Bino va inshootlar qurilishi tem iryo


V II B O B . T E M IR B E T O N K O N ST R U K SIY A L A R



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

97


V II B O B . T E M IR B E T O N K O N ST R U K SIY A L A R
7.1. Umumiy ma’lumotlar
Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo‘lib, beton m atritsadan va 
po‘Iat armatura karkasidan iborat kompozitsion buyumdir. U jam oat va 
sanoat binolari hamda transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va 
boshqa maxsus obyektlar qurilishida keng miqyosda ishlatiladi. Monolit 
va yig‘ma temirbeton konstruksiyalami bino hamda inshootlar qurilishida 
ishlatish mehnat unumdorligini oshiradi, qurilish muddatini qisqartiradi 
va tannarxini pasaytiradi. Betonning cho‘zilishdagi m ustahkamligi 
siqilishdagi m ustahkamligiga nisbatan bir necha o ‘n barobar kamdir. 
Shu sababli tem irbeton konstruksiyalaming cho‘ziluvchi qismi po ‘lat 
armaturalar bilan kuchaytiriladi.
Beton va po ‘lat armaturaning yaxshi tishlashishi hamda harorat 
ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining yaqinligi temir-betonni bir 
butun tizim bo ‘lib ishlashini ta’minlaydi. Beton po‘lat armaturani ob-havo 
ta’sirida korroziyalanishdan saqlaydi.
Temirbeton tayyorlanish usuligako‘ra monolit vayig‘ma konstruksiya- 
larga bo‘linadi.
Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida 
tayyorlanadi. U lar m axsus loyihalar asosida quriladigan bino va 
inshootlarda, gidrotexnik, y o ‘l qurilish hamda aerodrom qoplamalari 
va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda 
qolip-opalubka, havoza va beton quyish ishlariga ko‘p qo‘l mehnati sarf 
bo‘ladi. Ulami quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumiga tayyorlash 
qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan 
sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda 
tiplari o ‘lchamlari minimal o ‘zgaruvchan temirbeton konstruksiyalar 
ishlab chiqarish tejamli bo‘ladi.
Konstruksiyalar oddiy va armaturasi awaldan taranglangan temirbeton 
(AATTb) turlarga bo‘linadi. Po‘lat armaturani aw aldan taranglashdan
98


maqsad, po‘lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton 
konstruksiyaga yuklama qo‘yilganda keskin kamaytirishdir. Bu holatda 
temirbeton konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi beton siqiladi va 
unga shu kuchlanishtfan yuqori bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘lgandagina 
cho‘zilishga ishlaydi.'jKonstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi armatura 
taranglanganda betondafyoriqlar hosil bo‘lishi keskin kamayadi.
AATTb konstruksiyalarda beton va armaturaning yuk ko‘tarish imkoni- 
yatlari to‘laroq ishlatiladi hamda shuning uchun konstruksiyaning massasi 
kamayadi. Buturdagi konstruksiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton 
va mustahkamlikdagi p o ia t armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin