Bilish jarayonlari : Diqqat va Sezgi jarayoni



Yüklə 105,54 Kb.
səhifə2/4
tarix13.04.2023
ölçüsü105,54 Kb.
#97462
1   2   3   4
ДИҚҚАТ

Diqqatning turlari. Psixologiyada uch xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy, uchinchisi esa ixtiyoriydan so’nggi diqqatdir. Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish hissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb ham ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi ixtiyoriydan so’nggi diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab qilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki hodisaning bevosita qiziqish uyg’otishidan paydo bo’ladi.

Diqqatning xususiyatlari. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.

Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgi - deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytiladi. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan mahrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi. Sezgi eng oddiy, biroq shu bilan birga, juda muhim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi.


Yüklə 105,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin