S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2




S.X. Babadjanova, X.M. Bobojonova 
 
Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi
 
 
 
 
 
 
 
5411100- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 
yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi bakalavr talabalar uchun o‘quv 
qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan




Urganch -2021 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
S.X. Babadjanova, X.M. Bobojonova 
 
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI 
5411100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 
ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun 
o‘quv qo‘llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
URGANCH - 2021 
 
 



 
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI 
 
S.X. Babadjanova, X.M.Bobojonova 
 
Annotatsiya
 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada
 
“Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi” 
fanining mazmun va mohiyati, dorivor o‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi 
ahamiyati,
yer yuzi va O‘zbekiston florasida uchraydigin asosiy dorivor o‘simlik 
turlari va ularning tibbiyotdagi ahamiyati, asosiy dorivor o‘t o‘simlik turlari, 
tarqalishi va dorivor o‘simliklari nomenklatura nomlari bo‘yicha ma’lumotlar 
o‘rganilib tahlil qilingan bo‘lib, u 5411100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va 
qayta ishlash texnologiyasi ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining “Dorivor 
o‘simliklar florasi va sistematikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma
 
sifatida tavsiya 
etiladi. 
 
Taqrizchilar: 
Xorazm Mamun akademiyasi kata ilmiy xodimi biologiya fanlari nomzodi, kata 
ilmiy xodim
 A.Jumaniyazov 
Urganch davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti biologiya fanlari nomzodi 
Z.Allaberganova 
Urganch davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi kata o`qituvchisi 
U.Abduraxmanov 
 
 
 
 
 
 
 



 
SO`Z BOSHI
Insoniyat rivojlanishi davom etar ekan, aholi sonining oshishi natijasida
uning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va dori-darmon 
mahsulotlariga talabi oshib boradi. Hozirgi paytda yildan-yilga atrosfera 
havosining buzilishi, sifatli ozuqaning yetishmasligi va boshqa ko`pgina sabablar 
borgan sari yer yuzida kasalliklarning ko’payishiga olib kelmoqda. Kasalliklarni 
oldini olishda va ulardan forig’ bo’lish uchun ota-boblarimiz dorivor o’t-
o’simliklardan ya’ni giyohli o`simliklardan foydalanganlar va bu omma orasida 
tabobat deb nomlangan. Tabobat insoniyat bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tibbiy 
bilimlarning oshishi natijasida hozirgi vaqtda turli kimyoviy preparatlarning 
yaratilishi, zamonaviy uskunalarning ixtiro qilinishi, kasalliklarni davolash 
jarayonining rivojiga sabab bo’lgan. Ammo tabobat ilmi hozirgi davrda ham o’z 
ahamiyatini yo’qotmagan. 
Bizga ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlatilib 
kelinayotgan dori vositalarining taxminan 50%i dorivor o‘simliklar xomashyosidan 
tayyorlanadi. Birgina misol, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va 
profilaktikasida foydalanish uchun ishlab chiqariladigan preparatlarning eng ko’p 
ulushi dorivor o’simliklarga to’g’ri keladi. Bugungi kunda dorivor o’simliklarni 
izlab topish ularning xususiyatlarini o’rganish borasida ko‘plab tadqiqodlar amalga 
oshirilmoqda. Shunga qaramasdan haligacha dorivor o’simliklar haqida to’laqonli 
ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu “Dorivor o’simliklar florasi va sitematikasi” 
nomli o’quv qo‘llanmada shu kungacha e’lon qilinmagan ayrim tabiiy holda 
o’suvchi dorivor o’simliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Bu o’quv qo’llanma “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishash 
texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda dorivor o‘simliklarga bag’ishlangan maqolalar va 
tezislar chop qilinganiga qaramay, ushbu kurs bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun 



haligacha “Dorivor o‘simliklarni sistematikasi” boyicha darslik va o’quv 
qo’llanmalar etarli emas. Respublikamizning hududlarida tabiiy holda o‘suvchi 
dorivor va oziq-ovqatbop, texnik o‘simliklarning zaxiralaridan oqilona 
foydalanishda, ularning areallarini va tabiiy zaxiralarini o‘rganishda, o‘simlik 
dunyosi ob`yektlari biologiyasi va anatomiyasini o‘rganishda, yovvoyi holda 
o‘suvchi dorivor o‘simliklarni o‘rganishga yordam beruvchi qo‘llanma va 
kitoblarga ehtiyoj mavjud. 
Mazkur 
o’quv qo’llanmada dorivor o‘simliklarning sistematikasi, 
morfologiyasi, ekologiyasi, floristik - kimyoviy tarkibi va geobatanikasi haqidagi 
so’nggi ma’lumotlar keltirilgan. Yer yuzida uchrovchi tabiiy va madaniy holda 
o’suvchi bizga tanish yohud notanish o‘simliklar haqida ko‘plab ma’lumotlar 
berilgan. Ushbu “Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi” nomli o‘quv 
qo‘llanmada ayrim dorivor o’simliklar sistematikaga solib o‘rganilgan. 
O’simliklarning hayotiy shakli, inson organizmiga ta’siri va har xil xastaliklarda 
qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. O’quv qo‘llanmada nafaqat 
o’simlik sistematikasi, biologiyasi balki yosh izlanuvchilar va talabalar uchun har 
bir o‘simlikning rasmlari bilan ham boyitilgan ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Bu 
qo’llanmani o’qigan ham bir talaba dorivor o’simliklar to’g’risida o’zlariga kerak 
bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishadi. 
Bu o’quv qo’llanmada ayrim kamchiliklarning bo’lishi tabiiy xol. Shu 
sababli 
kitobxonlarning 
fikr-mulohazalari 
mualliflar 
jamoasi 
tomonidan 
minnatdorchilik bilan qabul qilinadi va keying nashrlarda inobatga olinadi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin