8-mavzu: Turli bog`lanishlar, jadvallar hamda funksional bog`lanish haqida tasavvur hosil qilish mеtodikasi. O‘rtacha tezlikni topishga doir masalalar



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix09.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#110198
8-mavzu Turli bog`lanishlar, jadvallar hamda funksional bog`lan



8-mavzu: Turli bog`lanishlar, jadvallar hamda funksional bog`lanish haqida tasavvur hosil 
qilish mеtodikasi. O‘rtacha tezlikni topishga doir masalalar
Reja: 
1. Algebraik materiallar o`rtasida funksianal bog`lanishlarga doir topshiriqlarni bajarishni 
o`rgatish.
2. Jadvallar bilan ishlashni o`rgatish metodikasi.
3. Tushunchlar tahlili metodini o`tkazizish orqali mavzuni mustahkamlash. 
Algebraik materiallar turkumidan joy olgan turli funksianal bog`lanish va jadvallar bilan 
ishlash mavzulari asosan 3-4- sinflarda o`rgatiladi. Turli funksianal bog`lanishli materiallarga 
boshlang`ich sinflarda, harakatga doir masalalar(masofa, vaqt, tezlik)ni bog`liqligini, narx, 
miqdor, jami so`mmani bog`liqligini va harfiy ifodadagi harflar o`rniga boshqa-boshqa qiymatlar 
qo`yilganda ishoralar bog`liqligi kabi tushunchalarni kiritishimiz mumkin. Bu mavzularni 
o`rgatishda bog`liqlik asosida formulalar yaratilib, shu formulalar orqali topshiriqlarni bajarish 
o`rgatiladi. Aynan shu bog`lanishli miqdorlar mavzularini o`rgatishda jadvallar bilan berilgan 
ma`lumotlardan foydalanib, topshiriqlarni bajarish osonlik bilan yechimni topishga imkon 
yaratadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. 
1. Funksional bog`lanishli topshiriqlarga asosan qanday topshiriqlarni kiritishimiz mumkin? 
2. Narx, miqdor va jami so`mmani bir-biriga bog`liqligini misollarda tushuntiring. 
3. Musbat yo`nalishli koordinatalar sestimasida gorizantal va vertikal chiziqlarda hosil 
bo`ladigan nuqtalarni grafigini yasashni o`rgatish. 
4. Harfiy ifodalarda ifodaga beriladigan qiymatlarning ifodaning qiymatiga bog`liqligini 
tushuntirib, izohlab bering. 
5. Jadvallar bilan ishlashning umumiy masalalari haqida so`zlab bering. 
6. Boshlang`ich sinflarda qanday materiallar jadvallarda yaqqol ko`rinib qoladi? 
7. Jadvalni metodikasi bilan ishlang: b va c ning quyidagi qiymatlarida b·c va b:c ifodalarning 
qiymatini hisoblang:
b 8 000 1 000 15 000 600 
c 10 
100 
10
100 
8. Misollarni davom ettirib bajarish usulida hisoblang: 
900–(72+28)·4= (2 000–1860)+(23+77)·5=
810:9+(48–32)= 6·(450–430)–(760–750)= 
Boshqotirmalar bilan ishlash. 


Tushunchalar tahlili metodi. 
Тушунчалар
Сизнингча бу тушунча қандай маънони англатади?
Қўшимча 
маълумот 
Algebraik material 
Jadvallar bilan ishlash 
metodikasi 
Ifoda 
va 
ifodaning 
qiymati
Harfiy va sonli ifoda 
O`zgaruvchili ifoda 
Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash. Masalalarni metodikasi bilan 
yeching. 
1-masala.Otaning yoshi nechada bo‘lsa uning uchala farzandlari birgalikdagi yoshi ham 
shunchaga teng. ota va uning farzandlari birgalikdagi yoshi uchinchi farzandi yoshidan 8 marta 
ko‘p. birinchi farzandi uchinchi farzandidan 6 yosh katta. agar otaning yoshi 2 yildan so‘ng 21 
ning ikkilanganiga teng bo‘lsa, ota va uning har bir farzandlari yoshini toping? 
2-masala.1-javonda bir nechta kitob bor. 2-javonda undan 2 marta ko‘p kitob bor. 1-javondan 8 
ta kitobni olib, 2-javonga qo‘shsak, 2-javonda 1-javondan 5 marta ko‘p kitob bo‘ladi. 1- 
javonda nechta kitob bo‘lgan? 
3-masala.Nonvoy ertalab 32 ta non sotdi. tushlikda nechtadir non sotdi. kechqurun esa 
tushlikdan 2 marta ko‘p non sotganidan keyin nonvoyxonada 62 ta non qoldi. nonvoy jami 149 
ta non sotgan bo`lsa, jami nonlar nechta va tushlikda qancha non sotilgan? 
4-masala.Kutubxonada 1-javonda bir nechta kitoblar bor edi. undan 10 ta olib 2-javonga 
qo‘yilganda 36 ta kitob bo‘ldi. ikkala javonda 86 ta kitob bo‘lsa, dastlab 1-javonda nechta kitob 
bo‘lgan? 


5-masala.Quruvchilar bir nechta bir xonali undan 6 marta ko‘p 2 xonali va 2 xonalidan 2 marta 
kam 3 xonali uy qurishdi. jami qurilgan uylar 1250 ta bo‘lsa, 1,2 va 3 xonali uylardan
nechtadan qurilgan? 
6-masala.Omborda bir necha qop shakar bor edi. shundan 20 qop shakarni omborga qoldirib, 
qolganini 5 ta magazinga 20 qopdan tarqatdi. dastlab magazinda necha qop shakar bo`lgan? 
7-masala.Maktab kutubxonasida 5000 ta darslik kitob bor edi. birinchi kuni kitoblarning bir 
qanchasi, ikkinchi kuni esa 1-kungidan 800 ta ortiq kitob o‘quvchilarga tarqatildi. qolgan 
kitoblarni esa 6 ta javonga 150 ta dan qilib terildi. birinchi kuni o‘quvchilarga qancha kitob 
tarqatilgan?

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin