19
Inshoot fazoviy mustahkamligini oshirish, uni cho‘kish chiziqlari bilan alohida
bo‘laklarga
ajratish, inshoot devorlarini gorizontal temirbeton belbog‘lar bilan
o‘rash va hokazolar orqali amalga oshiriladi. Ba'zi hollarda inshootni
kelajakdagi cho‘kishga chidamliligini oshirish maqsadida
imorat konstruktiv
elementlarini plastik sharnirlar kiritish yo‘li bilan o‘zgartirish ham maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, zamin va poydevorlar loyihasini tuzishda
qurilish maydoni geologik tasviri va gruntlarning
fizik -mexanik xossalari
yordamida inshootning yuqori konstruktiv elementlariga bo‘lgan talab ham
ishlab chiqiladi.
Qurilish
maydonining
gidrogeologik
sharoitlari.
Zamin
va
poydevorlar, bino va inshoot yerto‘lalari qurilishida ish olib borish turini
tanlashda qurilish maydonida o‘tkazilgan gidrogeologik
qidiruvlar natijasidan
foydalaniladi.
Qurilish maydonida olib borilgan gidrogeologik qidiruv jarayonida
quyidagilar aniqlanadi:
• grunt qatlamlaridagi suvning nisbiy sathi;
• grunt qatlamlaridagi suv oqimining yo‘nalishi va tezligi;
• suv sathining sharoit bo‘yicha o‘zgarishi va bu o‘zgarishga
atmosfera
yog‘inlarining
ta'siri.
Shuningdek
suv
sathining
eng ko‘p va eng kam bo‘lgan qiymatlari:
• gruntlarning o‘zidan suv o‘tkazish qobiliyati;
• grunt qatlamidagi suvlarning ximik xossalari.
Yer osti suvlarini kimyoviy tekshirish. Gidrogeologik izlanishlar jarayonida
yer osti suvlari albatta kimyoviy tekshirishdan o‘tkazilishi k e r a k . B u e s a
s u v t a r k i b i d a g i b a ' z i m o d d a l a r n i n g p o yd e v o r
materialiga yemiruvchan
ta'sirini o‘rganishda xizmat qiladi.
Yer osti suvlarini kimyoviy analiz qilishda quyidagilarga alohida
ahamiyat bermoq kerak: kislota tarkibiga, karbonat mustahkamligiga, sulfat
va magneziy tuzlariga, erkin holdagi ugleokislotalar borligiga va boshqalar.