E=h, (1)
bu yerda h - ‘lank doimiysi, - nur chastotasi.
To’lqin uzunligi 10-3 - 10 nm, bo’lgan elektromagnit nurlar rentgen nurlari deb atalib, fotonlarining energiyasi o’rtacha
E= 12,4 keV (0,12dan 1237keV)ni tashkil etadi.
Ionlantiruvchi nurlarning molekulaga tahsir turlari. Radiatsiyaning molekulaga bevosita va vositali tahsiri, molekulaning qo’zg’algan, ionlangan va erkin radikal Holatlari, suyultirish effekti. Ionlantiruvchi radiyatsianing makromolekulalarga (oqsillar, nuklein kislotalar, li’idlarga) tahsiri; tahsir etish turlari.
Ionlantiruvchi nurlarning organizmga tahsiri, ularning molekulaga ko’rsatadigan tahsiridan boshlanadi. Nur tahsirida qo’zg’algan atomlar, ionlangan molekulalar va erkin radikallar yuzaga keladi. Ular o’z navbatida boshqa atom yoki molekulalar bilan tahsirlashib, yangi ionlar, radikallar va kimyoviy birikmalar hosil qiladi, makromolekulalarda esa radiatsion zararlanishlar deb ataladigan, o’zgargan sohalar ‘aydo bo’ladi. Molekulalarning radiatsiyadan zararlanishi, ionlantiruvchi nurlarning bevosita yoki vositali tahsiri natijasida sodir bo’lishi mumkin.
Molekuladagi zararlanish nur fotonlarining bevosita yutilishi tufayli kelib chiqsa, radiatsiyaning bunday tahsiri bevosita tahsir deb, molekulaning zararlanishi, bevosita tahsir mahsulotlarining normal molekulaga tahsir etishi natijasida sodir bo’lsa, bunday tahsir vositali tahsir deb ataladi.
Mahlumki, organizm, jumladan hujayra ichki muhitining asosiy qismini suv tashkil etadi. SHuning uchun ham radiatsiyaning tirik sistemalarga tahsiri tekshirilganda, uning nishon molekulalar, yahni hujayra moddalariga bevosita tegishi bilan bir qatorda, suv molekulalarga ko’rsatadigan tahsirini ham inobatga olish o’ta zarurdir.
Radiatsiyaning suv molekulasiga bevosita tahsiri (suv radiolizi).
Ionlantiruvchi nurlar tahsirida suvda, suv molekulasining ‘archalanishi yuz beradi. Jarayon, suv molekulalarining oddiy, yuksak qo’zg’algan va ionlangan holatlaridan boshlanadi. Bunday hodisalar umuman kvant energiyasi 4-30 eV kattaliklari oralig’ida sodir bo’ladi. Yuksak qo’zg’alish va ionlanish, hodisalari energiyaning 12eV darajasidan boshlanib, energiyaning 30 eV gacha bo’lgan zonani qamrab oladi.
Jarayonni, umum tarzda, quyidagicha tasvirlash mumkin.
h
Dostları ilə paylaş: |