Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Bilishning asosiy turlari va shakllari



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə2/12
tarix22.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#190330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
falsafa 2 javoblar

3. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto
mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri
hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda
ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga olib,
bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida
gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz.
Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham
ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir dalillar
keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos keladigan
va ma’lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb hisoblaymiz. Teran ma’no bilan
sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham saqlanib qolgan. Ayni
zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga
oydinlik kiritadi. «S sub’ekt qandaydir P predmetni biladi», degan standart gnoseolgik talqin
quyidagi uch shartni o‘z ichiga oladi:
○ Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon
Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan
shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning
bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
○ Ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning
mavjudligiga e’tiqodi komil bo‘ladi). Masalan, agar biz O‘zbekistonda daryo bor desak, biz uning
amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda, bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi
va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib,
tashqarida yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti, lekin men bunga
ishonmayman»,deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini

Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin