Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə8/12
tarix22.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#190330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
falsafa 2 javoblar

Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.

Falsafiy antropologiya izlanishlarining
bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani
antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning
boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi. Falsafiy
antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas,
balki uning barcha maktablari uchun inson dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi.
Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar
mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi Evropa
madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham kelib chiqadi. Aynan xristianlik
dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani
ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida
shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu
narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi,
zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri
sifatida qaraladi. SHarq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy
antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning
ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi,
balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim. SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan
«Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari
majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan
ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson
haqidagi ta’limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng
doirasini qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati
muammolarini izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy
antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya,
shu jumladan, inson, uning tabiat va jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta’limotni ham o‘z ichiga
oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga chiqadi.


  1. Yüklə 84,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin