Nutq turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, „o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir.
Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi.
O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar
1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin.
2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin.
3. Nutq aniq bo'lsin.
4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin.
5. Nutq tushunarli bo'lsin.
6. Nutq ifodali bo'lsin.
7. Nutq to'g'ri bo'lsin.
Nutq o`stirishda ehg ahamiyatli darslar : ona tili,o`qish,matematika,tabiat,mehnat va rasm.
Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:
1. 0 ‘quvchilar lug'atini boyitish, y a ’ni yangi so'zlarni, shuningdek,bolalar lug'atida bo igan ayrim so'zlaming yangi ma’nolarini o'zlashtirish.
2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish.
3. Lug'atni faollashtirish, y a ’ni o'quvchilar ma’nosini tushunadigan,ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni fa o l lug'atiga o'tkazish
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar fa o l lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish.
O‘quvchilar lug'ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:
Atrof-muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati,bolalaming o'yini va o'qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish.
Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. So'zni kontekst asosida tushuntirish.
2. So'z ma’nosini lug‘atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish
3. So'z ma’nosini shu so'zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish.
4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish
5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish.
6. So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish.
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlaming ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
Boshlang'ich sinflarda ko'p ma’noli va shakldosh (omonim) so'zlar yuzasidan nazariy ma’lumot berilmaydi, bunday tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ko'riladi, xolos.
Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. 6 tur.
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o'zaro bog'langan ma’noli qismlarga bo'linadigan nutq bog'lanishli nutq deyiladi.
Metodik an’anaga ko'ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo'linadi.
Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so'ng yozma qayta hikoyalashdir.
Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, 2-sinfda katta bo'lmagan (30—40 so'zli) matn yuzasidan o'qituvchi yordamida so'roqlar asosida bayon yozish, 3-sinfda 40—60 so'zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo'lib tuzilgan 3—5 ta reja asosida bayon yozish, 4- sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70—90 so'zli) bayon yozish ko'zda tutiladi.
Tanlab qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud:
1. O'qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya qilish.
2. O'qituvchi topshirig'i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya qilish.
3. Berilgan mavzu bo'yicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni hikoya qilish. Bu ish tanlab hikoya qilishning murakkabroq turi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |