BIOGAZ QURILMALARI
Biogaz texnologiyasidan dastlab eramizdan avvalgi XVII asrda Xitoy, Hindiston, Assiriya va Persiya davlatlarida turli xil ko’rinishlarda foydalanishganligi qayd etiladi. Ammo, oradan 3,5 ming yil o’tgachgina ya’ni XVIII asrdagina biogaz texnologiyasi bo’yicha tizimli ilmiy tadqiqotlar boshlandi.
B u haqida dastlabki ma’lumotlar 1764 yilda Bendjamin Franklinning Djozefu Pristliga AQSH dagi Nyu Djersi shtatida amalga oshirgan tajribalari haqida yozgan xatida uchraydi.
2 – rasm. Biogaz olishning qadimiy Xitoy uskunasi
1776-yilda Aleksandr Volt botqoqlikdan alangalanuvchi gaz hosil bo’lishini va buning metan gazi ekanligini ilmiy isbotlab berdi. 1804-yilda esa metan gazining formulasini Dalton ochdi va shundan so’nggina biogaz bo’yicha amaliy tadqiqotlar boshlandi21.
Biogaz hosil bo’lishini o’rganishda Rossiyalik olimlarning hissasi katta bo’ldi, jumladan Popov 1875-yilda haroratning ajraladigan gaz miqdoriga ta’sirini o’rganib chiqdi. Natijada, biogaz ajralishi 30C dan boshlanib harorat 60 gacha oshirilganda, ajraladigan gaz miqdori oshishi ammo gaz tarkibi o’zgarishsiz qolishini aniqladi (metan-65%, karbonat angidrid -30%, oltingugurt -1% va juda kam miqdorda azot, kislorod, vodorod).
V.L.Omelyanskiy esa anaerob bijg’ish jarayonining tabiati va unda ishtirok etuvchi bakteriyalarni mukammal o’rganib chiqdi. 1881-yildan boshlab yevropalik olimlar binolarni qizdirish va ko’chalarni yoritishda biogazdan foydalanish bo’yicha amaliy tajribalarni boshlab yubordilar.
1895-yilda Ekseter shahrida oqova suvni yopiq idishlarda bijg’itish orqali biogaz olinib, ko’cha chiroqlari yoritila boshlandi. Oradan ikki yil o’tib, Bombeyda biogaz olinib, kollktorlarda saqlanayotganligi va motor yoqilg’isi sifatida turli xil dvigatellarda foydalanish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar chop etildi.
Germaniyalik olimlar Imxoff va Blanklar 1914-1921-yillarda bijg’ish amalga oshadigan idishni qizdirish orqali jarayonni tezlashtirish va biogaz miqdorini oshirish22.
Yevropada biogaz uskunasidan keng ko’lamda foydalanish ikkinchi jahon urushi davrida paydo bo’lgan yoqilg’i tanqisligi muammosidan keyingina rivojlandi. Ammo ushbu uskunalar takomillashmaganligi va bijg’ish uchun mo’tadil sharoitlar tanlanmaganligi sabab yetarli samara bermadi.
Biogaz texnologiyasining rivojlanish tarixida eng muhim tadqiqotlardan biri XX asrning 30-yillarida Busvella shahrida amalga oshirilgan tadqiqotlar hisoblanadi. Bunda turli xil organik chiqindilar va go’ngda xomashyo sifatida foydalanilgan.23
Birinchi katta masshtabdagi biogaz ishlab chiqarish zavodi 1911-yil Angliyada Birmingem shahrida qurib ishga tushirildi. Xomashyo sifatida shahardan chiqayotgan oqova suvlardan foydalanilgan. Demak, bu texnologiyani amaliyotga joriy etishda birinchi pionerlar angliyalik olimlar hisoblanadi. Bunda hosil bo’lgan biogazdan elektroenergiya ishlab chiqarishda foydalanilgan.
1920-yilga kelib ular oqova suvlarni qayta ishlash uchun bir qancha uskunalarni ishlab chiqishdi.
1930-yilda mikrobiologiyaning rivojlanishi bilan biogaz jarayonida ishtirok etuvchi bakteriyalar kashf qilindi. Dunyoda energetik inqirozning yuzaga kelishi bilan keyingi yillarda yoqilg’ilarning tiklanuvchan va alternativ sohasidagi ishlarni rivojlanishiga, shu qatori biogaz sanotining rivojlanishiga turtki bo’ldi24.
1938-yilda angliyalik olimlar Neman va Dyusellar qattiq chiqindilarni qayta ishlovchi 10 m3 hajmli biogaz uskunasini yaratdilar va Aljirda ishga tushirdilar.
Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiya va Germaniyada elektroenergiyaga bo’lgan talab katastrofa darajasi yetganligi sababli, biogaz olishda qishloq xo’jalik qoldiqlaridan, jumladan go’ngdan foydalanishga e’tibor qaratishdi.
1940-yilning o’rtalariga kelib Fransiyada 2 mingdan ortiq go’ngni qayta ishlovchi biogaz uskunasi ishga tushirildi. Xuddi shu kabi uskunalar Vengriya fermer xo’jaliklarida ham ko’plab qurildi .
O’tgan asrning 70-yillariga kelib Osiyo davlatlarida ham biogaz olish texnologiyasi rivojlana boshladi.
Biomassadan energiya manbai sifatida foydalanishga qiziqish eng avvalo, biomassani har yili qaytadan paydo bo’lishi; biogazda yig’ilgan energiyani saqlanishi va uzoq muddat davomida xohlagan holatda ishlatilishi mumkinligi; bu energiyani boshqa turdagi energiyaga o’tkaza olish mumkinligi; ba’zi mintaqalarda esa issiqlikni bu manbai,tabiiy issiqlik manbalaridan arzonroq turishi; biogazni ekalogik toza issiqlik manbai bo’lganligi; undan foydalanganda atrof-muhitga oltingugurtni zaharli oksidlari paydo bo’lmasligi; atmosferadagi karbonat angidridi balansi o’zgarmasligi va boshqa qator sabablar bilan uzviy bog’liqdir25.
Dostları ilə paylaş: |