Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

5.2.3. M agnezial bogMovchilar
Magnezial bog‘lovchilar tarkibida magniy oksidi (MgO) bo‘lib, kaus- 
tik magnezit va kaustik dolomit turlariga bo ‘ linadi. Magnezial bog‘ lovchilar 
kukuni magniy xlorid yoki magniy sulfatning suvli eritmalarida qorilganda 
qattiq sun’iy toshga aylanadi. Magnezial bog‘lovchilar 750-850 °S 
magnezitni (dolomitni) kuydirib olinadi:
M gC 03= M g0+C 02
K austik m agnezitning quyuqlanish davri 20 daqiqadan keyin 
boshlanishi va qotish oxiri 6 soatgacha bo‘Iishi shart. Kaustik magnezit 
400, 500 va 600 (kg/sm 2) markalarda ishlab chiqariladi. Siqilishdagi 
mustahkamligi 1000 kg/sm2 bo ‘lishi mumkin. Kaustik dolomit tabiiy 
dolomit toshini (CaCO, M gC 03) kuydirib olinadi. Tarkibida erkin holda 
CaCO, bo‘lishi tufayli kaustik dolomit sifati kaustik magnezitga nisbatan 
pastroq bo‘ladi. Kaustik dolomit 100, 150, 200 va 300 markalarda ishlab 
chiqariladi. Magnezial bog‘lovchilar organik toMdirgichlar - yog‘och 
qipiqlari va payrahalari, kanop va g ‘o ‘za poyalari va shu kabilar bilan 
yaxshi yopishadi. Ular asosida fibrolit, ksilolit va arbolit singari issiqlik 
izolyatsiyasi kom pozitsion qurilish materiallari hamda yedirilishga 
bardoshli ksilolit pollar, zinapoya qoplama buyumlari tayyorlanadi.
58


Suyuq shisha. 
Suyuq shisha natriy silikat (Na20 .n S i0 ,) yoki kaliy 
silikat (K2OnSiO J laming suvli kolloid eritmasi bo‘lib, sariq yoki jigarrang 
bo‘ladi. 50-70 foiz suvli aralashmasi zichligi 1,3-1,5 g/sm3
Suyuq shisha majcdalangan sof kvars qumi va soda (Na2C 0 3) yoki 
potash (K2C 0 3) aralashAjgsi 1300-1400 °S haroratda suyuqlantirib olinadi. 
Eritma tez sovutilsa va Од - 0,6 MPa bosimli bug‘ ta’sirida (avtoklavda) 
qayta ishlansa, sarg'ish va ko‘kimtir ranglardagi suyuq shisha havoyi 
bog‘lovchi hosil bo‘ladi. Suyuq shishaning qotishi natriy kremneftorid 
(Na2SiF6) kabi katalizatorlar qo‘shib tezlashtiriladi. Suyuq shisha kislotaga 
va yuqori haroratga bardoshli betonlar, silikat bo‘yoqlar, gruntlarni 
zichlashtiruvchi kompozitsiyalar tayyorlashda ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin