Bilish jarayonlari : Diqqat va Sezgi jarayoni



Yüklə 105,54 Kb.
səhifə4/4
tarix13.04.2023
ölçüsü105,54 Kb.
#97462
1   2   3   4
ДИҚҚАТ

Qo’zg’ovchining davomiy ta’siri bilan sezgirlikning o’zgarganligini kuramiz. Bu hodisa adaptatsiya, ya’ni analizatorning ta’sir etib turuvchi qo’zg’ovchiga moslashishi deb ataladi. Adaptatsiya natijasida sezgirlik ortishi ham kamayishi ham mumkin. Adaptatsiya turli xil analizatorlar tufayli sodir bo’ladi. Ko’rish, ta’m bilish va hid bilish adaptatsiyalari ayniqsa kuchli hisoblanadi. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o’zgarishi tushuniladi. Uch turli adaptatsiya hodisasini bir biridan farq qilish mumkin. 1.Qo’zg’atuvchining davomli ta’sir jarayonida sezgilarning tula yo’qolishi tarzidagi adaptatsiya. 2. Yuqorida ta’sirlangan hodisalarga yaqin bo’lgan boshqa hodisalarni ham adaptatsiya deb yuritiladi. Bunda kuchli qo’zg’atuvchining ta’siri ostida sezgilar zaiflashadi.

Masalan, qo’lni muzday suvga tutib to’rgan paytda sovuq qo’zg’atuvchi ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Ko’rish sezgilarining intensiv yorug’lik qo’zg’atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishidan iborat bo’lgan bu hodisani yoruglik adaptatsiyasi deb yuritiladi. 3. Sezgirlikning kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sodir bo’ladigan ortishini ham adaptatsiya deb yuritiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo’lgan adaptatsiyaning bu xilini pozitiv adaptatsiya deb tariflash mumkin. Ko’rish analizatorida pozitiv adaptatsiya qorong’ulik adaptatsiyasi deb yuritiladi. U qorong’u joyda bo’lish ta’siri ostida ko’rish sezgirligining ortishi bilan ifodalanadi

Sezgi organlarining qo’zg’otilishi ta’siri ostida analizator sezgirligining o’zgarishi sezgilarning o’zaro munosabati deb ataladi. Sensibilizatsiya – analizatorning o’zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o’zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya po’stidagi qo’zg’alishning irradiatsiya hamda konsentratsiya jarayonlaridir. Sinesteziya – sezgilarning o’zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir turdagi hodisada namoyon bo’ladi. Qo’zg’atuvchining biron analizatorga ta’siri bilan boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo’lishini sinesteziya deyiladi.


Yüklə 105,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin