Konstruksiyalarni hisoblashda yuklar klassifikatsiyasi
Inshootga ta'sir etadigan har qanday tashqi kuchlar yuklar (nagruzkalar) deb
ataladi. Yuklar ta'sir etish xarakteri, ta'sir etish ko'rinishi, ta'sir etish usuli, ta'sir
etishjoyiga qarab turli xillarga bo'linadi (klassifikatsiyalanadi).
1. Yuklar qo'yilish vaqtining davomiyligiga qarab statik va dinamik yuklarga
bo' linadi.
Statik yuklar inshoot yoki uning elementlariga shunchalik ohista qo'yiladiki,
natijada elementlarda hosil bo'ladigan tezlanishlarning qiymatini hisobga olmasa
bo'ladigan darajada kichik bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, statik yuklar ta'sirida
inshootda tebranish yo uyg'onmaydi, yoki uyg'onsa ham juda kichik bo'ladi.
Dinamik yuklar ta'sirida inshoot va uning elementlarida tezlanish uyg'onadi, bu
esa o'z navbatida tebranlshlarning vujudga kelishiga sababchi bo'ladi.
2. Ta'sir etish ko'rinishiga qarab yuklar doimiy va muvaqqat (vaqtincha)
bo'lishi mumkin. Muvaqqat yuklarning o'zi o'z navbatida, uzoq muddatli, qisqa
muddatli va maxsus yuklarga bo'linadi.
Doimiy yuk inshootning xizmat qilish muddati mobaynida o'z qiymati va
yo'nalishini o'zgartirmagan holda mutassil ta'sir etib turadi. Bunga inshootning
xususiy og'irligi, tuproq va suv bosimi kabilar misol bo'la oladi.
Uzoq muddatli muvaqqat yuklarga uzoq vaqt xizmat qiladigan turli jihozlar
(masalan kutubxonalardagi kitoblar), omonat pardevorlar va boshq. kiradi.
Qisqa muddatli muvaqqat yuklar toifasiga shamol, iqlirniy harorat ta'siri,
9
shuningdek qor, odamlar va mebellarning og'irligi kabilar kiradi.
Zilzila va portlash ta'sirlari, gruntlarning notekis cho'kishi maxsus muvaqqat
yuklarga kiradi.
3. Ta'sir etish usuliga ko'ra yuklar bir karrali, takroriy-o'zgaruvchan va
harakatlanuvchan xillarga bo'linadi.
Bir karrali yuklarga inshootga noldan to oxirgi qiymatiga qadar birvarakayiga
qo 'yiladigan kuchlar sistemasi kiradi.
Takroriy o'zgaruvchi yuklar inshootga ta'sir etayotgan kuchlar sistemasining
bir tashkiliy qismidirki, bu qism sistemadagi boshqa kuchlarga bog'lanmagan holda
o'zining miqdor va yo'nalishini o'zgartira oladi. Masalan, shamol inshootga boshqa
kuchlardan mustasno ravishda istalgan yo'nalishda va qiymatda ta'sir eta oladi.
lnshootga ta'sir etadigan har qanday transport vositalari harakatlanuvchi yuklarga
misol bo'la oladi.
4. Ta'sir etish joyiga ko'ra yuklar bir nuqtaga to'plangan (yig'iq), uzunlik yoki
yuza bo'ylab yoyilgan (yoyiq) hamda hajmiy yuklarga bo' linadi.
Ta'kidlab o'tish joizki, real hollarda yukni bir nuqtaga to'plab bo'lmaydi. Aslida
yuk ma'lum yuzachaga ta'sir etadi. Agar yuzachaning o'lchamlari konstruksiya
elementlarining o'lchamlariga nisbatan kichik bo'lsa, ma'lum xatoliklarga yo'l qo'ygan
holda, yuk yuzachaning og'irlik markaziga qo'yilgan, deb qabul qilinadi.
Jism sirtiga ta'sir etuvchi yuklardan tashqari uning hajmi bo'ylab ta'sir etuvchi
kuchlar ham bo'ladi. Jismning xususiy og'irligi, inersiya va magnetizm kuchlari ana
shular jumlasidandir. Hisob jarayonida ular ham jism hajmining ma'lum nuqtasiga
to'planadi. Sanab o'tilgan yuklar klassiflkatsiyasi sxema ko'rinishida berilgan (1.1-
rasm).
Ko'rib o'tilgan tashqi yuklardan tashqari inshootlarga ta'sir etadigan boshqa
ta'sirlar ham mavjud. Masalan, harorat o'zgarganda element deformatsiyalanadi,
demak unda qo'shimcha ichki kuchlar paydo bo'ladi. Inshootlar uchun zilzila kuchlari
ta'siri ham xatarlidir. Bino va inshootlarni bunday kuchlar ta'siriga hisoblaydigan
alohida usullar bor. Ba'zi inshootlar yong'in (olov) ta'siriga ham hisoblanadi. Buning
sababi shundaki, ba'zi konstruksiyalaming materiali yuqori hararat ta'sirida o'zining
10
mexanik xususiyatini keskin o'zgartiradi va buning oqibatida buzilish sodir bo'lishi
mumkin.
1.1-rasm. Yuklar klassifikatsiyasi.
1.5. BINOLAR VA INSHOOTLAR SINFLARI
Binolar quyidagi ko'rsatkichlariga ko'ra har xil kategoriyalarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: |