4. Ong-tafakkur va borliqning birligi. Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni
tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi.
Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar
ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks
etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat
narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan
ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi.
Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li
bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan,
«Terak – o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning
o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki
haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch
kelamiz.
7-MAVZU. TIL VA KOMMUNIKASIYA – TUSHUNISH VOSITASI Til va kommunikatsiya tushuncasi.
Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.
Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.