Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə1/12
tarix22.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#190330
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
falsafa 2 javoblar


6-MAVZU. BILISH METODOLOGIYASI ASOSIY TUSHUNCHALARI.

  1. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari.

Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi.
2. Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati.
«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim»,
«ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi – «bilish
haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan,
falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan.
SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda
«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.

Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin