muammolariga tayanilishi hisoblanadi. Shunga ko’ra, unda ilmiy ijodning umummetodologik masalalari bilan bir qatorda iqtisodiy tadqiqotlarning maxsus va xususiy usullariga asosiy e’tibor qaratiladi. Mazkur kursning maqsadi bo’lib tinglovchilarni bilishning ilmiy usullari tizimi bilan qurollantirish, ilmiy ijodga qiziqtirish hamda iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqot ko’nikmalarini hosil qilish hisoblanadi. Bundan kursning quyidagi asosiy vazifalari kelib chiqadi:

1.Tinglovchilarni bilish nazariyasi bilan tanishtirish.

2.Ularni bilishning dialektik usullari bilan qurollantirish.

3.Ularning pedagogika sohasidagi Ilmiy tadqiqot metodologiyasini bilishlarida ko’maklashish.

4.Tinglovchilarning pedagogik jarayonlarini tadqiq etishning xususiy usullariga ega bo’lishlarini ta’minlash.

5.Ilmiy ijod texnologiyalarini o’zlashtirish.

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, uning predmeti — bu tadqiqotchining siush va ijodiy faoliyati bilan muttasnl nazorat qilinuvchi va yo’naltiriluvchi bilshining umumfalsafiy, umumilmiy ea maxsus ishlab chistilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari xamda bu ilmiy bilshshing tuzshshshi prtstiplari xaqidagi xozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o’stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinstiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob’ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatidafoydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o’ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo’lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilim-larni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek, ularni amalietga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi. Bunda bilishning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: analiz va sintez, indukstiyava dedukstiya, abstrakstiyalashtirish, abstraktlikdan konkretlikka tomon yuqorilab borish va boshqalar olimlarning ko’plab avloddari ilmiy ijodining mahsulidir.



7.Ilmiy bilish. Ilmiy bilish haqidagi qarashlar. Gnositizm. Agnostisizm. Skeptisizm.

Билиш инсоннинг оламга фаол муносабати; олам ундагнни нарса ва ходисаларнинг инсон онгида инъикос этиш жараёни. Инсон олам, ўзини ўраб олган атроф муҳит ҳақида билим ва тасаввурга эга бўлмай туриб, бирон бир фаолият тури билан шуғуллана олмайди.

Илмий билиш оламни ундаги нарса ходиса жараёнларни чуқур атрофлича ўрганиш; уларнинг мохияти қонуниятларини англаш жараёни.

Илмий билиш деганда 2 нарса назарда тутилади.

  1. Инсон ва инсоният томонидан яратилган билимларни ўзлаштириш;

  2. Олам ҳақидаги янги билимларни қўлга киритиш.

Илмий билиш билишнинг бошқа кўринишларидан ўзига хос жиҳатлари билан фарқланади.

Илмий билишдан кўзда тутилган мақсад олам унинг моҳияти қонуниятларини англаш

Илмий билиш оламни маънавий ўзлаштириш янги билимларни ҳосил қилишдан иборат энг мураккаб шакли унинг натижалари фанлар мазмунида акс этади.

Илмий билиш олам ундага нарса ва ходисалар хақида объектив билимларни хосил қилиш жараёни

Илмий билиш натижалари сунъий ва табиий тил воситасида ифодаланади.

Илмий билишнинг ўзига хос моддий воситалари илмий билиш методларидан фойдаланишни назарда тутади.

Илмий билиш инсондан махсус тайёргарликни талаб қилади.

Илмий билиш жараёнидаги субъектнинг табиатдаги фаоллиги, субъект томонидан табиятда мавжуд бўлмаган нарсаларни яратиш имкониятлари Немис файласуфи И.Контнинг ҳам эътиборини тортган. Унинг фикрича бизнинг барча билишимиз гарчи тажрибадан бошланса ҳам, бундан у бутунлай тажрибадан ҳосил бўлади, деган келиб чиқмайди. Бинобарин ходисалар дунёсинигина билиш мумкин.



Гностицизм фикрлаш қобилиятига эга инсонгина борлиқдаги нарса ходиса жараёнларнинг мохиятини билиш мумкинлигини эътироф этувчи таълимот.

Скептицизм таълимоти Юнонистонда мил. ав. 4 асрда шаклланган. Асосчиси юнон олими Пиррон. Унинг вакиллари объектив воқеликни билиш мумкинлигига шубха билан қарайдилар.

Агностицизм таълимоти табиат ва жамият қонунлари моҳиятини билиш имкониятларини рад этадилар. Агностицизм антик Скептицизмдан келиб чиққан.

8.Ilmiy tadqiqot ilmiy bilimlarni hosil qilish jarayoni. Ilmiy tadqiqotning o`ziga xos jihatlari.

Илмий тадқиқот илмий билимларни қанлар мазмунини ишлаб чиқаришга қарқатилган инсон маънавий фаолиятининг ўзига хос тури.

Илмий тадқиқот илмий билимларни ҳосил қилиш фаолияти бўлиб, бу фаолият билан тадқиқотчилар, олимлар, ва илмий жамоа шуғулланади. Бу фаолиятнинг мохияти ўзига хос томонлари биз ўрганаётган фан илмий тадқиқот методологиясининг предмети ва объекти ҳисобланади. Илмий тадқиқот методологияси деганда


  1. Умумафалсафий фанлар методорлогияси

  2. Хусусий фанлар методологияси назарда тутилади

Илмий тадқиқот жараёни муайян таркибий тузулишга эга

  1. Тадқиқот субъекти ва унинг фаоляити

  2. Тадқиқот объекти

  3. Тадқиқот жараёнининг ўзи

  4. Илмий тадқиқот натижалари

Тадқиқот субъекти деганда илмий изланувчи олим ёки олимлар жамоаси назарда тутилади.


Yüklə 96,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin