Bilish jarayonlari : Diqqat va Sezgi jarayoni



Yüklə 105,54 Kb.
səhifə1/4
tarix13.04.2023
ölçüsü105,54 Kb.
#97462
  1   2   3   4
ДИҚҚАТ

BILISH JARAYONLARI : Diqqat va Sezgi jarayoni

REJA :

1. Diqqat haqida tushuncha.

2. Diqqat turlari.

3. Diqqatning asosiy xususiyatlari.

4. Sezgi haqida umumiy tushuncha.

5. Sezgining fiziologik asoslari.

6. Sezgining qonuniyatlari.

Tayanch so’z va iboralar :

Diqqat, parishonlik, dominanta, ko’lami, hajmi, parishonhotirlik, Sezgi, adaptatsiya, retseptor, analizator, ekteroretseptor, proprioretseptor, interoretseptor, sinesteziya, sensibilizatsiya.

Diqqat -deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir.

Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu onning o’zida bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida qo’zg’alish o’choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo’lib oladi Mana shu hukmron bo’lib olgan qo’zg’alish o’chog’ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi.


Yüklə 105,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin