Biogaz qurilmalari


Biogazdan foydalanishni rivojlangan mamlakatlar tajribasi misolida o’rganish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/3
tarix05.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#54732
1   2   3
Biogaz qurilmalari

Biogazdan foydalanishni rivojlangan mamlakatlar tajribasi misolida o’rganish

Keyingi yillarda elektr va issiqlik energiyalariga talab ortishi natijasida, biogazdan foydalanishga talab ortib bormoqda. Biogaz texnologiyasi rivojlanib, qishloq o’jaligida (parrandachilik va chorvachilikda) yuqori natijalarga erishilmoqda. Bu sohalarda arzon elektr va issiqlik manbaiga ega bo’linyapti.

Hozirda bu texnologiya Xitoy, Italiya, Qirg’iziston, Fransiya, Germaniya, Amerika, Ukraina kabi davlatlarda ishlatilmoqda. Shu qatori bu texnologiya Respublikamizda ham qo’llanilmoqda, xususan Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qurilgan va hozirda ishlamoqda. Respublikamizda qurilgan texnologiyalar yangi bo’lganligi sababli bu qurilmalarni asosan ko’rgazmali desa bo’ladi.

Dunyo bo’yicha biogazdan foydalanish qanchalik darajada rivojlanganini bilish uchun, dunyo energiya balansiga nazar tashlasak (2- diagramma).

2 –diagramma

Biogaz ishlab chiqarish bo’yicha Germaniya yetakchi o’rinda turadi. Germaniyada biogaz ishlab chiqarish bo’yicha juda katta loyihalalar (“Zangori olov”) amalga oshirilib, ishlab chiqarish quvvati 20 MVt/soat gacha bo’lgan qurilmalar ishlab turibdi. Germaniyada qoramol, ot, cho’chqa, parranda go’nglaridan biogaz olish balki, o’simliklardan biogaz olish keng miqyosda yo’lga qo’yilgan.

Germaniyani chorvachiligida har yili 200 mln.t. shu jumladan, 70 mln.t. suyuq holatda go’ng to’planadi. Bu mamlakatda qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan maydonlarni chegaralanganligi, atrof-muhit muhofazasi talablarini tobora oshib borishi, mutaxassislar oldiga, chiqindilardan samaraliroq foydalanish yo’llarini izlab topishdek muammoni ko’ndalang qo’ygan. Olim va mutaxassislarni hisob-kitobiga qaraganda, yuqorida ko’rsatilgan miqdordagi go’ng biogaz qurulmalarida qayta ishlanganda energiyaga bo’lgan umummilliy talablarni 4% ga teng bo’lgan miqdorda energiya olish mumkin bo’lar ekan26.

Buyuk Britaniyada mamlakatni tabiiy gazga bo’lgan talabini 3,2% biogaz orqali qondirilar ekan. Umumiy yirik shoxli hayvonlar, cho’chqalar va parrandalar go’nggini qayta ishlanganda har yili 2,3 mln.t. neftga ekvivalent bo’lgan gaz ishlab chiqarish mumkin ekan.

Yaponiyani qishloq xo’jaligida har yili 56,5 mln. t. go’ng oqavalari hosil bo’ladi. Bu miqdordagi go’ngni to’lig’icha qayta ishlanganda, 1,7 mlrd.m3 gaz yoki 1 mln. tonna neft o’rnini bosa oladigan energiya to’planar ekan. Bu mamlakatda chorvachilik mahsulotlari etishtirishni jadal rivojlantirish dasturi asosida faoliyat olib borilib, bu texnologiyaga alohida e’tibor berilmoqda.

Rossiyada ham biogaz ishlab chiqarish bo’yicha katta potensial mavjud har yili chorvachilik fermalarida 665 mln. t go’ng hosil bo’ladi, buni har bir tonnasidan anaerob sharoitda bijg’itish orqali issiqlik chiqarishi 5600-6300 Kkal/m3ga teng bo’lgan 15-20 m3 biogaz ishlab chiqarish mumkin.

Hindistonni energetika siyosatini asosiy prinsiplaridan biri qishloq xududlarida biogaz ishlab chiqarishdir.

2-diagrammadan ko’rinb turibdiki, biogazdan foydalanish dunyo bo’yicha 11% ni tashkil etmoqda. Biogaz sohasiga doir ishlar dunyo miqiyosida juda yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Bu sohaga oid nazariy va amaliy izlanmalar ko’proq Hindiston texnologiya institutining biokimyoviy muhandislik markazida olib boriladi. Bu mamlakat olimlarining fikricha har yili to’planadigan 300 mln. t qoramol go’ngini biogazga aylantirilganda, 33 mln. t neft energiyasiga teng bo’lgan energiya to’plash mumkin (0,11 t neft energiyasi 1 tonna go’ngdan olinadigan energiyaga teng). Bugungi kunda Hindistonda 1 mln. dan ko’proq kichik biogaz ishlab chiqaradigan qurilmalar (daydjestrlar) ishlab turibdi27.

Bu texnologiya Xitoyda juda ham rivojlangan. Bu mamlakatda 200 mln. dan ko’proq qurilmalar ishlaydi. Shunisi e’tiborga sazovorki, mamlakatda daydjestrlardan foydalanishni nazorat qilish organlari tashkil etilgan. Xitoy qishloq aholisining xo’jaliklarida kichik biogaz texnologiyasi barpo etilgan bo’lib, har bir xo’jalik kunlik elektr energiya va gazni shu texnologiyadan olib o’z ehtiyojini qondirmoqda. Biogaz texnologiyasidan foydalanishni juda ko’p tarmoqlarini yaratishgan, masalan, biogazdan generator yordamida hosil qilib olingan elektr energiyadan parranda tuxumlarini inkibator yordamida ochirish, biogaz yordamida issiqxonolarni isitish, biogumusni suyuq holatdagisi bilan baliq, cho’chqa boqish, bug’doy, sholizorni sug’orish, mineral o’g’it bilan ta’minlash maqsadida bug’doy barglariga suspenziya sifatida sepish, quruq bioo’g’itdan esa sabzavot ekinlarini o’g’itlash, qo’ziqorin yetishtirishda foydalanmoqdalar.

Alohida yashovchi har bir oilada daydjestrlar o’rnatilgan, ayniqsa shahar joylardan uzoq joylarda, chorvachilik va parrandachilik fermalarida, kichik ishlab chiqarish korxonalarida va hokazo28.

Biogaz tayyorlash texnologiyasi Fillipinda, Gvatemaleda, Isroilda keng tarqalgan. Doimiy (to’xtovsiz) metanizasiya jarayoni chorva mollari va parrandalari chiqindilaridan tashqari, organik modda saqlovchi xilma-xil chiqindilarda ham amalga oshirilsa bo’ladi.

Yuqoridagi mamlakatlarda hajmi 250 – 600 tonnalik biogaz qurulmalari barpo etilgan bo’lib, bu qurilmalardan chiqadigan biogazdan nafaqat issiqlik manbia o’rnida, balki elektr energiya sifatida foydalanish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Mana bu rasmda biogaz ishlab chiqarish sohasi bo’yicha chet ellarda barpo etilgan mukammal biogaz qurilmalarini bir ko’rinishi. Mana bunday biogaz qurilmalariga ega bo’lgan tashkilot yoki xususiy firma egalari nafaqat o’z ehtiyojlari uchun biogaz va elektr energiya olib foydalanmoqda, balki hududiga yaqin bo’lgan aholi va tashkilotlarga elektr energiya va gaz sotib daromad topmoqdalar. Bunday katta hajmdagi biogaz qurilmalari sarflangan harajatni juda oz fursat ichida qoplab daromad keltira boshlaydi.

AQSH da go’ngdan biogaz tayyorlashga alohida e’tibor beriladi, chunki, birinchidan energetika nuqtai-nazaridan, ikkinchidan barcha chorvachilik fermalarida har yili paydo bo’ladigan chiqindilarni biogazga aylantirilishini iqtisodiy ma’qul bo’lgan qismini yarmiga yaqini yirik chorvachilik komplekslarida, (yirik shoxli hayvonlar, cho’chqalar va parranda boquvchi komplekslarda) to’planishidir29.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin