Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


-MAVZU. GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə10/12
tarix22.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#190330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
falsafa 2 javoblar

10-MAVZU. GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MUAMMOLARI.

  1. Globallashuv hodisasi va globalistika.

Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish
uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda
dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol
integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi.
Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va
ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan
jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga
qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va
universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui,
shuningdek, ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. «globus» – «Yer kurrasi») deb
nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona
bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Shuningdek, globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik
o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.

  1. Global jarayonlarning shakllanish tarixi.

Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga
XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa, u amalda real shakl-
shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon
maydoni shakllanishiga olib kelgan, «Buyuk geografik kashfiyotlar» yuz bergan davr edi. Ayni
shu davrda, dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga
o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga
muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga
kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi
zikr etilgan voqealar, pirovard natijada, insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning
atrof-muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida
ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab, insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq
sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni
shu davrda, ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof
savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish,
bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta
boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy
ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab
bo‘ldi. Xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda
tashib keltira boshladilar va shu tariqa, uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning
o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan
uzviy bog‘liq bo‘lgan,degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib, Sharq va
G‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlash tirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar.
Shu tariqa, ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning
zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.


  1. Yüklə 84,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin