Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə9/12
tarix22.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#190330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
falsafa 2 javoblar

Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari.

Insonni o‘rganishga nisbatan «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar, ayniqsa, ajralib turadi.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim
xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi. Bunda insonning
jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning
empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin, ba’zan
mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday yondashuvlar, ayniqsa, nemis
antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens
(1903–1989) ijodiga xosdir
4. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.
Inson hayotning tezoqarligini yodda tutishi, uning
shomini kuzatishi, odamzod hayotining bebaholigi haqida o‘ylashi, o‘lim haq ekanligini
unutmasligi lozimligi haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk
bosqichidayoq, G‘arb falsafiy an’anasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin.
SHundan beri o‘tgan ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida bu borada deyarli hech
qanday o‘zgarish yuz bergani yo‘q, zero, avvalgidek, odamzodning hayot yo‘li tug‘ilish vao‘lish
sanalari bilan chegaralanadi. SHuningdek, birinchi sana doim muayyan, aniq bo‘lsa, ikkinchi sana
inson umrining oxirgi soniyalarigacha mavhum bo‘lib qoladi. Ayni shu sababli hayotning
mazmuni muammosi har bir inson qarshisida ertami-kechmi ko‘ndalang bo‘ladi va u o‘ziga aniq
va uzil-kesil javob topish mumkin bo‘lmagan savollarni beradi. «Bu dunyoda nima uchun
yashayapman», deb so‘raydi o‘zidan inson va agar bu savolga o‘zi javob bermasa, o‘z hayotiga
muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning o‘rniga hech kim va hech qachon bajarmasligini
vaqto‘tishi bilan anglay boshlaydi. Abadiyat qarshisida, o‘lim qarshisida har kim, oxir-oqibatda,
o‘zi bilan o‘zi tanho qoladi. Albatta, jamiyatda inson o‘zini bu darajada yolg‘iz his etmaydi, biroq,
ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, bu hol toki inson boshqalarning ham o‘z hayoti borligi va ular ham
o‘z hayotining mazmuni va o‘zining vazifasi haqidagi o‘ta shaxsiy muammolarni mustaqil echish
zaruriyati qarshisida turganini anglab etgunga qadar davom etadi. Bundan ekzistensializm
falsafasida yolg‘izlik muammosi kelib chiqadi. Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada
ham inson borlig‘i tahlilidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi.


Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin