„bilish va tadqiqot yo ‘li“, „nazariya“, „ta’limot“



Yüklə 41,17 Kb.
səhifə2/5
tarix16.06.2023
ölçüsü41,17 Kb.
#131294
1   2   3   4   5
METODIKA QOSIMOVA eng kerakli joylari

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993-yil 2-sentabrda „Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida“gi qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-mayda bu qonunga o'zgartirishlar kiritildi.


O'qituvchi yozish vaqtida 65° qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25° qiyalikda qo'yilishini amaliy ko'rsatib turadi.


O'qish va yozuv darslariga qo'yiladigan talablar:


1. Umumdidaktik talablar
2. Maxsus metodik talablar

Izohli o'qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan.


Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar,hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi.


O'qish tezligi bir daqiqada o'qiladigan so'zlar soni bilan belgilanadi.2005-yilda e’lon qilingan o'qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o'qish sur’ati 20—25 so'z (notanish matnni o'qish tezligi ham 20—25 so'z); o'quv yili oxirida 25—30 so'z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnnio'qish tezligi 30—35 so'z; 2-yarim yilligida 40—50 so'z;


3- sinfning 1-yarim yilligida 60—70 so'z; 2-yarim yilligida 70—80 so'z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so'z, ovozli o'qishda 90—100 so'z deb belgilangan.

Boshlang'ich ta ’limda o'qishning uch turidan foydalaniladi:


1. Ovozli o'qish.
2. Ichda o'qish.
3. Shivirlab o'qish.

Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega:


1. Bir vaqtning o'zida butun sinf o'quvchilari o'qiydi.
2. O'quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari
takomillashadi.
3. O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi.
4. Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e ’tibor kuchayadi.

Ovozli o'qishning afzalliklari quyidagilar:


1. O'qituvchi o'quvchilaming xato va kamchiliklarini, o'qish ko‘nikmalarini aniqlay oladi.
2. Kichik yoshdagi o'quvchilar ovoz chiqarib o'qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.
3. Ovozli o'qishdan kitobxon estetik zavq oladi.
4. Ovozli o'qishda ifodalilikka katta e ’tibor beriladi.
5. Ovozli o'qish o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqini o'stirishda katta ahamiyatga ega.

Shivirlab (yarim ovozli) o'qish darsning tashkiliy qismlarida,0‘qituvchi sinf jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilami darsga tayyorlash bosqichlarida o'tkaziladi.


Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash 3 asosiy bosqichga bo'linadi.


Boshlang'ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish kerak.


Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.


Boshlang'ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi.


Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 2. O'qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish.
3. 0 ‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig'ini bajarish.

Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilar nutqining o'sish darajasi to'g'ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir.


STO'ning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.


Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO' darslari tashkil etilgan. STO‘ darslari 1-2 -sin fd a haftada 1 marta, 3—4-sinfda 2 haftada I marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 1 7 -2 0 daqiqasi ajrati.

Sinfdan tashqari o ‘qish bosqichlari:


1. Tayyorlov bosqichi. 2. Boshlang'ich bosqich. 3. Asosiy bosqich.

Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:


1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e ’tiborga olinadi.
3. Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
4. Kitob tanlashda o ‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o ‘qishi hisobga olinadi.
5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.

Morfologiyada, asosan, so'zlaming grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o'rganiladi.


Sintaksisda so'zlarni o'zaro bog'lanib so'z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ulaming mazmuni va ishlatilishi o'rganiladi.


„Ta’lim to'g'risida“gi qonunda „Boshlang'ich ta’lim umumiy o'rta ta ’lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir", deyiladi.


Boshlang'ich sinflarda ona tili ta ’limining maqsadi, vazifalari sifatida DTSda quyidagilar belgilab berilgan:
1. ...bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglashi, o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
2. ...o'z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o'rgatish.
3. ...yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o'qiy olish ko'nikmasini shakllantirish.
4. O'qish sur’atini oshirish, ta’limning shu bosqichi uchun xos bo'lgan sidirg'a o'qishni egallashlariga erishish.
5. Fikmi yozma bayon etish bo'yicha belgilangan quyidagi ko'nikmalarni egallash.

Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo‘yiladigan talablar:



Yüklə 41,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin