Bino va inshootlar konstruksiyasi


I-BOB. QURILISH KONSTRUKTSITSLARI, ZAMINLARNI HISOBLASH



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix10.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#87277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari

I-BOB. QURILISH KONSTRUKTSITSLARI, ZAMINLARNI HISOBLASH 
VA LOYIHALASH 
1.1. BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI 
Fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlari ko'rinishlari, fazoviy 
ko'rsatkichlari, vazifalari va ularga qo'yilgan talablar bo'yicha ma'lum ta'rif va 
tushunchalarga ega. Quyida shu masalani sodda va tushunarli ko'rinishda ifodalash 
uchun tegishli ta'riflar va tushunchalar keltirilgan.
BINO - kishilarning biror ish faoliyatiga mo'ljallangan va moslashtirilgan, 
ichki fazoga-bo'shliqqa ega bo'lgan yer usti inshooti.
INSHOOT - jamiyatning moddiy hamda ma'naviy ehtiyojlarini qondirish 
uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar.
MUHANDISLIK INSHOOTLARI - amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan, 
binolarga aloqasi bo'lmagan inshootlar: to'g'onlar, ko'priklar, televizion minora, 
tunellar, metropoliten, turli mahsulotlarni saqlaydigan katta hajmdagi idishlar va 
boshq.
1.2. BINOLARNING TUZILISHI 
Binolar quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin:
1. Hajmiy elementlar, ya'ni bino hajmining yirik qismlari (alohida xonalar, 
sanitariya kabinalari va h.k.).
2. Konstruktiv elementlar, ya'ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy qismlar 
(poydevorlar, devorlar, to'sinlar, qavatlararo yopmalar, yopmalar, tomlar va boshq.).
3. Qurilish ashyolari, ya'ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi, nisbatan 
kichik qismlar (g'isht, beton, oyna, po'lat, armatura va boshq.).



1.3. BINOLARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR 
Binolar quyidagi ko'rsatkichlarga binoan bir-biridan farq qiladilar:
1. Vazifasiga muvofiqligi, ya'ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga mo'ljallangan 
bo'lsa, u shu jarayon talabiga to'liq javob berishi kerak (yashash uchun, mehnat qilish 
uchun qulay, dam olishga moslashgan va h.k.).
2. Texnik tomondan muvofiqligi, ya'ni bino kishilarni tashqi ta'sirlar (past yoki 
yuqori harorat, yog'ingarchilik, shamol va h.k.)dan to'la asrashi, mustahkam va 
ustivor bo'lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi lozim.
3. Bino ko'rinishi me'morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, 
uning tashqi (ekster’er) va ichki (inter’er) ko'rinishi chiroyli, shinam, atrof-muhit 
bilan uyg'unlashgan bo'lishi kerak.
4. Iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya'ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini 
kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtni tejash ko'zda tutiladi. 
1.4. BINOLARGA TA’SIR QILADIGAN TASHQI TA'SIRLAR 
Yuqorida ta'riflangan bino konstruksiyalariga bir necha xil tashqi va ichki 
kuchlar ta'sir etadi, ularning ta'riflari quyidagilardan iborat:
1. Tashqi kuchlar - bino elementlari (qismlari)ning xususiy og'irligi, 
shamolning ta'sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalarning tasodifiy buzilishi 
natijasidagi ta'sirlar va boshq;
2. Atrof-muhit ta'siri - tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining 
o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta'siri (qurilish ashyolarining 
xususiyatlarini o’zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta'siri (xona 
ichidagi mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta'siri 
(qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo 
tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta'siri (konstruksiyaning yemirilishiga 
va buzilishiga olib keladi), biologik ta'sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar 
konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta'siridan 



xonadagi normal akustik rejimning buzilishi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin