Bino va inshootlar konstruksiyasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/31
tarix10.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#87277
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari



 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA'LIM VAZIRLIGI 
 
 
 JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI 
 
"Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi 
 
 
 
 
 
Asatov N.A., Erboyev Sh.O., Aliyev M.R. 
 
 
 
 
BINO VA INSHOOTLAR 
KONSTRUKSIYASI HISOBI ASOSLARI 
 
 
 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
(kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun mo’ljallangan) 
 
 
 
 
 
 
 
 
JIZZAX - 2013 y. 
 
 



Asatov N.A., Erboyev Sh.O., Aliyev M.R. 
E'tiboringizga havola etilayotgan “Bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi 
asoslari” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma qurilish sohasidagi kasb-hunar kollejlari 
o’quvchlair uchun ushbu fan o’quv dasturi asosida yozilgan. Undan oliy o‘quv 
yurtlarining texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar, ilmiy-texnik 
va muhandis xodimlar, magistrlar, tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. 
Shuningdek, mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarida hamda o‘rta maxsus 
kasb-hunar kollejlarida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun ham foydali deb 
hisoblaymiz. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma JizPi ilmiy-uslubiy kengashining “___” 
_______________ 2013 y. № ___ -sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya 
etilgan. 
Taqrizchilar: Xolboyev U.
Zokirov S.
 
 

Jizzax politexnika instituti 



KIRISH 
Qurilish konstruksiyalari - har qanday bino va sun'iy inshootlarni qurish, turar-
joy binolari, jamoat, sanoat va qishloq xo'jalik binolari, ko'priklar, katta hajmli 
imoratlar, quvurlar va inshootlarning asosi hisoblanadi. Bino va inshootni qurish 
uchun sarflangan xarajatlarning asosiy qismi konstruksiyalarga to'g'ri keladi.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi kapital qurilislar, qurilish 
konstruksiyalaridan samarali foydalanish rivojining juda tez jadallashuviga turtki 
bo'idi - konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan xomashyolar to'xtovsiz 
takomillashib bormoqda. Shu boisdan ularni hisoblash, loyihalash va tiklash usullari 
ham takomillashtirilmoqda. Qurilish konstruksiyalarini hisoblashdan maqsad 
qurilishning samaradorligini oshirish, uning konstruktiv sxemalarini ixchamlashtirish 
va konstruksiyalarni tiplashtirish asosida, iloji boricha ko'proq tayyorligini oshirish 
bo'lsa, ikkinchisi - bu imoratlami raqobatbardosh, yuqori sifatli, shinam va vazifaviy 
qulay bo'lishini ta'minlashdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomat-
lashtirilgan 
texnologik 
jarayonlarni 
qo'llash 
bilan 
bir 
qatorda 
qurilish 
maydonchalarida bajariladigan ishlarga keng imkoniyatlar ochib berildi.
O’quv qo’llanmada qurilish konstruksiyalarini hisoblash usullari, konstruktiv 
elementlardan tayyorlanadigan fuqaro va sanoat binolari konstruksiyalari haqida 
zarur axborotlar keltirilgan. Yangi bilimlar bo'lmish - konstruksiyalarning optimal va 
ishonchli bo'lishini ta'minlaydigan usullar; fuqaro va sanoat binolarini loyihalashda, 
qurishda va undan foydalanishda sifat ko'rsatkichlar keltirilgan.
Kitobning birinchi bobida qurilish konstruktsiyalarini hisoblash va loyihalash 
bino va inshootlar ta'rifi, ularning tuzilishi, klassifikatsiyalari, ularga qo'yiladigan 
talablar hamda konstruktiv elementlari keltirilgan.
Ikkinchi bobda mеtall konstruktsiyalar, qurilishda ishlatiladigan metallarning 
xossalari 
va 
sortamenti, 
mеtall 
konstruktsiyalarni 
hisoblash, 
mеtall 
konstruktsiyalarning xususiyatlari keltirilgan.
Keyingi, uchinchi bobda yog’och konstrukutsiyalarinig turlari, yog’ochning 
mexanik tarkibiga turli omillarning ta’siri, yog’och konstrukutsiyalarini chirishdan va 



yong’indan himoya qilish, yog’och konstrukutsiyalarinig afzalliklari va kamchiliklari, 
yog’och konstrukutsiyalarini hisoblash, yog’och konstrukutsiyalardan qurilishda 
foydalanish keltirilgan.
To'rtinchi bobda qurilish konstruksiyasi sifatida tosh, g’isht va o’zaklangan 
konstruktsiyalar, g’ishtli devorlar konstruktsiyasi, mayda blok va tabiiy toshdan 
terilgan devorlar kabi mahalliy xomashyolar asosida qurilish tajribasidan 
mujassamlangan bilimlar keltirilgan.
Beshinchi bobda keng qo'llanilayotgan konstruksiyalar: beton va temirbeton 
konstruksiyalar 
uchun 
zarur 
axborotlar 
berilgan, 
eng 
keng 
tarqalgan 
konstruksiyalarning xususiyatlari, mohiyatlari va sifatlari tahlil qilingan. Ularning 
mexanik ko'rsatkichlari va qo'llashda zarur bo'lgan sifatlari muhokama qilingan.
Oltinchi bobda zamin va poydеvorlarni hisoblash, loihalash va ularga 
qo’yiladigan talablar keltirilgan. 
Umuman, kitobda «Bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari»ga doir 
eng zarur va dolzarb axborotlar mujassamlashtirilgan bo'lib, bu qo’llanmada kasb-
hunar kolleji o’quvchilari uchun mo'ljallab tayyorlangan.




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin