Bino va inshootlar konstruksiyasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/31
tarix10.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#87277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


76 
VI BOB. BINO VA INSHOOTLARNING POYDEVORLARI 
 
6.1. POYDEVORLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI 
 
Bino va inshootlar hamma vaqt poydevorga o'rnatiladi, poydevor esa zaminga 
yoki asosga joylashtiriladi. Poydevorni tanlashda va uni loyihalashda asosni geologik 
tadqiqot qilib, grunt qatlamlari, ularning fizik va mexanik ko'rsatkichlari aniqlanadi. 
Zarur bo'lsa zamin ma'lum texnologiya asosida tayyorlanadi va poydevor shu 
tayyorlangan zaminga o'rnatiladi. Poydevor binoning turiga, quriladigan maydon 
xususiyatiga, imkoniyat va talablarga qarab turli ashyolardan tayyorlanishi mumkin. 
Tarixan eng ko'p tarqalgan poydevorlar toshlardan yoki pishiq g'ishtlardan qilingan, 
bunday poydevorli bino va inshootlar bir necha asr o'z xizmatini bajarib kelmoqda. 
Keyingi davrlarda temirbeton yoki beton poydevorlari keng qo'llanilmoqda.
Temirbeton poydevorlarning qo'llanilishi ularni joylashtirilish chuqurligini 
kamaytirishga imkon beradi. Bunda yer qazish ishlariga va poydevorni ko'tarishga 
ketadigan xarajatlar ancha kamayadi. Bunday poydevorlarning muhim afzalligi - 
ishlarning industriallashtirilganligidir.
Temirbeton poydevorlar uch turga: alohida turuvchi, ustunlar ostida yoki 
devorlar ostida quriluvchi lentali xillarga ajratiladi.
Alohida turuvchi va lentasimon (uzluksiz) poydevorlar yig'ma yoki yaxlit 
bo'lishi mumkin.
- Bo'sh va bir jinsli bo'lmagan tuproqda ba'zan qoziq (svay) poydevorlar 
qo'llaniladi, ular bir guruh qoziqlardan iborat bo'lib, ularning ustiga temirbeton plita 
rostverk joylashtiriladi.
Poydevorlar - bu bino va inshootlarning juda muhim qismi bo'lib, ularning 
qiymati ham yuqori (binoning umumiy tannarxining 4-6%), shuning uchun 
poydevorlarning eng tejamli va ishonchli konstruktsiya yechimlarini tanlashga katta 
ahamiyat berish kerak. 
Har qanday muhandislik inshooti mustahkam va turg'un holatini hamma vaqt 
o'zgartirmay saqlashi, shuningdek, shakl o'zgarishi jihatidan unga qo'yiladigan 


77 
talablarga ham javob berishi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, ular zaminidagi 
gruntda yuz beradigan o'zgarishlar natijasida buzilishi, egilishi, buralishi va cho'kishi 
mumkin. 
Turli-tuman geologik va gidrogeologik sharoitlarda barpo etiluvchi zamin va 
poydevorlarning birgalikdagi ish xususiyatlari, poydevorlarning turlari, tiklash 
jarayonlari, ularni hisoblash va loyihalash ishlari, shuningdek, bo'sh gruntli 
zaminlarni qotirish, ularda inshoot barpo etish masalalari hal etiladi.
Inshootdan tushayotgan yukni zaminga uzatish bilan birga uning turg'unligini 
ta' minlovchi yerosti yoki suvosti qurilma poydevor deb ataladi.
Bino va inshootlarning mustahkamligi va turg'unligini ta'minlashga oid 
masalalar zamin gruntlarining mustahkamlik va turg'unlik darajasi bilan uzviy 
bog'liqdir. Shuningdek, poydevor qurilmalarini to'g'ri tanlash va ularni tiklash 
jarayonida yuz beradigan o'zgarishlar ta'sirini o'rganish ham ahamiyatlidir. Bunday 
masalalarni to'g'ri yechishning birdan-bir yo'li qurilish maydonida mukammal 
ravishda muhandislik (yershunoslik va suvshunoslik)ka oid izlanishlar olib borish
inshoot og'irligi ta'sirida bo'ladigan zamin gruntlariga xos barcha fizik va mexanik 
xususiyatlarni, ko'rsatkichlarni batafsil o'rganish natijasida mulohaza yuritishdir.
Qayd etilgan mulohazalar va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasi 
poydevorsozlik sohasida yangi qurilmalar ishlab chiqarishda yaratildi.
Zamin va poydevorlarni loyihalashda nazarda tutilgan asosiy maqsad ularning 
turini (ya'ni, tabiiy yoki sun'iy zamin) tanlashdan va poydevorning o'lchamlarini 
(chuqurligi, tag yuzasi, uning ko'rinishi va hokazo) qidirishdan iborat.
Bunda bino va inshootlarning mustahkamligini, turg'unligini va uzoq muddat 
ishlashini ta'minlovchi birdan-bir yo'l - uning cho'kish qiymatini va bir necha 
poydevorlar orasidagi cho'kish farqini izlashdir.
Hozirgi zamon zamin va poydevorlar loyihasi asosini grunt, poydevor va 
inshoot qurilmalarini birgalikda olib qarash tashkil etadi.
Shuning uchun zamin va poydevorlarni loyihalashda ikki asosiy masalani hal 
etish lozim: birinchisi inshootning tegishli mustahkamligi va turg'unligini ta'minlash, 
ikkinchisi ashyo materiallar sarfi, ish hajmi va ularning tannarxi nuqtayi nazaridan 


78 
iqtisodiy arzon turini tanlashdan iborat.
Odatda, zarnin va poydevorlar loyihasi bir necha ko'rinishda hal etiladi va 
ulardan texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgani qabul qilinadi.
6.2. POYDEVOR TURLARI VA ULARNI LOYIHALASH 
Inshoot zamini va poydevorini loyihalashdan oldin qurilish maydonida 
yershunoslikka oid izlanish o'tkazilib, qurilish pasporti tuziladi. Qurilish pasporti 
deb, bir turdagi loyihalarni turli jamoat, sanoat va yerosti inshootlarini bir-bili bilan 
bog'lash uchun xizmat qiladigan barcha texnik hujjatlarga aytiladi.
Qurilish pasporti quyidagi texnik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi:
- qurilish maydonining 1:500 va 1:2000 masshtabda chizilgan rejasi.
Unda loyihadagi inshootning o'lchamlari hamda burg'ilangan joylar o'rni va 
shurf qazilgan yerlar aniq ko'rsatilgan bo'lishi shart;
- qurilish maydonining tuzilishiga oid qirqim;
- grunt qatlamlarining fizik-mexanik xossalari;
- qurilish maydonining yerosti suvlari xususiyatlari;
- grunt suvlarining kimyoviy xossalari;
- qurilish maydoni muhandis-yershunoslik shart-sharoitlari hamda zamin va 
poydevorlarni loyihalash shartlari to'g'risida umumiy ma'lumot.
Qurilish maydonida geodezik ishlar. Poydevorlarni loyihalash uchun odatda 
qurilish va uning atrofidagi maydonlarning yer ustki sathi va uning ko'rinishi 
tasvirlangan 1:500 va 1:2000 masshtabdagi chizmasi kerak bo'ladi.
Qurilish maydonining yershunoslikka oid tasviri. Qurilish maydonining 
ershunoslik tasviri quyidagi maqsadni ko'zlab olib boriladi:
- poydevorlarning chuqurligini belgilash;
- inshoot zaminining yuk ko'tarish qobiliyatini aniqlash;
- poydevorlarning qulay konstruksiyasini tanlash;
- poydevorlar o'rnatishda ilg'or qurilish ishlarini olib borish;
- poydevorlarning cho'kishini va mustahkamligini aniqlash;


79 
- inshoot bunyod etilgandan so'ng uning uzluksiz ishlashini ta'minlash.
Grunt qatlamlarining fizik-mexanik xossalari. Qurilish maydonining 
yershunoslikka oid tuzilishi o'rganilgandan so'ng, inshoot zaminining yuqoridan 
uzatiluvchi yuk ta'sirida bo'lgan barcha qatlamlarining fizik-mexanik xossalari 
o'rganiladi.
Bu ishlarning umumiy hajmi qurilish maydoni muhandis-yershunoslik 
sharoitlarining murakkabligiga va loyihalashtirilayotgan inshoot o'lchamlari hamda 
uning xizmat davriga bog'liq bo'ladi.
Gruntlarning fizik-mexanik xossalari qurilish maydonining muhandis-
yershunoslik tuzilishi to'g'risidagi ashyolar bilan birgalikda poydevor chuqurligini 
tanlashda, poydevor turini belgilashda va tegishli hollarda zamin gruntlarini 
shibbalash va mustahkamlashda, gruntlarning tabiiy xususiyatlarini saqlashda va 
grunt qatlamidagi suvlarning inshoot yerosti qismlariga ta'sirini o'rganishda juda katta 
yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, zamin va poydevorlar loyihasini tuzishda qurilish 
maydoni yershunoslik yoritmasi va gruntlarning fizik-mexanik xossalari yordamida 
inshootning qurilma bo'laklariga bo'lgan talab ham ishlab chiqiladi.
Qurilish maydonining suv sharoitlari. Qurilish maydonida olib borilgan 
yershunoslik va suvshunoslikka oid izlanish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
a) grunt qatlamlaridagi suvning nisbiy sathi;
b) grunt qatlamlaridagi suvning yo'nalishi va tezligi;
d) suv sathining sharoit bo'yicha o'zgarishi va unga atmosfera yog'inlarining 
ta'siri, shuningdek, suv sathining eng kam va eng yuqori qiymatlari;
e) gruntlarning suv sizdirish qobiliyati;
t) grunt qatlamidagi suvlarning kimyoviy xossalari.
Yerosti suvlarini kimyoviy tekshirish. Suvshunoslikka oid izlanishlar 
jarayonida yerosti suvlari albatta kimyoviy tekshirilishi lozim. Bu esa suv tarkibidagi 
ba'zi moddalarning poydevorga yemiruvchan ta'sirini o'rganish uchun zarur.
Yerosti suvlarini kimyoviy tekshirishda ularning kislota tarkibiga, karbonat 
mustahkamligiga, sulfat va magniy tuzlariga, erkin holdagi uglekislotalar borligiga 


80 
alohida ahamiyat bermoq lozim. Bu moddalarning qiymatiga qarab poydevorlarni 
ulardan himoya qilish yo'llari ishlab chiqiladi.
Poydevor turlari. Binokorlikda ishlatiladigan barcha poydevorlarni quyidagi 
turlarga ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iborat.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin